Shavkat Mirziyoyev servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi
22 aprel 2020, 23:09

Shavkat Mirziyoyev servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev servis sohasini rivojlantirish, xususan, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va frilanserlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Karantin sababli ishsiz qolgan fuqarolar nomma-nom aniqlanadi
22 aprel 2020, 22:55

Karantin sababli ishsiz qolgan fuqarolar nomma-nom aniqlanadi

Barcha tuman va shaharlarda karantin cheklovlari sababli ishsiz qolgan va ehtiyojmand aholi nomma-nom aniqlanadi. Prezident 110 ming kishini mavsumiy, 167 ming fuqaroni jamoat ishlari bilan qamrab olish vazifasini qo‘ydi.

AOKA “Ma'rifat” muxbiri bilan bog‘liq hodisaga munosabat bildirdi
22 aprel 2020, 22:06

AOKA “Ma'rifat” muxbiri bilan bog‘liq hodisaga munosabat bildirdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg‘ona viloyatida jurnalist Sharifa Madrahimova bilan bog‘liq hodisani o‘rgandi. Ayni vaqtda mazkur masala Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda.

20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan yettitasida faol tashqi savdo balansi kuzatildi
22 aprel 2020, 21:10

20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan yettitasida faol tashqi savdo balansi kuzatildi

Birinchi chorakda O‘zbekistondagi 3298 ta eksportyor tomonidan qariyb 2,4 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilindi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 81,4 foizni tashkil etdi.

Ozodbek Nazarbekovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
22 aprel 2020, 20:39

Ozodbek Nazarbekovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Jamol Nosirov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Buxoroda XVI asrga oid yodgorlikda ruxsatsiz ta’mir ishlari o‘tkazildi
22 aprel 2020, 20:04

Buxoroda XVI asrga oid yodgorlikda ruxsatsiz ta’mir ishlari o‘tkazildi

Madaniy meros departamenti Buxoroda XVI asrga oid Xo‘ja Kalon masjidi va minorasi oldidagi xovuzda viloyat xokimligi tomonidan ruxsatsiz ta’mirlash ishlari o‘tkazilganini aniqladi. Holat yuzasidan hujjatlar Bosh prokuraturaga taqdim etiladi.

“Kamp Nou” maydonining nomi bir mavsumga o‘zgaradi
22 aprel 2020, 19:42

“Kamp Nou” maydonining nomi bir mavsumga o‘zgaradi

Ispaniyaning Barselona futbol klubi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida 2020−2021 mavsumiga “Kamp Nou” maydonining nomini homiylarga sotishga qaror qildi.

Koronavirusdan tuzalganlar soni 450 nafarga yetdi
22 aprel 2020, 19:25

Koronavirusdan tuzalganlar soni 450 nafarga yetdi

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 450 nafarni tashkil etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi
22 aprel 2020, 18:31

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni Ramazon boshlanishi, shuningdek, davlat bayrami — Milliy suverenitet va bolalar kuni bilan tabrikladi.

Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinashni boshlaydi
22 aprel 2020, 18:25

Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinashni boshlaydi

Buyuk Britaniyadagi Imperial kollej va Oksford universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinalarni odamlarda sinash boshlanadi.

Yunusobodda yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus simyog‘ochga borib urildi
22 aprel 2020, 18:09

Yunusobodda yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus simyog‘ochga borib urildi

Poytaxtning Yunusobod tumanida Isuzu avtobusi yo‘ldan chiqib ketib, simyog‘ochga borib urildi. Haydovchi va ikki yo‘lovchi jarohatlandi.

Mixail Saakashvili Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari bo‘lishi mumkin
22 aprel 2020, 17:54

Mixail Saakashvili Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari bo‘lishi mumkin

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Mixail Saakashviliga islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari lavozimini taklif qilgan. Mamlakat parlamenti Saakashvili nomzodini 24 aprel kuni ko‘rib chiqadi.

BMT Bosh assambleyasi koronavirus bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi
22 aprel 2020, 17:31

BMT Bosh assambleyasi koronavirus bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi

BMT Bosh assambleyasi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga qaratilgan global harakatga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Unga ko‘ra, davlatlar hayotiy zarur dori-darmonlar, vaksinalar va shaxsiy himoya vositalaridagi spekulyatsiyaga chek qo‘yishga hamda haddan tashqari zaxiralarini yaratishdan voz kechishga kelishdi.

Karantin munosabati bilan NNTlarga yengilliklar berildi
22 aprel 2020, 16:58

Karantin munosabati bilan NNTlarga yengilliklar berildi

Karantin davrida nodavlat notijorat tashkilotlarning xorijlik xodimlari akkreditatsiya kartochkasining amal qilish muddati uzaytiriladi. Davlat mulkini ijaraga olgan NNTlar uchun ijara to‘lovi “nol” stavkada qo‘llaniladi.

Yana 17 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
22 aprel 2020, 16:44

Yana 17 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan yana 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi. Mamlakatda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 424 nafarga yetdi.

IKEA rahbari karantindan keyin bebi-bum bo‘lishini bashorat qildi
22 aprel 2020, 16:28

IKEA rahbari karantindan keyin bebi-bum bo‘lishini bashorat qildi

Ingka Group kompaniyasi karantindan keyin ko‘plab chaqaloqlar tug‘ilishini (bebi-bum) kutayotganligini, shu bois bolalar jihozlarini ishlab chiqarishga investitsiya kiritishini ma’lum qildi. Karantin davrida IKEA do‘konlaridan eng ko‘p xarid qilinayotgan mahsulotlar oshxona jihozlari ekanligi aytilgan.

Farg‘onalik jurnalist ayol faoliyatiga to‘sqinliklar bo‘lganini ma’lum qildi
22 aprel 2020, 16:04

Farg‘onalik jurnalist ayol faoliyatiga to‘sqinliklar bo‘lganini ma’lum qildi

“Ma'rifat” gazetasi muxbiri Sharifa Madrahimova oziq-ovqat yarmarkasida tasvirga olgani uchun Uchko‘prik tuman IIBda ushlab turilgani va telefonidagi videoyozuv o‘chirib tashlanganini ma’lum qildi. Jurnalist hokimlik e’lon qilgan oziq-ovqat narxlarini tekshirmoqchi bo‘lgan.

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 400 kishidan oshdi
22 aprel 2020, 15:33

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 400 kishidan oshdi

Xorazmda 35 nafar koronavirus bemori sog‘ayib, O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 407 kishiga yetdi.

Namanganda koronavirus bemori hayotdan ko‘z yumdi
22 aprel 2020, 15:29

Namanganda koronavirus bemori hayotdan ko‘z yumdi

Namanganda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 54 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 asoratlaridan olamdan o‘tganlar soni 7 nafarga yetdi.

Pavel Durov: Biz sivilizatsiya o‘zgarishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin
22 aprel 2020, 14:46

Pavel Durov: Biz sivilizatsiya o‘zgarishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin

Telegram koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida 17 ta mamlakat hukumatlari bilan hamkorlikda rasmiy kanallarni tasdiqladi. Kompaniya asoschisi Pavel Durovning fikriga ko‘ra, texnologiya insoniyatga qanchalik foydali ekanligini isbotlash davri keldi. Messenjer axborot ta’minotidan tashqari, ta’lim muammolarini hal etishga ham hissa qo‘shishga harakat qilishini aytdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting