Xitoyda bir kun davomida koronavirus tufayli birorta ham o‘lim qayd etilmadi. Barcha COVID-19 holatlari chet eldan kelgan fuqarolarda aniqlandi.
Toshkentda bir kun davomida 395 ta avtomobilda stikersiz shahar bo‘ylab harakatlanish holatlari qayd etilib, barchasida transport vositasi karantin tugagunga qadar jarima maydonchasiga joylandi.
Huquqni muhofaza qilish organlari fuqarolarni to‘xtatish, ularga savol berish, harakatlanishni nazorat qilish, velosipedlarni olib qo‘yish vakolatlariga egami? Uy hayvonlarini aylantirishga olib chiqish mumkinmi? Keksa yoshdagi qarindoshlar haqida qanday g‘amxo‘rlik qilish kerak? IIBB «o‘zini yakkalash» tartibi davomida ko‘p beriladigan savollarga javob berdi.
Toshkent ko‘chalarida majburiy tarzda o‘zini yakkalash tartibiga rioya etilishini nazorat qiluvchi 61 ta doimiy YPX postlari tashkil etildi. Transport vositalari Kichik xalqa yo‘li bo‘ylab ushbu postlar orqali o‘tishlari uchun 75 ta ikkinchi darajali yo‘l yopildi.
1 iyundan ayrim tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i kiritiladi. Ular orasida chilim uchun tamaki, nikotinli tamakisiz snyus, chaynaladigan tamakilar bor.
Jahon banki O‘zbekistonga sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy himoya institutlari va muassasalarini hamda byudjet ko‘magini moliyalashtirish uchun 1,2 mlrd dollar miqdorida mablag‘larni operativ tarzda ajratish masalasi faol ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi tug‘ruqxonada homilador ayol vafot etdi. Marhumaning qarindoshlari tibbiyot xodimlari unga yordam ko‘rsatmaganini ma’lum qildi. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Tez yordam, o‘t o‘chirish, xuquqbuzarlikni bartaraf etish maqsadida harakatlanayotgan transportlarning to‘siqsiz o‘tib ketishiga halaqit bergan haydovchilarga jarimalarni oshirish taklif etilgan. «Milliy Tiklanish» partiyasi ushbu taklifni rad etmoqchi.
Botir Xo‘jayev pensiyaga chiqqanligi sababli bosh vazir maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekistonda koronavirus tasdiqlangan holatlar soni 15taga oshib, bemorlar soni umumiy 472 nafarga yetdi.
6 aprel kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston fuqarosi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida vafot etgan. Unda kasallik 22 mart kuni aniqlangan edi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda qayd etilgan koronavirus bemorlarining doimiy yashash manzillari bo‘yicha qaysi hududlardan ekanligini ma’lum qildi. Eng ko‘p bemorlar Toshkent shahri va Andijon viloyatidan.
Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan aytilgan Toshkent viloyatida bir shaxs 52 nafar shaxsga kasallikni yuqtirgani haqidagi so‘zlarga aniqlik kiritildi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, vazir kasallikka chalingan shaxs mas’uliyatsizligi sabab 52 kishi bilan yaqin muloqotga kirishganligini nazarda tutgan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 457 taga yetdi.
Sirdaryo tumanida joylashgan blok postga fuqaro U.N. o‘ziga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashinada niqobsiz kelgan. IIB xodimlarini so‘kkan va mayda bezorilik qilgan ushbu fuqaroga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen koronavirus inqirozi sharoitida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarni ittifoq byudjetiga «Marshal rejasi» kabi milliardlab yevro investitsiya jalb qilishga chaqirdi.
O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan bemorlar soni 397 kishi yetdi.
Shekspir asarlarini o‘zi yozganmi, u aslida hayot bo‘lganmi kabi savollarga javob va rahmat aytishning muhimligi haqida — «Mazmunli karantin» loyihasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan TED chiqishlari.
Yaponiyada koronavirus tufayli favqulodda holat joriy etilishi kutilmoqda. Hukumat koronavirus infeksiyasini to‘xtatish uchun 1 trln dollarlik rag‘batlantirish dasturini qabul qilishni rejalashtirmoqda.
SSV 6 aprelgacha jami 151 269 fuqaro karantin kuzatuvida bo‘lganini ma’lum qildi. 62 574 kishi «o‘zini yakkalash» hayot tarziga o‘tkazilgan, 88 695 kishi esa statsionar va uy karantin kuzatuvida qolmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting