Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin
4 noyabr 2022, 17:02

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin

O‘zgidromet 6−8 noyabr kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.

Bayram sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, ishlanmaydigan kun qo‘shib beriladi
4 noyabr 2022, 16:46

Bayram sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, ishlanmaydigan kun qo‘shib beriladi

O‘zbekistonliklar ko‘p yillardan buyon bayram sanasi yakshanbaga to‘g‘ri kelib qolsa, qo‘shimcha dam olish kuni har doim ham qo‘shib berilmasligidan nolib kelardi. Mehnat kodeksining yangi tahririga ko‘ra, dam olish kuni bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni keyingi kunga ko‘chiriladi.

Dam olish kunlari yomg‘irli bo‘ladi
4 noyabr 2022, 16:17

Dam olish kunlari yomg‘irli bo‘ladi

O‘zbekistonga Kaspiy dengizi, Turkmaniston va Eron hududlaridan nam bulutli massivlar kirib kelishda davom etadi. Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

Toshkentda ikki kishi bir yigitni uning o‘z uyida do‘pposladi
4 noyabr 2022, 16:05

Toshkentda ikki kishi bir yigitni uning o‘z uyida do‘pposladi

Toshkentning Shayxontohur tumanida uch yigit avval janjallashib qolgan tanishining uyiga kelgan. Ularning ikki nafari tanish yigitni do‘pposlagan, uchinchisi esa hodisani videoga tushirgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Pokiston sobiq bosh vaziri norozilik namoyishida yaralandi
4 noyabr 2022, 15:51

Pokiston sobiq bosh vaziri norozilik namoyishida yaralandi

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon muddatidan avvalgi saylovlar o‘tkazilishini talab qilib Lahordan Islomobod tomon yo‘lga chiqqan norozilik avtokarvoniga boshchilik qilib ketayotganida oyog‘idan o‘q yedi.

Benyamin Netanyaxu Isroildagi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi
4 noyabr 2022, 15:30

Benyamin Netanyaxu Isroildagi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi

O‘tgan yili lavozimini tark etgan Isroilning sobiq bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Knessetga saylovlarda g‘alaba qozondi — uning «Likud» partiyasi parlamentdagi eng ko‘p o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Agar islohotlarni sekinlashtirsak, iqtisodiy o‘sishni saqlab qolish deyarli imkonsiz bo‘lib qoladi” — Timur Ishmetov
4 noyabr 2022, 15:29

“Agar islohotlarni sekinlashtirsak, iqtisodiy o‘sishni saqlab qolish deyarli imkonsiz bo‘lib qoladi” — Timur Ishmetov

Moliya vaziri Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, hozirda tashqi qarz olish qimmatga tushmoqda. Shuning uchun O‘zbekiston iqtisodiy siyosatda e’tiborni davlat budjeti va qarz olish imkoniyatlaridan ko‘ra, xususiy pul mablag‘laridan foydalanishni ko‘zda tutuvchi tarkibiy islohotlarga qaratishi kerak.

Toshkentda 2,5 mlrd so‘m kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aytilmoqda
4 noyabr 2022, 13:20

Toshkentda 2,5 mlrd so‘m kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aytilmoqda

Sergeli tumanida bir guruh shaxslar korxona faoliyatini kengaytirishda ehtiyot qismlarni sotib olish uchun ajratilgan 2,5 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Gumonlanuvchilarga tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent va Olmaliqda advokat hamda adliya xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi
4 noyabr 2022, 12:58

Toshkent va Olmaliqda advokat hamda adliya xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi

DXX tomonidan Olmaliq shahar adliya bo‘limi xodimi va Toshkentdagi advokatlik firmasi advokati fuqarolardan pora olishda olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namanganda soxta DXX xodimi qo‘lga olingani aytilmoqda
4 noyabr 2022, 12:09

Namanganda soxta DXX xodimi qo‘lga olingani aytilmoqda

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Davlatobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini DXX xodimi deya tanishtirgan shaxsni hibsga olgani aytilmoqda. Gumondor fuqarodan 5,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Samarqand shahriga kirish yo‘llari 10−11 noyabr kunlari yopiladi
4 noyabr 2022, 11:16

Samarqand shahriga kirish yo‘llari 10−11 noyabr kunlari yopiladi

Samarqand shahrida 10−11 noyabr o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti munosabati bilan shaharga kirish yo‘llari yopiladi. Bundan tashqari, ushbu kunlarda Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida harakat vaqtinchalik cheklanadi.

Farg‘onada Mercedes bilan to‘qnashgan Nexia haydovchisi vafot etdi
4 noyabr 2022, 10:43

Farg‘onada Mercedes bilan to‘qnashgan Nexia haydovchisi vafot etdi

Beshariq tumanida Nexia va Mercedes ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda haydovchilardan biri halok bo‘ldi.

O‘zbekistonda «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatishni qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmayapti
4 noyabr 2022, 10:42

O‘zbekistonda «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatishni qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmayapti

O‘zbekiston banklari ikkilamchi sanksiyalar xavfi sabab «Mir» kartalari bo‘yicha to‘laqonli xizmat ko‘rsatishni qayta yo‘lga qo‘yishga hozircha tayyor emas, dedi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmurotov.

Bekobodda Tojikiston fuqarosi 15 kg gashish bilan qo‘lga tushdi
4 noyabr 2022, 10:25

Bekobodda Tojikiston fuqarosi 15 kg gashish bilan qo‘lga tushdi

Bekoboddagi Tojikiston fuqarosi vaqtincha yashab kelayotgan xonadondan sotish uchun mo‘ljallangan salkam 15 kg gashish topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Banklar dollarning sotish va sotib olish kursini yangiladi
4 noyabr 2022, 09:50

Banklar dollarning sotish va sotib olish kursini yangiladi

Tijorat banklari 4 noyabr kuni 1 dollarni 11 165 so‘mdan 11 185 so‘mgacha bo‘lgan oraliqda sotishni boshladi.

AQSh O‘zbekistonga 50 ta yengil jangovar transport vositasini taqdim etdi
4 noyabr 2022, 08:55

AQSh O‘zbekistonga 50 ta yengil jangovar transport vositasini taqdim etdi

AQSh Markaziy qo‘mitasi 2,8 mln dollarlik 50 ta Polaris MRZR yengil taktik jangovar transport vositalarini O‘zbekiston mudofaa vazirligining maxsus operatsiyalar kuchlariga topshirdi.

Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi O‘zbekistonga keldi
4 noyabr 2022, 08:48

Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi O‘zbekistonga keldi

BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida, jumladan, Samarqanddagi UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkaziladigan obyektlar ko‘zdan kechiriladi.

3 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 noyabr 2022, 22:00

3 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri o‘rganilishi, Samarqandda tug‘ilgan 4 egizak, Andijon suv omborini birga boshqaradigan O‘zbekiston va Qirg‘iziston, pora bilan ushlangan Pskent prokurori yordamchisi, o‘zbekistonliklarni haqorat qilgan hind ishchisi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

YeTTB 18 ming talabaga yotoqxonalar qurish bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatadi
3 noyabr 2022, 19:14

YeTTB 18 ming talabaga yotoqxonalar qurish bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatadi

Oliy ta’lim vazirligi talabalarga $115 mln qiymatidagi 18 ming o‘rinli 17 ta yotoqxona qurishga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini maslahatchi sifatida jalb qilmoqda. Bank turar-joylarni qurish uchun investorlarni topishda yordam beradi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Andijon suv omborini birgalikda boshqaradi
3 noyabr 2022, 17:50

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Andijon suv omborini birgalikda boshqaradi

O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov qirg‘izistonlik hamkasbi Jeenbek Kulubayev bilan Andijon (Kampir-Obod) suv ombori bo‘yicha bitimni imzoladi. Bundan tashqari, vazirlar prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini ham muhokama qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting