Jizzaxda gaz quyish shahobchasida sodir bo‘lgan portlash natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qildi.
Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.
IBF yarim o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov hamda rossiyalik Sergey Lipins o‘rtasida bo‘ladigan chempionlik jangini rasman tasdiqladi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda harbiy uchuvchilarning murakkab uchish amaliyoti bo‘lib o‘tdi.
AOKA tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorladi. Qonunchilikka internetda tuhmat va haqorat uchun javobgarlikni kiritish rejalashtirilmoqda.
IIV qasddan badanga yengil shikast yetkazish to‘g‘risidagi moddani Jinoyat kodeksidan Ma’muriy kodeksga o‘tkazishni taklif qildi. Agar tuzatishlar kuchga kirsa, bu huquqbuzarlik uchun jazo choralari ham o‘zgaradi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Janubiy Koreya jamoasidan mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, Osiyo chempionatining chorak finaliga chiqdi.
Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasini The Abu Dhabi Uzbek Fund investitsiya jamg‘armasi hisobidan 110 million dollar evaziga xususiylashtirish rejalashtirilmoqda. 2020 yilda mehmonxona kreditlarini qoplash uchun davlat byudjetidan 66,4 milliard so‘m ajratiladi.
Notariat tizimini tubdan isloh qilish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi va kuchga kirdi. Unda keltirilgan notariatning nodavlat modeli oldini oluvchi odil sudlov funksiyasini bajaradi va o‘zgarayotgan jarayonlarga tezlikda javob qaytarishga, iste’molchilar ehtiyojlariga qarab tezda o‘zgarishga qodir.
JV MAN Auto-Uzbekistan negizida UZ Truck and Bus Motors qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Ta’sischilardan biri — Xitoyning Sinotruk kompaniyasi.
Prezident imzolagan qonun bilan Birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport sotib olinganda ipoteka va garov shartnomasi notarial tasdiqlanmaydi.
Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan bir guruh yoshlar Mo‘ynoq tumanidagi Orol dengizining qurigan hududida saksovul ekish aksiyasida qatnashdi.
O‘zbekistonlik mashhur sport gimnastikachi Oksana Chusovitina 2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan olimpiadadan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish ikki bosqichda amalga oshirilish hukumat tomonidan belgilandi.
Poytaxtning Uchtepa tumanida beshta mashina ishtirokida avtohalokat yuz berdi, to‘rt kishi jarohatlandi.
Toshkentning Olmazor tumanida odamlar beshinchi qavat derazadan pastga tushib ketgan 4 yoshli bolani tutib qoldi.
Dekabr oyi oxirida 15 sutkaga qamoqqa olingan andijonlik Facebook-faoli Abdufatto (Otabek) Nuritdinov ozodlikka chiqarildi.
Dizayner Nariman Grigoryan o‘zi ijarada istiqomat qilgan xonadon mehmonxonasida qotillik alomatlari bilan topildi. Bosh prokuratura «qasddan odam o‘ldirish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama hamkorlik, uchrashuvlar jadvali, afg‘on muammosi va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting