Amirsoy tog‘-chang‘i kurortida yosh chang‘ichi jonsiz holda topildi. Jasad chang‘i yo‘lidan tashqarida topilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasidagi muammo va kamchiliklarni keskin tanqid qildi. U bu sohada davlat nazoratini butunlay yangicha asosda tashkil etish va mehnat muhofazasini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi va prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tergovda qalin kiyimlarda bir yotoqda ikkitadan bo‘lib uxlayotgan bolalarning suratlari sahnalashtirilgani aniqlandi.
Chegara qo‘shinlari Qirg‘iziston bilan chegarada sodir bo‘lgan voqea yuzasidan izoh berdi: qo‘shni davlatdan kelgan cho‘ponlar O‘zbekiston hududida qoramol boqishgan, harbiylar ularni ortga qaytarib yuborgan.
Ohangaronda o‘zining uch oylik chaqalog‘ini 400 dollarga sotmoqchi bo‘lgan yosh ona qo‘lga olindi.
Surxondaryoda harorati baland bolaga tibbiy yordam ko‘rsatmoqchi bo‘lgan hamshira bemorning buvisi tomonidan haqoratlanib, kaltaklandi.
Toshkentda Mustaqillik shox ko‘chasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasiga chapga burilish ochildi. Bu haydovchilarni keyingi chorrahaga borib, so‘ng ortga qaytish mashaqqatidan xalos etdi.
Toshkent shahri, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida bir kunda ikki holatda is gazidan, bitta holatda gazdan zaharlanish sodir bo‘ldi. To‘rt kishi vafot etdi, uch kishi kasalxonaga yotqizilgan.
2022−2023 yillarda Chevrolet Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini almashtirish rejalashtirilmoqda. Ammo buning uchun yangi modellar lokalizatsiyasi 50 foizdan oshishi kerak.
Metro stansiyasida Joker obrazidagi erkak bilan ichki ishlar organlari xodimlari nima haqida suhbatlashishdi? Poytaxt metrosi IIB xodimlarning hujjatlarni tekshirmaganligini ma’lum qilib, holatga salbiy izoh bermaslikni so‘radi.
Bir yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 5,5 foizga o‘sdi. Bu 2018 yilga nisbatan yuqori, biroq aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha orqada.
Avstraliya o‘tgan yil noyabr oyidan buyon kuzatilayotgan o‘rmon yong‘inlariga barham berish uchun 1,4 milliard dollar ajratmoqchi. Ofat natijasida vafot etganlar soni 24 kishiga yetdi.
Volgabo‘yi hududidan kirgan sovuq va nam havo oqimi sababli O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.
Gulnora Karimova va boshqa shaxslarga qarshi tovlamachilik, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish va chet el davlatlarda jinoiy daromadlarini legallashtirish kabi jinoyatlar bo‘yicha jinoiy ish tergovi yakunlandi va sudga taqdim etildi.
Hukumat qarori bilan Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi tasdiqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimovni 70 yoshga to‘lgani bilan tabriklab, unga «El-yurt hurmati» ordenini topshirdi.
Navoiy viloyatida Nexia NKMK ishchilarini olib ketayotgan «Isuzu» avtobusi bilan to‘qnashdi. Haydovchi va avtomobil yo‘lovchilaridan biri halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Saylov yakunlari bo‘yicha O‘zLiDeP Qonunchilik palatasidagi ko‘pchilik o‘rinlarni saqlab qoldi. Keyingi o‘rinlarni «Milliy tiklanish», «Adolat», XDP va Ekopartiya egalladi.
Parataekvondo bo‘yicha O‘zbekiston tarixidagi birinchi Olimpiada litsenziyasini atlet Guljanoy Naimova qo‘lga kiritdi.
Kelgusida mansabdor shaxslarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlari va ular bilan bog‘liq sud jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq bo‘ladi, deya ma’lum qildi bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting