Toshkentda taniqli dizayner Nariman Grigoryan o‘ldirib ketildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasidan yo‘llardagi jarimalar, ish haqi va jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblari, shuningdek, kommunal xizmatlar bo‘yicha ma’lumot olish mumkin.
Eronda Ukraina Boeing samolyotining qulashi bilan bog‘liq bir necha kishi hibsga olindi, ularning ismlari hozircha oshkor qilingani yo‘q.
Barcha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yangi muddatga qayta saylandilar. Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi ham qayta saylandi. Ro‘yxat va fotosurat.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shaharliklarga murojaat qilib, «aholiga adolatli xizmat ko‘rsatishga» va’da berdi, ulardan hokimiyatga bajarilgan ishlar natijalariga qarab baho berishlarini so‘radi va 20 oy davomida ma’muriyat rahbari sifatida chiqargan xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.
IIV YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida tuman paytida 13 ta mashina to‘qnashgan. Voqea joyidan bir oz uzoqroqda ham ikkita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Joriy yilda elektr energiyasi iste’moli 71 mlrd kVt-soatni tashkil etib, o‘tgan yilgiga nisbatan o‘rtacha 9 foizga, ya’ni, iqtisodiyot tarmoqlari talabi 10, aholiniki esa 8,5 foizga oshishi kutilmoqda.
Bosh vazir Abdulla Aripov lavozimiga qayta tayinlangan Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni «yetakchi rahbar va zamonaviy menejer» deb atadi. Shuningdek, u Akfa, Artel va Crafers kompaniyalarining xorijdagi yutuqlari, korxonalarni poytaxt chetlariga ko‘chirish rejasi va boshqalar haqida so‘zladi.
Yaponiyalik ekspert Esuaki Yoshida AKT vazirligida vazir maslahatchisi sifatida ish boshladi.
Samarqand-Qarshi avtomagistralida ko‘rish darajasi pastligi va yo‘llarning sirpanchiqligi sababli 10 dan ortiq mashina to‘qnashdi.
Qabus ibn Said vafotidan so‘ng meros va madaniyat vaziri Xeysam bin Toriq Al Said Ummonning yangi sultoni bo‘ldi.
Seshanba kunidan boshlab hafta oxiriga qadar sovuq va quruq ob-havo hukm suradi. Ayrim joylarda qor balandligi 10−13 sm ga yetadi.
Yangi saylangan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi O‘zbekiston prezidenti taqdimnomasiga binoan Jahongir Ortiqxo‘jayevni poytaxt hokimi lavozimiga tasdiqladi.
2020 yil 1 apreldan boshlab ayrim tibbiy ma’lumotnomalar DXMlar orqali beriladi.
Gulnora Karimovaning O‘zbekistondagi yashash manzillarida 12,7 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan san’at asarlari topildi. Uning Jenevadagi villasida aniqlangan 70 turdagi san’at ashyolarining milliy boylikka taalluqliligi o‘rganilmoqda.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindistonga amaliy tashrif bilan boradi.
Eron Ukraina aviakompaniyasining Tehron yaqinida qulagan samolyoti harbiylar tomonidan «inson xatosi» sababli tasodifan urib tushirilganini tan oldi.
O‘tgan yil davomida O‘zbekistonga 6,7 million sayyoh tashrif buyurdi. Ularning aksariyati (81,8%) qarindoshlari va do‘stlarini ziyorat qilish, 15,5 foizi esa dam olish uchun kelgan.
Mingbuloq hokimi Nurshod Xudoyberdiyev qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlamagan fermerlarni haqorat qilgani uchun BHMning 20 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni arafasida Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘ldi. U harbiy ta’lim sohasida O‘zbekiston zamon bilan hamqadam bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting