Prezident mahkumlarning huquqlarini kengaytirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Ular o‘zlariga insonparvarlik bilan murojaat qilinishi va inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan bog‘lanish huquqiga ega bo‘ldi. Mahkumlarda ularning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi taqiqlandi.
Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 3 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.
Guljanoy Naimova Paralimpiya o‘yinlarida taekvondo bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi. Buyuk Britaniya vakiliga qarshi kechgan finalda u yuzidan zarba qabul qilib oldi va jangni davom ettira olmadi. Uni zambilda olib chiqib ketishdi. Jangdan keyin u o‘zini yaxshi his qilayotganini aytdi.
O‘zbekiston vakili Yorqinbek Odilov para yengil atletika bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi. U nayza uloqtirish bahslarida 50,32 metr natijani qayd etdi.
Taekvondochi Asadbek Toshtemirov Paralimpiya o‘yinlarida barcha raqiblarini yirik hisobda mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekistonning turnirdagi to‘rtinchi “oltin"i hisoblanadi.
Prezident O‘zbekiston fuqarolarini oktabr oyida o‘tadigan Qonunchilik palatasi va kengashlar deputatlari saylovida faol bo‘lishga chaqirdi. Ular kuchli raqobat muhitida, xalqaro saylov standartlariga mos ravishda o‘tishiga ishonch bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. “Barcha islohotlarimizning ruhi va mazmuniga „Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!“ degan g‘oya chuqur kirib bormoqda”, — dedi u.
Qonun hujjatlariga tadbirkorlik subyektlarining hududiy prinsip bo‘yicha tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining erkin harakatlanishini cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlashga qarshi qo‘shimcha kiritildi. Bu norma avvalroq Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgandi.
Paralimpiyachi Mohigul Hamdamova disk uloqtirish bahslarida 32,75 metr natija bilan bronza medali sohibiga aylandi.
Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan telefon orqali gaplashib, ularni tabrikladi. Prezident Ma’rufxo‘jayevga “yarim tunda olib kelgan oltin medali uchun” rahmat aytdi (video).
Toshkentda 28-avgust sanasida xalqaro Maple Bear Canadian School ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar maktab shartlari, chet ellik o‘qituvchilar va o‘quv rejasi bilan tanishdi.
Yadro uloqtirish bahslarida 16.45 metr natija qayd etgan Elbek Sultonov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sentabrning birinchi o‘n kunligida qulay harorat hukm suradi. Kechasi va tongda +12…+17 darajali tetiklantiruvchi salqinlik seziladi. Havo kunduzi +28…+33, ba’zi joylarda 35 darajagacha isiydi. Keyin oyning oxirigacha harorat pasayib boradi. So‘nggi o‘nkunlikda qisqa muddatli yomg‘irlar kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev va boshqa rasmiylar Toshkent shahridagi Shahidlar xotirasi xiyobonida o‘tgan xotira marosimida ishtirok etdi. “Adolat sinmaydi, haqiqat baribir tantana qiladi”, — dedi u bir necha siyosiy qatag‘on qurbonlarining nomi oqlanganini eslab.
Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining uchinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 14 nafar a’zosi sportning 6 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.
Para yengil atletikaning yadro uloqtirish dasturida Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev oltin, Tolibboy Yo‘ldashev esa bronza medalini oldi. O‘zbekiston medallar jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.
Germaniya hukumati uch yildan so‘ng afg‘onistonlik mahkumlarni vataniga deportatsiya qilishni tikladi. Avvalroq OAV Berlin O‘zbekiston va Kobulning boshqa qo‘shnilari bilan afg‘onistonliklarni ular orqali deportatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida yozgan edi.
Raqobat qo‘mitasi xizmatlarini reklama qilishda qonunchilik talablarini buzgani uchun Universalbank’ni jarimaga tortdi. Bu “Reklama to‘g‘risida"gi qonunni buzayotgan 2 oy ichidagi 5-bank.
O‘zbekiston Madaniy boyliklarni asrash va tiklash xalqaro tadqiqot markazining (IKKROM) 138-a'zosi bo‘ldi.
O‘zbekistonda shaharni yangilash bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyihalar amalga oshirilmoqda, bu uchun esa ba’zan butun mavzelar buzib tashlanmoqda. Ko‘pincha bu yetarli qonuniy asossiz sodir bo‘lyapti. BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi mamlakatga tashrifi yakunlari bo‘yicha shunday xulosaga keldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting