Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2020-yil 1-iyulgacha vazirlik va idoralar tasarrufidagi barcha jamg‘armalar budjet tarkibiga kiritilishini ma’lum qildi. U budjetdan tashqari mablag‘larni o‘z xohishiga ko‘ra sarflash mumkin, degan fikr noto‘g‘riligini ta’kidladi.
Samarqandda kommunikatsiya quvurini o‘tkazish ishlarini olib borayotgan ikki kishini tuproq bosib qoldi. Ulardan biri vafot etdi.
Qozog‘istonlik tadbirkor, Forbes Kazakhstan va Forbes Georgia noshiri Armanjan Baytasov Forbes Uzbekistan jurnali chop etilishini ma’lum qildi. Ilk sonning mart oyida nashr etilishi kutilmoqda.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» «Turkmanenergo» bilan 2019−2020 yillarda elektr energiyasi import qilish yuzasidan kelishuvga erishdi. Kompaniya endi chiroq kamroq o‘chishiga va’da berdi.
Bir hafta ichida 28 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan, 240 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar qildi bosh prokuror Nig‘matulla Yuldashev.
O‘zbekiston harbiylariga Turkiya Qurolli Kuchlarini Yaqin Sharqda yuzaga kelayotgan vaziyat sharoitida qo‘llash tajribasi to‘g‘risida so‘zlab berildi.
2020 yildan bir kub metr yog‘och-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlariga 25 dollar miqdorida aksiz solig‘i joriy etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni esa soliqlar va bojlardan ozod qilish taklif etilmoqda.
Samarqand shahri Sug‘diyona mavzesida uy ichida qamalib qolgan, gaz plitasi o‘chirilmagani oqibatida hushini yo‘qotgan 9 yoshli bola qutqarildi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chatlar o‘tqazdi.
MOQda o‘tkazilgan yig‘ilishda ba’zi federatsiyalarning moddiy-texnik bazasi va sportchilarning shug‘ullanadigan joylari talab darajasida emasligi tanqid qilindi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.
Bloger Nafosat Ollashukurovani g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya shifoxonasiga yotqizish to‘g‘risidagi sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev kengaytirilgan tarkibda davom etgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muzokaralarida nutq so‘zladi.
Farg‘ona viloyatida chegara hududidan yo‘lovchi taksi orqali berib yuborilgan 2 dona qutida psixotrop dori vositalari borligi aniqlandi.
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi boshlandi. Davlat yetakchilarining tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Rossiyaning National Geographic Traveler jurnali yil mukofoti yakunlarini e’lon qildi — O‘zbekiston «Yil kashfiyoti» yo‘nalishi g‘olibi bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi Qirg‘iz Respublikasi рrezidenti Sooronboy Jeenbekov bilan uchrashdi.
Siyosiy partiyalar debatlari televideniye orqali jonli efirga uzatilayotgan vaqtda chiroq o‘chib qoldi. Elektr energiyasi besh daqiqada qayta tiklandi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.
Ontarioda (Kanada) yengil motorli samolyot qulashi natijasida yetti nafar o‘zbekistonlik, jumladan uch bola hayotdan ko‘z yumdi. Falokatga yomon ob-havo sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting