Shavkat Mirziyoyev Boris Jonsonni Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimiga tayiinlangani bilan tabrikladi.
Shavkat Mirziyoyev kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishni tarixiy deb atadi. Prezident hokim va ularning birinchi o‘rinbosarlariga tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Toshkentda yo‘l-patrul xizmati xodimlari uchun mobil videokameralarni sinovdan o‘tkazish boshlandi.
Erkin kurashchi Artur Taymazov Londondagi Olimpiada-2012 oltin medalidan mahrum qilindi. Uning doping namunasidan turinabol aniqlandi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqotda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Mahmud Istamov Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari etib saylandi.
Prezident banklarda kredit ajratish masalalarini bir va ikki pog‘onaga o‘tkazish hamda loyihalar uchun yer ajratishni soddalashtirishga topshiriq berdi.
Hokimlar va ularning birinchi o‘rinbosarlari faoliyati yangi tizim bo‘yicha baholanadi. Yangi tashkil etilgan kichik korxonalar, yaratilgan ish o‘rinlari soni va korxonalarning «yashovchanligi» — asosiy omillar.
2021-yildan joriy etilishi rejalashtirilgan majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonun loyihasi taqdim qilindi.
Toshkentda 20 ta «Avtokon» majmuasi yordamida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash boshlandi.
«Barcha hokimlarni qat’iy ogohlantiraman — asosli zarurat bo‘lmagan holda tadbirkorlarga tegishli mol-mulkni buzishga umuman yo‘l qo‘yilmasligi zarur va shart», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yakkabg‘ tuman hokimi o‘rinbosarini yoqib yuborishga harakat qilgan ikki qavatli bino egasi buzish haqida ogohlantirilmaganini, hokimiyat esa tadbirkorlar og‘zaki ogohlantirilganini ma’lum qildi. Hodisa tafsilotlari.
Yaqin kunlarda havo harorati bir oz salqinlashadi. Dam olish kunlariga qadar kunduzgi harorat +40 darajacha tushib, so‘ngra juda issiq davr boshlanadi.
Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi bolalar oromgohida sodir bo‘lgan yong‘inda to‘rt bola vafot etdi.
«O‘zbekneftgaz» rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Ulug‘bek Sayidov «O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
O‘zbekiston yarim yilda 8,44 mlrd dollarlik mahsulot va xizmatlarni eksport qildi, import hajmi esa 11,24 mlrd dollarni tashkil etdi.
Bojxona xodimlari Farg‘ona tumanida «Damas» mashinasida 187,1 million so‘mlik 116 dona uyali aloqa vositalari yashirilganligi aniqladi.
Erkinjon Rajabov Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Hukumat qarori bilan Toshkent viloyatining Qibray tumanida Astraxan davlat texnika universitetining filiali ochiladi.
Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari M.T. «Hisor Sarlochin» MCHJga tegishli savdo do‘konlarini buzishni tashkillashtirayotgan vaqtda fuqaro B.I. uning yuziga benzin sepib, uni yoqib yuborgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting