Toshkentdagi «Qo‘yliq» bozorida ikki fuqaroni sudsiz jazolagan uch erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Xorijda yashayotgan va taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan besh fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi.
Import bojxona bojlarini qayta ko‘rib chiqish taklif qilinmoqda. «Nol» bojxona boji stavkasi qo‘llaniladigan tovar pozitsiyalari ulushining 62,7 foizdan 40,1 foizgacha kamayishi kutilmoqda.
«Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish tartiblariga o‘zgartish kiritildi. Endilikda bo‘lajak «hojilar» o‘z tumanlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
GM Uzbekistan kompaniyasi nomi UzAuto Motors`ga o‘zgartirildi. Ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar 1 iyul kuni ro‘yxatga olindi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasining bir qator boshqarmalarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Shahzod Eshonqulov Samarqand shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlartirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
«Mir Boksa» promouterlik kompaniyasi Roman — Ahmadaliyev jangi uchun 145 ming AQSH dollari qo‘ydi va uning 36,25 minggi Murodjon Ahmadaliyevga nasib qiladi.
Nukus tumani Aqmang‘it OFY hududida piyodani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda.
YUNESKOning Butunjahon merosi masalalari bo‘yicha yig‘ilishidaShahrisabzni Butunjahon ro‘yxatida qoldirish haqida qaror qabul qilindi.
Kosonsoy tumanida joylashgan 54 ta maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlar XTV tomonidan o‘rganilmoqda.
Sirdaryo viloyatida Biznes-akselerator o‘quv-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Buxorodagi Ark qo‘rg‘onida «Olimpiya kuni"ga bag‘ishlangan ommaviy sog‘lomlashtirish tadbiri o‘tkazildi.
«Qo‘qon» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti orqali 3 milliard 59 million so‘mlik 305 913 metr matoni noqonuniy ravishda O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi.
Adliya vazirligi tomonidan shaharlarda arzon uy-joy sotib olish tartibi, uy-joylarni kimlar olishi mumkinligini ma’lum qilindi.
Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» beshinchi Boeing 787−8 Dreamliner samolyotiga ega bo‘ldi. U Sietldan Toshkentga qo‘nmasdan uchib keldi.
To‘lov qobiliyatini yo‘qotgan eski namunadagi 50, 100 so‘mlik tanga va banknotlarni Markaziy bank hududiy boshqarmalarining hisob-kitob kassa markazlarida almashtirish mumkin.
«O‘zbekneftgaz» rahbari Bahodirjon Sidiqov neft-gaz sohasi xaridlar tizimida korrupsiya bo‘lganini tan oldi. Biroq hozirda barchasi shaffof, dedi u.
«Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi hududida Angliya huquqini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting