Ombudsman Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda hibsga olinganlarning advokatlariga tayanib, uchrashuvlarga to‘sqinlik qilingani va tergovda qiynoqqa solishlar bo‘lganini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» reportajida qiynoqqa solish holatlari haqida yozgandi, komissiya a’zosi Alisher Qodirov esa buni yolg‘on deya atagandi.
Chorshanba kuni magistral gaz quvuriga shikast yetkazilishi oqibatida Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi faoliyati favqulodda to‘xtatilgandi. «O‘ztransgaz»ning ma’lum qilishicha, nosozlik maxsus brigada tomonidan bartaraf etilib, To‘raqo‘rg‘on IESga tabiiy gaz yetkazib berish qayta tiklandi.
Hukumat maktablarga 500 metrga yaqin hududlarda shakarli, gazlangan va energetik ichimliklar hamda tez tayyorlanadigan taomlar savdosini taqiqlashni taklif etmoqda. Hujjat bilan 2022 yil yakuniga qadar umumta’lim va chekka hududlardagi maktablarni avtobuslar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Buxoroning G‘ijduvon tumanida 18 yoshli qiz yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini hojatxonaga tushirib yuborishi oqibatida uning o‘limiga sababchi bo‘lgani aniqlandi. Sud onaning qilgan ishidan pushaymonligi, yoshligini inobatga olib, unga bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.
Yil boshidan beri 14 mingdan ortiq tashkilot va korxonalarda o‘rganishlar o‘tkazilib, 41 150 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Shunga ko‘ra, 5935 nafar mansabdor 12 mlrd 57 mln so‘mlik jarimaga tortildi. Qonunbuzarliklar ko‘proq — Qashqadaryo, Samarqand, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida uchramoqda.
Hukumatning yirik davlat korxonalari aksiyalarini fond bozorida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish to‘g‘risidagi qarori asosida «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Unda 20 dan ortiq tashkilotlarning IPO (SPO) o‘tkazish muddati va amalga oshirish mexanizmlari belgilab berilgan.
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 3 yoshli qizaloq qarindoshi tomonidan kaltaklashi oqibatida vafot etdi. Prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, gumonlanuvchi ayol hibsga olindi.
Hukumat qarori bilan bolalarni oilalarga tarbiyaga olish tartibi belgilandi. Unga koʻra, tugʻilganidan boshlab 18 yoshgacha boʻlgan bolalar oilaviy tarbiyalashga berilishi mumkin. Tarbiyalovchi ota-onalarga har bir bolaning yashash xarajatlari uchun davlat budjetidan oyiga 1,5 mln soʻmdan 2,1 mln soʻmgacha pul ajratiladi.
Magistral gaz quvuriga shikast yetkazilgani oqibatida Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi faoliyati favqulodda to‘xtatildi, deb xabar berdi Energetika vazirligi. Ayrim hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
May oyida Uchtepa tuman prokuraturasi tergovchisi 50 ming dollar pora bilan ushlangan edi. Yashnobod tuman sudi gumonlanuvchini aybdor deb topib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,1 mlrd dollariga teng bo‘ldi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 6,3 mlrd dollar o‘sish qayd etilgan.
Hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish uchun Transport vazirligi tomonidan 5000 ta avtobus va mikroavtobus sotib olish, 81 ta avtovokzal qurish va rekonstruksiya qilish hamda Damas mikrovenlaridan foydalanishdan voz kechish taklif etilmoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida Germaniyaning Wanzl kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 1000 ta yangi yuk aravalari paydo bo‘ldi. Yaqin kunlarda hududiy aeroportlarga ham yangi aravalar keltirilishi reja qilinmoqda.
Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Qarshi Leather zavodi ekologiyani ifloslantirgani uchun bir necha bor ogohlantirilgani, mart oyida faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qildi. Avvalroq atrofga badbo‘y hid taratayotgan ushbu zavod oldida fuqaro o‘zini yoqib yuborgan edi.
Gruziya birjasining sobiq rahbari Giorgiy Paresishvili «Toshkent» birjasi boshqaruvi raisi bo‘ldi. Uning asosiy vazifalari mahalliy fond bozorini kapital bozorining xalqaro infratuzilmasiga integratsiyalashuvi, shuningdek, mahalliy kompaniyalarning IPO va SPO o‘tkazishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari sentabrda Samarqandda SHHT sammitini tashkil etish hamda joriy yil kuzda uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlar forumini o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.
Toshkentdagi Navoiy ko‘chasining Xadra maydonidan Chorsu maydonigacha bo‘lgan qismi 17 avgustdan ta’mir ishlari uchun yopiladi.
Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi ko‘chada Spark haydovchisi yo‘l chetida turgan shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisini urib yubordi. Hodisa oqibatida piyoda voqea joyida vafot etdi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev shaxmat olimpiadasi g‘olibi Nodirbek Yakubbayevning otasi, soliq xizmati xodimi Murodbek Iskandarovga navbatdagi unvonni topshirdi. Shuningdek, chempionning ota-onasiga «Xumson» sanatoriysiga yo‘llanma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari berilgan.
Magistraturada to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt summasini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi tasdiqlandi. Buning uchun talabgorlar 15 sentabrga qadar o‘zlari ta’lim oladigan muassasa rektori nomiga ariza bilan murojaat etishlari talab qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting