«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinoni iste’foga chiqarildi. Yangi murabbiy mavsum oxiriga qadar bo‘lgan muddatga tayinlanadi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston hududi orqali tranzit o‘tishga doir ayrim qoidalarga tuzatishlar kiritildi.
Turin politexnika universiteti kampusi bazasida «Yuventus akademiyasi"ni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» 30 dekabrdan 2019 yilning 3 yanvariga qadar barcha ichki reyslarga hamda «Afrosiyob» poyezdlari chiptalariga chegirmalar e’lon qildi.
Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
BMT Bosh Assambleyasi Qrimni harbiylashtirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston 19 mamlakat qatorida rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi.
Davlat xizmatlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga kompyuter, printer, skaner va internetga ulanish moslamalariga ega avtobus ajratib berildi.
Shavkat Mirziyoyev Qatar davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markaziga 45 gektarga yaqin yer maydoni ajratildi.
Farg‘ona tumanida yashovchi R.Ergashevning xonadonida bir dona o‘q otar ov quroli hamda 100 gramm porox borligi aniqlandi va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hukumat qaroriga muvofiq, Moliya vazirligi tomonidan davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari muomalaga chiqariladi.
Suv ta’minoti og‘ir mahallalarda aholi tomorqalari uchun sug‘orish quduqlarini qazishga imtiyozli kredit resurslari tasdiqlandi.
Umumxitoy do‘stlikka ko‘maklashish assotsiatsiyasi Toshkent hokimiga O‘zbekiston poytaxtining Buyuk Ipak yo‘li shaharlari uyushmasiga qabul qilingani to‘g‘risidagi sertifikatni topshirdi.
Dunyoda yiliga 2,5 mln go‘dak bartaraf etish mumkin bo‘lgan sabablar bilan vafot etdi.
«Taraqqiyot» respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov o‘zining turdimov.uz saytini tashkil etdi.
Termiz shahrida salkam 7 million so‘mlik jami 33 173 dona pirotexnika vositalarini pullayotgan shaxsning harakatlariga chek qo‘yildi.
Toshkentda SOLA brendi ostida yagona shahar Wi-Fi tarmog‘i ishga tushirildi. 1200 nuqtadan internetdan bepul va pulli asosda foydalanish mumkin.
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Hukumat qarori bilan Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting