Uy-joy kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi.
Las-Vegas shahrida taekvondo bo‘yicha “President's CUP” xalqaro reyting musobaqasida Jasurbek Jaysunov oltin, Madina Mirabzalova va Madina Mannopova bronza medali sohibi bo‘ldi.
Davlat bojxona qo‘mitasida joriy yil 9 oylik faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mirzo Ulugbek tumanida 5 ta turli rusumdagi avtomashinalarining old va orqa tomon davlat raqam belgilarini yechib olgan shaxs qo‘lga olindi.
Velopoygachi Olga Zabelinskaya Fransiyada o‘tgan Chrono des Nations musobaqada O‘zbekiston bayrog‘i ostida birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Fuqarolar yig‘ini raisining navbatdagi saylovi 2019 yil may oyida o‘tkaziladi.
Fransiya janubidagi suv toshqinlari vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi, yana besh kishining ahvoli og‘ir, bir kishi esa bedarak yo‘qolgan.
Budapeshtda o‘tkazilgan «First Saturday GM» xalqaro turnirida Javohir Sindorov uchinchi grossmeysterlik talabini bajardi va 12 yoshida jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteriga aylandi.
Samarqandda Orolbo‘yi bo‘yicha forumda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi Xalqaro innovatsiya markazi tashkil etilayotgani e’lon qilindi.
Prezident qarori bilan Buxoro viloyatida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob’ektlari negizida kichik sanoat zonalari paydo bo‘ladi.
Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasida Brayl yozuvida chop etishga mo‘ljallangan kichik bosmaxona ochildi.
Noyabrda turk shifokorlari — bepushtlik va onkologik kasalliklarni davolash bo‘yicha mutaxassislar bepul tibbiy ko‘riklarni o‘tkazadi.
Konstantin Akulov «O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi» aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori etib tayinlandi.
O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida o‘qituvchilar va xalq ta’limi xodimlarini paxta yig‘im-terimi hamda turli majlislarga jalb qilish holatlari qayd etildi.
Jakartada o‘tkazilgan III Paraosiyo o‘yinlari ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar Janubiy Koreya orqali O‘zbekistonga qaytib keldi.
Xonanda Aziza Niyozmetova 46 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi AES qurilishida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston milliy kutubxonasida «Infolib Uzbekistan» VII Milliy axborot-kutubxona haftaligiga start berildi.
Axborot-komlmunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalarning hududiy manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting