IIO tarkibida migratsion profilaktika bo‘linmalari tashkil etilmoqda
24 yanvar 2025, 11:05

IIO tarkibida migratsion profilaktika bo‘linmalari tashkil etilmoqda

Prezidentning 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhit yaratish to‘g‘risidagi qaroriga asosan ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari tarkibida migratsion profilaktika tuzilmalari tashkil etilmoqda.

Hyundai yangilangan avtomobil modellarini yillik 14% stavkada kreditga taklif qilmoqda
24 yanvar 2025, 11:00

Hyundai yangilangan avtomobil modellarini yillik 14% stavkada kreditga taklif qilmoqda

23-yanvardan boshlab Janubiy Koreyaning Hyundai brendining yangilangan avtomobillarini yillik 14%dan boshlanadigan stavka bilan kreditga sotib olish mumkin.

Qashqadaryoda 232 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro 5 yilga qamaldi
24 yanvar 2025, 10:47

Qashqadaryoda 232 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro 5 yilga qamaldi

Qarshi shahrida fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan novvot ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan va 232 mln 848 ming so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan. Sud hukmi bilan unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

2025-yil yozida Toshkent arxitekturasi va mozaikasi haqida yangi kitoblar nashr etiladi
24 yanvar 2025, 01:06

2025-yil yozida Toshkent arxitekturasi va mozaikasi haqida yangi kitoblar nashr etiladi

Nemis arxitektori va noshiri Filipp Moyzer rus tilida Toshkent arxitekturasi qo‘llanmasining uchinchi nashri, poytaxt mozaikalari va aka-uka Jarskiylar haqidagi kitoblar chop etilishini e’lon qildi. So‘nggisi ilk bor nemis tilida 2023-yilda nashr etilgan. Barcha kitoblar shu yozda chiqariladi.

Renovatsiya dasturida joriy yilda 20 ming xonadon qurish rejalashtirilmoqda
24 yanvar 2025, 00:52

Renovatsiya dasturida joriy yilda 20 ming xonadon qurish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda joriy yilda renovatsiya dasturi asosida 20 ming xonadon qurish rejalashtirilgan, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Davlat rahbari bu boradagi ishlar mamlakatning qator shahar va tumanlarida allaqachon boshlanganini, buni boshqa hududlarda ham ommalashtirish zarurligini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Yevropa kengashi rahbarlari KSHHT tez orada imzolanishiga ishonch bildirdi
24 yanvar 2025, 00:42

O‘zbekiston va Yevropa kengashi rahbarlari KSHHT tez orada imzolanishiga ishonch bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi rahbari Antoniu Koshta telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tez orada imzolanishiga ishonch bildirdi.

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
23 yanvar 2025, 17:55

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yunusobod tumanida Nexia, Lacetti va Spark avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YHXB holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.

O‘zbekiston Markaziy banki AQSh davlat obligatsiyalarini xarid qilishni davom ettiradi
23 yanvar 2025, 17:38

O‘zbekiston Markaziy banki AQSh davlat obligatsiyalarini xarid qilishni davom ettiradi

O‘zbekiston Markaziy banki oltin-valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish doirasida AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarini xarid qilishni davom ettirmoqchi, dedi Markaziy bank raisi o‘rinbosari.

Senat oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
23 yanvar 2025, 17:28

Senat oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatda “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi. Qonun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, davlat zaxirasi, bozor mexanizmlari, iste’molchi huquqlari va davlat organlari vakolatlarini belgilaydi.

Yangi uy oladiganlarga to‘lagan pulining bir qismini keshbek qilib qaytarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi
23 yanvar 2025, 17:10 1

Yangi uy oladiganlarga to‘lagan pulining bir qismini keshbek qilib qaytarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev yangi uy-joy oladigan fuqarolarga o‘zi to‘lagan mablag‘ining bir qismini keshbek qilib qaytarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga topshiriq berdi. Bu orqali sohada yashirin iqtisodiyotni qisqartirish maqsad qilingan. 2025-yilda kamida 70 ming xonadon uchun ipoteka krediti berish rejalashtirilmoqda.

“Yangi O‘zbekiston” massivlari yangi qoidalar asosida quriladi — prezident
23 yanvar 2025, 17:06

“Yangi O‘zbekiston” massivlari yangi qoidalar asosida quriladi — prezident

Prezident “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ma’lum qildi. Ular uchun tuman markazlari yoki shaharlardan 1−2 km masofada yer uchastkalari ajratiladi. Massivlarga yer tanlash, loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish uchun mas’ul bo‘lgan “O‘z uyim” kompaniyasi tashkil etiladi.

Endi ko‘p qavatli uy qurish uchun yerlar auksionda faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga sotiladi
23 yanvar 2025, 16:42

Endi ko‘p qavatli uy qurish uchun yerlar auksionda faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga sotiladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bundan buyon qurilishga salohiyatli developerlarni jalb qilish maqsadida ko‘p qavatli uy qurish uchun yerlar auksionda faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga sotilishini ma’lum qildi. Jismoniy shaxslar bu maqsadda so‘nggi 3 yilda sotib olgan yerlarning aksariyatida qurilish boshlanmagan.

Jizzaxda 13 tup tut daraxti noqonuniy kesilgani aniqlandi
23 yanvar 2025, 16:34

Jizzaxda 13 tup tut daraxti noqonuniy kesilgani aniqlandi

Do‘stlik tumanida fuqaro 13 tup tut daraxtini noqonuniy kesgani aniqlandi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 738 mln 750 ming so‘m zarar yetdi. Hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

O‘zbekistonda migrantlar ipoteka krediti va subsidiya olishiga imkon beruvchi tizim yaratiladi
23 yanvar 2025, 16:22

O‘zbekistonda migrantlar ipoteka krediti va subsidiya olishiga imkon beruvchi tizim yaratiladi

Shavkat Mirziyoyev xorijga ishlashga ketganlar O‘zbekistonda rasmiy daromadi yo‘qligi tufayli ipoteka krediti va subsidiya ololmayotganini ta’kidlab, mamlakatga olti oy ichida muntazam pul jo‘natayotgan fuqarolar daromadini hisobga oladigan tizim yaratishga topshiriq berdi.

O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Asosiy ma’lumotlar
23 yanvar 2025, 16:22

O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Asosiy ma’lumotlar

Strategik islohotlar agentligi tungi iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqdi. Unda 24/7 ishlaydigan zonalar, tungi bozorlar, madaniy tadbirlar va infratuzilmani rivojlantirish, “Tungi shahar” platformasi hamda koordinator lavozimi orqali xizmatlarni muvofiqlashtirish nazarda tutilgan.

Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruq jarayonida vafot etdi
23 yanvar 2025, 15:56

Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruq jarayonida vafot etdi

Buxoro viloyati perinatal markazida 33 yoshli ayol farzand dunyoga keltirayotgan vaqtda vafot etdi. U kasalxonaga tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi, qog‘onoq suvlari ketishi va umumiy holsizlik holatida olib kelingan. Ikki nafar mas’ul shifokor boshqa bo‘limga rotatsiya qilingan.

“Biz xuddi askardek, vazifa berildi va uni bajarishimiz kerak” — Temur Kapadze
23 yanvar 2025, 15:13

“Biz xuddi askardek, vazifa berildi va uni bajarishimiz kerak” — Temur Kapadze

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Temur Kapadze jamoa o‘quv mashg‘uloti yig‘inida ishtirok etish uchun Dohaga bordi. “Biz xuddi askardek, vazifa berildi va uni bajarishimiz kerak”, — dedi u. Murabbiy JCHga chiqish uchun futbolchilarning qobiliyati ham, kuchi ham yetishini ta’kidladi.

2025-yil uchun inflyatsiya prognozida gaz va elektr energiyasi tariflari yana oshishi inobatga olingan — MB
23 yanvar 2025, 15:02

2025-yil uchun inflyatsiya prognozida gaz va elektr energiyasi tariflari yana oshishi inobatga olingan — MB

Aprel oyida elektr energiyasi va gaz tariflari oshishidan inflyatsiyaga dastlabki qo‘shimcha ta’sir 1,8−1,9 foiz punkt bo‘lishi kutilmoqda. “Bu joriy yil uchun 7−8 foiz atrofida bo‘lishi kutilayotgan inflyatsiya prognozida inobatga olingan”, — dedi Markaziy bank raisi.

Aktyor Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgan uchun javobgarlikka tortildi
23 yanvar 2025, 15:00

Aktyor Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgan uchun javobgarlikka tortildi

Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortildi. Jabrlanuvchi taniqli aktyor bilan suhbatini diktofonga yozib olgan va uni IIBga bergan. Sud tomonidan Matyoqub Matchonovga 1 mln 125 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Baytqo‘rg‘on va Parkentni bog‘laydigan temiryo‘l qurilishi boshladi
23 yanvar 2025, 12:29

Baytqo‘rg‘on va Parkentni bog‘laydigan temiryo‘l qurilishi boshladi

Toshkent viloyatining Qibray va Parkent tumanlarini bog‘laydigan elektrlashtirilgan temiryo‘l qurilishi boshlandi. Uning umumiy uzunligi 23,8 kilometrdan iborat bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting