Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri kengashining deputati etib saylandi
2 iyul 2024, 11:34

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri kengashining deputati etib saylandi

Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining deputati etib saylandi.

Uchta tuman hokimi o‘rinbosarlari pora olishda gumonlanib ushlandi
2 iyul 2024, 09:53

Uchta tuman hokimi o‘rinbosarlari pora olishda gumonlanib ushlandi

DXX Taxiatosh, Bo‘ston va Bo‘ka tumanlari hokimlari o‘rinbosarlarini pora olishda gumonlab qo‘lga oldi. Xususan, Taxiatosh hokimi o‘rinbosari fuqaroga hokimlik balansidagi buzilishga tushgan uyni fuqaroga rasmiylashtirib berish evaziga 35 mln so‘m talab qilgan.

Toshkentda avtobuslardagi konditsionerlar qaysi vaqtlarda ishlashi kerak?
2 iyul 2024, 09:33

Toshkentda avtobuslardagi konditsionerlar qaysi vaqtlarda ishlashi kerak?

Poytaxt avtobuslarida yo‘lovchilar kunduzi transportda konditsionerlar o‘chiqligidan shikoyat qilmoqda. “Gazeta.uz” sovitish tizimi qaysi soatlar oralig‘ida ishlashi, salondagi harorat qanday bo‘lishi va tartib qoidasi buzilganda yo‘lovchilar qayerga murojaat qilishi mumkinligiga aniqlik kiritdi.

Farg‘onada fuqaroning yashash uyidan 37 kg narkotik topildi
2 iyul 2024, 01:59

Farg‘onada fuqaroning yashash uyidan 37 kg narkotik topildi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida erkak uyida 13 tup marixuana o‘stirayotgani aniqlandi. Tezkor tadbir davomida jami 37 kilogrammdan ziyod giyohvandlik moddasi topildi.

Xorazmda korxona yerni sug‘orish uchun 2,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
2 iyul 2024, 01:59

Xorazmda korxona yerni sug‘orish uchun 2,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Urganchda faoliyat olib boruvchi MCHJ yer maydonini sug‘orish uchun suv nasoslarini elektr hisoblagichga yashirincha ulab, 2,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bosh prokuratura departamenti yana 3 ta viloyatda shu kabi holatlarni fosh qildi.

AQSh Oliy sudi Trampning jinoiy ta’qibdan qisman daxlsizligini tan oldi
2 iyul 2024, 00:36

AQSh Oliy sudi Trampning jinoiy ta’qibdan qisman daxlsizligini tan oldi

AQSh Oliy sudi sobiq prezidentlarning jinoiy javobgarlikka tortilishdan qisman daxlsizligi haqida qaror chiqardi. Sud bu qarorni Donald Trampning Kapitoliyga bostirib kirishga aloqadorligi haqidagi ish bilan bog‘liq da’vosi bo‘yicha qabul qildi.

“Bu adolatga kirishni cheklaydi”. Advokat — tergovchilar va himoyachilar imkoniyatlaridagi tengsizlik haqida
2 iyul 2024, 00:12

“Bu adolatga kirishni cheklaydi”. Advokat — tergovchilar va himoyachilar imkoniyatlaridagi tengsizlik haqida

Advokat Davron Ahmedov tergovchilar va himoyachilar imkoniyatlari teng emasligi, shu sababli advokatlar tergov hujjatlarini o‘rganish, dalillarni tayyorlashga ulgurmasligi, idoralar esa maxfiyligini aytib, so‘rovlarga e’tibor bermasligini ta’kidladi. Yig‘ilishlarni OAVda yoritish masalasi ham to‘liq hal etilmagan.

“O‘zbekistonda chiqariladigan mashinalar narxi chetdan olib kelinadiganidan arzon bo‘ladi” — BYD Uzbekistan Factory bosh direktori
1 iyul 2024, 23:29

“O‘zbekistonda chiqariladigan mashinalar narxi chetdan olib kelinadiganidan arzon bo‘ladi” — BYD Uzbekistan Factory bosh direktori

BYD O‘zbekistonga kirgach, narxlar tushib bormoqda, dedi BYD Uzbekistan Factory bosh direktori Shafqatbek Alimov. Unga ko‘ra, Jizzaxdagi zavoddan chiqadigan mashinalar narxi chetdan olib kelinadiganlari narxidan arzon bo‘ladi. Zavod 3 ta yangi modelni ishlab chiqarmoqchi, mahalliylashtirishni 60 foizga yetkazmoqchi.

Energiyaga noqonuniy ulanishlarning oldini olish bilan emas, ularning oqibatiga qarshi kurashyapmiz — prezident
1 iyul 2024, 22:49

Energiyaga noqonuniy ulanishlarning oldini olish bilan emas, ularning oqibatiga qarshi kurashyapmiz — prezident

Prezident energiya samaradorligini oshirishga doir yig‘ilishda enegriya iste’molida o‘g‘irliklar ko‘payganini ta’kidladi. U buni noqonuniy ulanishlarning oldini olish bilan emas, oqibatiga qarshi kurashilayotgani bilan izohladi. Energiya sarfini qat’iy nazorat qilish, mas’ullar javobgarligini oshirish zarur, dedi u.

“Energiya islohotimiz faqat bitta qadam bo‘lib qolib ketadi, degan qo‘rquv bor” — deputat Doniyor G‘aniyev
1 iyul 2024, 22:26

“Energiya islohotimiz faqat bitta qadam bo‘lib qolib ketadi, degan qo‘rquv bor” — deputat Doniyor G‘aniyev

Deputat Doniyor G‘aniyev elektr energiyasi tannarxini shakllantirish bo‘yicha aniq hisob-kitoblar yo‘qligini ta’kidladi. “Hozir biz narxlarni go‘yoki tannarxgacha olib kelyapmiz, lekin bunday shaffoflik yo‘q tizim bilan tannarxlar yana ikki barobar oshib ketmasligiga kim kafolat beradi?” — dedi u.

Olimlar parranda grippi pandemiyasi “sekinlik bilan rivojlanmoqda” deb qo‘rqadi — Reuters
1 iyul 2024, 21:05

Olimlar parranda grippi pandemiyasi “sekinlik bilan rivojlanmoqda” deb qo‘rqadi — Reuters

Parranda grippi tarqalishini kuzatayotgan olimlar H5N1 pandemiyasi “sekinlik bilan rivojlanmoqda” deb qo‘rqmoqda, deb yozdi Reuters. JSST avvalroq sutemizuvchilarda virus bilan kasallanish jiddiy muammo ekanini tan olgan edi.

Fransiyadagi parlament saylovlarining birinchi turida o‘ta o‘nglar g‘alaba qozondi
1 iyul 2024, 19:59

Fransiyadagi parlament saylovlarining birinchi turida o‘ta o‘nglar g‘alaba qozondi

Fransiya parlamenti saylovlarining birinchi turida Marin Le Penning “Milliy birlashuv” partiyasi yetakchilik qildi. Bu o‘ta o‘nglar uchun tarixiy rekord. Agar partiya ikkinchi turda ko‘pchilik ovozni qo‘lga kirita olsa, bosh vazirlik lavozimini Le Penning protejesi — 28 yoshli Jordan Bardella egallashi mumkin.

Prezident bilan uchrashuv, oliy darajali “Do‘stlik” ordeni, mahallaga tashrif — BMT bosh kotibining safari qanday o‘tdi?
1 iyul 2024, 18:32

Prezident bilan uchrashuv, oliy darajali “Do‘stlik” ordeni, mahallaga tashrif — BMT bosh kotibining safari qanday o‘tdi?

O‘zbekistonga kelgan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga prezident oliy darajali “Do‘stlik” ordenini topshirdi. Bosh kotib, shuningdek, Senat raisi bilan uchrashdi, Hazrati Imom majmuasi va poytaxt mahallalaridan biriga bordi, Toshkent viloyatida “yashil” energetika sohasi bilan tanishdi. Foto.

O‘mon o‘zbekistonliklar uchun 14 kunlik vizasiz rejim joriy qildi
1 iyul 2024, 17:44

O‘mon o‘zbekistonliklar uchun 14 kunlik vizasiz rejim joriy qildi

O‘mon O‘zbekiston fuqarolari uchun 14 kunga vizasiz rejim joriy qildi. Ushbu muddatdan ko‘proqqa qolishni istaganlar aeroportga kirishda viza olishlari mumkin.

Qozog‘iston regulyatori Toncoin kriptovalyutasi bilan savdo qilishni ma’qulladi
1 iyul 2024, 17:17

Qozog‘iston regulyatori Toncoin kriptovalyutasi bilan savdo qilishni ma’qulladi

Qozog‘istonda endi Toncoin kriptovalyutasi bilan tegishli litsenziyaga ega platformalarda erkin savdo qilish mumkin. Qaror Pavel Durovning mamlakatga tashrifi chog‘ida qabul qilindi.

Bosh prokuratura Ramina Yagafarovaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qarorni o‘rganmoqda
1 iyul 2024, 15:34

Bosh prokuratura Ramina Yagafarovaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qarorni o‘rganmoqda

“Gazeta.uz”dagi maqoladan so‘ng Bosh prokuratura Chilonzor tuman prokuraturasining jurnalist Ramina Yagafarovaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorini o‘rganishga kirishdi. Avvalroq ekspertiza o‘lim sababi noto‘g‘ri davolash ekanini ko‘rsatgandi.

Iyul oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
1 iyul 2024, 15:33

Iyul oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Iyulning katta qismida harorat +35…+40, janubda va cho‘l hududlarda +43 darajagacha bo‘ladi, ba’zi kunlari 2−3 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Juda issiq (+40 va undan yuqori) kunlar soni 2−5, shimolda 6−8 kunni tashkil etishi mumkin.

1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?
1 iyul 2024, 15:23

1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

Maktablar oldida fotoradarlar o‘rnatiladi, IT bo‘yicha 1 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi, farmnazorat tizimi tashkil etiladi, 6 ta shaharda suv ta’minoti xususiy sektorga beriladi, ayrim bemorlar bepul davolanadi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Face ID joriy etiladi — 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

Hafta boshi salqin bo‘ladi, chorshanbadan havo isiy boshlaydi
1 iyul 2024, 14:50

Hafta boshi salqin bo‘ladi, chorshanbadan havo isiy boshlaydi

Dushanba, seshanba kunlari Volgabo‘yidan kelgan salqin havo oqimi sababli harorat +30…+33 darajagacha pasayadi. Chorshanbadan salqin havo chekinadi, ammo kuchli issiq kutilmaydi: harorat +38, janubda +41 darajagacha isishi mumkin.

Endi avtomobilni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnoma onlayn tarzda ham beriladi
1 iyul 2024, 14:28

Endi avtomobilni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnoma onlayn tarzda ham beriladi

Endilikda avtomobilni tasarruf etish (sotish, hadya qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish) ishonchnomasini notariusga bormasdan ham tasdiqlatish mumkin. Qolaversa, yana ikkita notarial xizmat onlayn formatga o‘tkazildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting