Hindistonda diniy yig‘indagi tiqilinchda 120 dan ortiq odam halok bo‘ldi
3 iyul 2024, 16:15

Hindistonda diniy yig‘indagi tiqilinchda 120 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida diniy yig‘inda yuz bergan tiqilinchda kamida 121 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi. Qurbonlarning ko‘pchiligini ayollar tashkil etdi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi libosi taqdim etildi (+foto)
3 iyul 2024, 14:38

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi libosi taqdim etildi (+foto)

Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar delegatsiyasini kuzatish marosimida terma jamoa bayroqdorlariga davlat bayrog‘i topshirildi, shuningdek, jamoaning rasmiy libosi ham taqdim etildi. Foto.

Katta Farg‘ona kanalidan erkak murdasi topildi
3 iyul 2024, 14:38

Katta Farg‘ona kanalidan erkak murdasi topildi

Bag‘dod tumanida erkak Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida tushib, cho‘kib ketdi. Uning jasadi oradan 3 kun o‘tib kanalning O‘zbekiston tumanidan o‘tgan qismida topildi.

O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasida tunnel aniqlandi, 1 mlrd so‘mlik dorilar olib qo‘yildi
3 iyul 2024, 11:13

O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasida tunnel aniqlandi, 1 mlrd so‘mlik dorilar olib qo‘yildi

Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida yashirin tunnel aniqlanib, jinoiy guruh a’zolaridan Hindistonda chiqarilgan 1 mlrd so‘mlik dori vositalari olib qo‘yildi. Uzunligi 310 metr bo‘lgan tunnelda havo ventilyatsiyasi, yoritish tizimi, yuk arava va arqonlar borligi aniqlandi (+ video).

Poytaxtning Yunusobod tumanida quvur yorilishi tufayli ko‘chalarni suv bosdi (foto)
3 iyul 2024, 10:33

Poytaxtning Yunusobod tumanida quvur yorilishi tufayli ko‘chalarni suv bosdi (foto)

Toshkent shahri Yunusobod tumanining 6−7-dahalarida magistral suv quvurining yorilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. Hududning bir qismi suv ta’minotisiz qolmoqda. Yo‘l harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Yo‘l obyektlari ta’miri bilan bog‘liq ishlar tegishli ruxsatnoma bilangina amalga oshiriladi
3 iyul 2024, 10:25

Yo‘l obyektlari ta’miri bilan bog‘liq ishlar tegishli ruxsatnoma bilangina amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan har qanday yuridik shaxs tomonidan yo‘llar, trotuarlar va boshqa yo‘l infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish, ta’mirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi.

Yaponiya O‘zbekistonga 6,2 mln dollarlik 4 ta tibbiy mobil konteyner topshiradi
3 iyul 2024, 10:16

Yaponiya O‘zbekistonga 6,2 mln dollarlik 4 ta tibbiy mobil konteyner topshiradi

Yaponiya O‘zbekistonga qiymati 6 mln dollardan ortiq bo‘lgan yana to‘rtta tibbiy mobil konteyner yetkazib beradi. Ular kompyuter tomografiyasi, ultratovush, rentgen va boshqa uskunalar uchun skanerlar bilan jihozlangan va mamlakatning istalgan nuqtasiga joylashtirish mumkin.

Buxoroda voyaga yetmagan bola va qiz turmush qurgani aniqlandi
2 iyul 2024, 22:29

Buxoroda voyaga yetmagan bola va qiz turmush qurgani aniqlandi

Buxoroda oilalari kelishuvi asosida 16 yoshli bola va 17 yoshli qizning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgani aniqlandi. Bolalar ombudsmani ularning ota-onalarini ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

AQSh ishchilarni issiqdan asrash standartlarini qabul qilishni rejalashtirmoqda
2 iyul 2024, 21:15

AQSh ishchilarni issiqdan asrash standartlarini qabul qilishni rejalashtirmoqda

AQSh Mehnat vazirligi mamlakatda ilk bor ishchilarni anomal issiqdan himoya qilish bo‘yicha standartlarni taklif qildi. Agar u tasdiqlansa, ish beruvchilardan issiq harorat bilan kurashish rejalariga ega bo‘lish va ishchilarga soya hamda suvdan foydalanish imkoniyatini berish talab qilinadi.

Urganch tumani qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2 iyul 2024, 20:50

Urganch tumani qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Urganch hokimligi yerini berish komissiyasi mansabdorlari, xususan, qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Ular 1,5 ga ekin maydonini savdo shoxobchasi qurish uchun ajratib bergan. Shuningdek, 15 ming kv. m. qishloq xo‘jaligi yerida turar joy qurishga ruxsat berib, 756 mln so‘m zarar yetkazgan.

Isroil harbiy rahbarlari o‘q-dori taqchilligi fonida G‘azoda sulh tuzish tarafdori — NYT
2 iyul 2024, 19:54

Isroil harbiy rahbarlari o‘q-dori taqchilligi fonida G‘azoda sulh tuzish tarafdori — NYT

Isroil harbiy rahbariyati snaryadlar taqchilligi sharoitida, hatto HAMAS hozircha hokimiyatda qolsa ham, G‘azoda sulh tuzish tarafdori, deb yozdi New York Times. Bu, harbiylarga ko‘ra, guruh qo‘lidagi garovga olinganlarni ozod qilishning eng yaxshi yo‘li bo‘ladi.

Endi yangi haydovchilik guvohnomalarini onlayn olish mumkin
2 iyul 2024, 19:10

Endi yangi haydovchilik guvohnomalarini onlayn olish mumkin

O‘zbekistonda endi yangi haydovchilik guvohnomalarini onlayn tarzda olish mumkin (ilgari faqat almashtirish mumkin edi). Hujjatni eng yaqin Davlat xizmatlari markazidan olish yoki pochta orqali uyga buyurtma qilish mumkin.

“Hukumat gaz subsidiyalariga 9,5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilmasligini bildirdi” — deputat
2 iyul 2024, 16:01 1

“Hukumat gaz subsidiyalariga 9,5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilmasligini bildirdi” — deputat

2024-yilda gaz subsidiyasiga 9,5 trln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ ajratilgan, biroq uning 85 foizi birinchi chorakda o‘zlashtirib bo‘lindi, dedi hukumat a’zolarining so‘zlariga tayangan deputat Doniyor G‘aniyev. Ammo unda subsidiyalar hajmi va ijtimoiy sohada o‘zlashtirilmagan xarajatlarga oid savollar tug‘ilgan.

Abdumalik Xalokov va Zaynab Dayibekova Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida bayroqdor bo‘ladi
2 iyul 2024, 14:36

Abdumalik Xalokov va Zaynab Dayibekova Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida bayroqdor bo‘ladi

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida bokschi Abdumalik Xalokov va qilichboz Zaynab Dayibekova O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari bo‘ladi. G‘oliblarga Tokiodagi kabi oltin medal uchun $200 ming, kumush uchun $100 ming, bronza sohibiga esa $50 ming beriladi. Sportchilar 7Saber brendi ostidagi formada qatnashadi.

O‘zbekistonda tungi vaqtda shovqin ko‘targanlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
2 iyul 2024, 14:30

O‘zbekistonda tungi vaqtda shovqin ko‘targanlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

O‘zbekistonda tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligi hamda normal dam olishini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Bu uchun jarima fuqarolar uchun BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdorlarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha etib belgilanmoqda.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi
2 iyul 2024, 14:15

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

Shavkat Mirziyoyev 3−4-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi va SHHT davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Tashrif doirasida xorijiy delegatsiya rahbarlari bilan uchrashuv ham o‘tkaziladi.

Guliston shahri ETK boshlig‘i pora olishda gumonlanmoqda
2 iyul 2024, 12:28

Guliston shahri ETK boshlig‘i pora olishda gumonlanmoqda

Guliston shahri elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i 90 mln so‘m pora olishda gumonlanmoqda. U tadbirkorning elektr ta’minotidagi 200 mln so‘mdan ortiq qarzdorligini kamaytirib berishni va’da qilgan.

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri kengashining deputati etib saylandi
2 iyul 2024, 11:34

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri kengashining deputati etib saylandi

Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining deputati etib saylandi.

Uchta tuman hokimi o‘rinbosarlari pora olishda gumonlanib ushlandi
2 iyul 2024, 09:53

Uchta tuman hokimi o‘rinbosarlari pora olishda gumonlanib ushlandi

DXX Taxiatosh, Bo‘ston va Bo‘ka tumanlari hokimlari o‘rinbosarlarini pora olishda gumonlab qo‘lga oldi. Xususan, Taxiatosh hokimi o‘rinbosari fuqaroga hokimlik balansidagi buzilishga tushgan uyni fuqaroga rasmiylashtirib berish evaziga 35 mln so‘m talab qilgan.

Toshkentda avtobuslardagi konditsionerlar qaysi vaqtlarda ishlashi kerak?
2 iyul 2024, 09:33

Toshkentda avtobuslardagi konditsionerlar qaysi vaqtlarda ishlashi kerak?

Poytaxt avtobuslarida yo‘lovchilar kunduzi transportda konditsionerlar o‘chiqligidan shikoyat qilmoqda. “Gazeta.uz” sovitish tizimi qaysi soatlar oralig‘ida ishlashi, salondagi harorat qanday bo‘lishi va tartib qoidasi buzilganda yo‘lovchilar qayerga murojaat qilishi mumkinligiga aniqlik kiritdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting