O‘FA Parij-2024 o‘yinlariga boradigan futbolchilar tarkibini e’lon qildi
4 iyul 2024, 11:52

O‘FA Parij-2024 o‘yinlariga boradigan futbolchilar tarkibini e’lon qildi

O‘zbekistonning Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga boradigan tarkibidan 23 nafar futbolchi joy oldi, ularning soni bittaga kamayishi mumkin. Shuningdek, tarkibda 3 nafar 23 yoshdan katta futbolchi — Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulovlar bor.

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi
4 iyul 2024, 11:52

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Hindistonda diniy yig‘indagi tiqilinch oqibatida 120 dan ortiq odam halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi.

Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lish kerakligi belgilandi
4 iyul 2024, 10:53

Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lish kerakligi belgilandi

Umra tadbirlarini tashkil etish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi. Litsenziyani olish uchun BHMning 10 baravari miqdorida boj to‘lash kerak. Umra tadbirlarini litsenziyasiz amalga oshirish yoki litsenziyani qalbakilashtirish BHMning 200 baravarida jarimaga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 95 tonna insonparvarlik yordamini yubordi
4 iyul 2024, 10:35

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 95 tonna insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan O‘sh viloyati uchun 95 tonnali insonparvarlik yordamini yubordi. Uning tarkibida un, o‘simlik moyi, shakar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar bor. Sel oqibatida hududda bir necha kishi vafot etgandi.

Markaziy bank esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlari uchun tanlov e’lon qildi
4 iyul 2024, 10:29

Markaziy bank esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlari uchun tanlov e’lon qildi

“Davlat belgisi” DUK tomonidan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarining tanlovi e’lon qilindi. Komissiya dizayn loyihalarini o‘rganib chiqib, 15 ta g‘olibni tanlab oladi. 1-o‘rin uchun 20 mln, 2-o‘rin uchun 15 mln, 3-o‘rin uchun 10 mln va 4−15 o‘rinlarga 3 mln so‘mdan mukofot puli beriladi.

“Tashabbusli budjet”ning ikkinchi mavsumi 6-iyuldan boshlanadi
4 iyul 2024, 10:09

“Tashabbusli budjet”ning ikkinchi mavsumi 6-iyuldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi 6-iyuldan boshlanadi. Loyihalarni 26-iyulga qadar kiritish mumkin. Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi
4 iyul 2024, 09:42

Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi

Prezident farmoni bilan, Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatildi. Uning tuzilmasidagi tashkilotlar va qo‘shimcha funksiyalar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazildi.

Andijon viloyati prokurori “Hududgazta’minot” AJ rahbari bo‘ldi
4 iyul 2024, 08:57

Andijon viloyati prokurori “Hududgazta’minot” AJ rahbari bo‘ldi

Andijon viloyati prokurori sifatida ishlab kelayotgan Marufxon Xodjayev “Hududgazta’minot” AJning yangi rahbari bo‘ldi. Kompaniya ochilganidan buyon unga Bahodir Eshmuratov raislik qilib kelayotgandi.

“O‘zbekneftgaz” shoxobchalari tarmog‘i va Chinoz neft zavodi qanchaga sotilgan?
4 iyul 2024, 00:01

“O‘zbekneftgaz” shoxobchalari tarmog‘i va Chinoz neft zavodi qanchaga sotilgan?

“O‘zbekneftgaz” UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i va Chinoz neftni qayta ishlash zavodini Daniyar Kamilov kompaniyasiga 519 mlrd so‘mga (42,3 mln dollar) sotgan bo‘lishi mumkin. Davaktiv va “O‘zbekneftgaz” haligacha kelishuv tafsilotlari haqida ma’lumot bermadi.

Jo Bayden saylovoldi poygasidan chiqsa, uning o‘rnini Kamala Harris egallashi mumkin — Reuters
3 iyul 2024, 22:50

Jo Bayden saylovoldi poygasidan chiqsa, uning o‘rnini Kamala Harris egallashi mumkin — Reuters

Jo Baydenning Donald Tramp bilan debatdagi muvaffaqiyatsiz chiqishi Demokratik partiya ichida vahima va uning nomzodini almashtirish haqidagi gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi. AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris eng yaxshi alternativ hisoblanyapti, deb yozdi Reuters.

Yunusoboddagi suv quvuridagi nosozlik bartaraf etildi, elektr energiyasi keyinroq yoqiladi
3 iyul 2024, 21:54

Yunusoboddagi suv quvuridagi nosozlik bartaraf etildi, elektr energiyasi keyinroq yoqiladi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida suv quvuridagi avariyani bartaraf etish ishlari yakunlandi. Suv ta’minoti tiklandi. Yerto‘lalarda namlik borligi uchun elektr hozircha ulanmagan.

O‘zbekiston aprel va mayda oltin sotishni keskin qisqartirdi
3 iyul 2024, 21:37

O‘zbekiston aprel va mayda oltin sotishni keskin qisqartirdi

Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, aprel-may oylarida O‘zbekiston xorijga oltin sotishni sezilarli darajada qisqartirgan. Fevral-mart oylarida 23 tonna oltin eksport qilingan bo‘lsa, aprel-mayda ko‘rsatkich 1 tonnani tashkil etgan.

Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi reklama roligi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi — Raqobat qo‘mitasi
3 iyul 2024, 20:55 1

Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi reklama roligi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi — Raqobat qo‘mitasi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mahalliy kiyim brendini reklama qilgani yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi, dedi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi. Jamoatchilik vazirning reklama roligidagi ishtirokini qonunbuzilish holati sifatida baholamoqda.

O‘zbekiston va Pokiston Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilishi kutilmoqda
3 iyul 2024, 20:30

O‘zbekiston va Pokiston Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashdi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, kimyo kabi tarmoqlarda loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi 2025−2026-yillarga mo‘ljallangan Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish masalalarini muhokama qildi.

Ekinlar hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofotining 50 foizi qoplab beriladi
3 iyul 2024, 20:10

Ekinlar hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofotining 50 foizi qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan qishloq xo‘jaligi subyektlariga ekinlar hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarining 50 foizi, biroq sug‘urta summasining 4 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun davlat budjetidan subsidiya ajratiladi.

Deputatlar “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi
3 iyul 2024, 19:39

Deputatlar “Kosmik faoliyat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Qonunchilik palatasi sohadagi davlat siyosatini, taqiq va cheklovlarni belgilab beruvchi “Kosmik faoliyat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Deputatlar O‘zbekistonning kosmosdan foydalanish bo‘yicha xalqaro shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi bitimni ham ma’qulladi.

Ostonada Mirziyoyev va Szinpin strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi
3 iyul 2024, 19:11

Ostonada Mirziyoyev va Szinpin strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi

Ostona shahrida O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ikkinchi Hududlararo forumni o‘tkazish, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘lini tez fursatda qurish masalalarini muhokama qildi.

Ilgari 2 marta rad etilgan elektron dalillar to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentda 3-marta ko‘rilmoqda. Asosiy ma’lumotlar
3 iyul 2024, 17:28

Ilgari 2 marta rad etilgan elektron dalillar to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentda 3-marta ko‘rilmoqda. Asosiy ma’lumotlar

Deputatlar kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun elektron (raqamli) dalillar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qildi. Hujjat avval 2 marta rad etilgandi, bu qonunni parlamentdan o‘tkazishga uchinchi urinish. Deputatlardan biri hujjatdagi kamchiliklarga to‘xtalib, “fojiaviy oqibatlar” haqida ogohlantirdi.

Toshkent-Budapesht-Toshkent yangi reyslari amalga oshirildi
3 iyul 2024, 17:00

Toshkent-Budapesht-Toshkent yangi reyslari amalga oshirildi

30-iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida Qanot Sharq aviakompaniyasining Toshkent-Budapesht-Toshkent yangi reyslari ishga tushirilishi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Sud “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
3 iyul 2024, 16:50

Sud “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi

Apellyatsiya sudi “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi. Farmatsevtika agentligining sudlangan sobiq rahbarining onasi tomonidan to‘langan 2,5 mlrd so‘m pul jabrlanuvchilar o‘rtasida taqsimlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting