Urganch xalqaro aeroporti 20-iyuldan 8-avgustgacha yopiladi
23 iyun 2024, 15:43

Urganch xalqaro aeroporti 20-iyuldan 8-avgustgacha yopiladi

Urganch xalqaro aeroporti 20-iyuldan 8-avgustgacha yopiladi. Bu paytda uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi, yo‘lovchilar transfer bilan ta’minlanadi.

Farg‘onada kriminal avtoritet bo‘lishga uringan shaxs qo‘lga olindi
23 iyun 2024, 14:59

Farg‘onada kriminal avtoritet bo‘lishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘onada kriminal avtoritet bo‘lishga uringan Abdullo Egamberdiyev qo‘lga olindi. Viloyat IIBga ko‘ra, u “Baxti Tashkentskiy” va “Salimboyvachcha” bilan yaqin aloqada bo‘lib, jinoyat olamida yetakchilikka intilib kelgan. Egamberdiyev firibgarlik va pora berish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

Qashqadaryodagi universitetda yigit qizga 8 marta pichoq sanchib, o‘zini ham jarohatladi
23 iyun 2024, 14:36

Qashqadaryodagi universitetda yigit qizga 8 marta pichoq sanchib, o‘zini ham jarohatladi

Qarshi davlat universitetida yigit talaba qiz bilan o‘zaro janjallashib, unga 8 marta pichoq sanchdi. Shundan so‘ng o‘zining qorin bo‘shlig‘iga ham jarohat yetkazdi. Qashqadaryo viloyati prokuraturasi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlanganini bildirdi.

Toshkent viloyatida 10 yoshli bola poyezd urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
23 iyun 2024, 11:48

Toshkent viloyatida 10 yoshli bola poyezd urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Zangiota tumanida temiryo‘lni velosipedda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 10 yoshli bolani poyezd urib yubordi. Oqibatda u voqea joyida vafot etdi.

O‘zbekiston karbonat angidrid emissiyasini kamaytirganlik uchun Jahon banki to‘lovini olgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi
23 iyun 2024, 09:52

O‘zbekiston karbonat angidrid emissiyasini kamaytirganlik uchun Jahon banki to‘lovini olgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi

O‘zbekiston uglerod emissiyalarini 500 ming tonnaga kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun Jahon banki mamlakatga 7,5 mln dollar grant ajratdi. Mablag‘ning bir qismi elektr energiyasi va gaz tariflari oshishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.

Zominga yirik samolyotlar qatnay boshlaydi
22 iyun 2024, 18:32

Zominga yirik samolyotlar qatnay boshlaydi

O‘tgan yili ochilgan Zomin aeroportiga magistral samolyotlar ucha boshlaydi. Shanba kuni Uzbekistan Airways bu yo‘nalishda Airbus A320neo samolyotida texnik parvozni amalga oshirdi.

O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushadi
22 iyun 2024, 14:43

O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushadi

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari (o‘qish ular uchun majburiy bo‘ladi) va aholining boshqa toifalari uchun mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushiriladi. Bazaviy kurslarda o‘qitish bepul, maxsus kurslarda malaka oshirish pulli bo‘ladi.

Jizzaxda bolalarni urgan tarbiyachiga nisbatan jinoiy ish ochildi
22 iyun 2024, 14:29

Jizzaxda bolalarni urgan tarbiyachiga nisbatan jinoiy ish ochildi

G‘allaorol tumanidagi bog‘chada bolalarning turli joylariga oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachiga nisbatan qiynash moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U avvalroq ishdan olingandi.

DXX hududlarda qurilish boshqarmasi xodimi va sud boshqaruvchilarini qo‘lga oldi
22 iyun 2024, 12:49

DXX hududlarda qurilish boshqarmasi xodimi va sud boshqaruvchilarini qo‘lga oldi

DXX Buxoroda xaritalar tuzish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ direktorini 12,5 ming dollar olganida ushladi. Shuningdek, shu ish doirasida 5000 dollar olgan qurilish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i ham qo‘lga tushdi. Samarqand, Buxoro viloyatlarida sud boshqaruvchilari, Jizzaxda esa advokatlik byurosi rahbari ushlandi.

Javlonbek Umarxodjayev Uzbekistan Airports rahbarligiga tasdiqlandi
21 iyun 2024, 22:33

Javlonbek Umarxodjayev Uzbekistan Airports rahbarligiga tasdiqlandi

Javlonbek Umarxodjayev Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi. U o‘tgan yilning avgust oyidan buyon kompaniyaning vaqtinchalik rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.

Uzbekistan Airways logotipini yangilaydi, biroq an’anaviy livreyasini saqlab qoladi
21 iyun 2024, 21:24

Uzbekistan Airways logotipini yangilaydi, biroq an’anaviy livreyasini saqlab qoladi

Uzbekistan Airways yangilangan logotipini namoyish etdi. Kompaniya uni tubdan o‘zgartirmadi, balki zamonaviy tendensiyalarga muvofiq yangiladi. Tashuvchi, shuningdek, livreyasi — samolyotlar tashqi ko‘rinishini ham saqlab qolishga qaror qildi. Bundan tashqari, yangi shior — “Markaziy Osiyo qanotlari” taqdim etildi.

Chernogoriya, Bosniya, Xorvatiya va Albaniyada keng masshtabdagi blekaut yuz berdi
21 iyun 2024, 21:01

Chernogoriya, Bosniya, Xorvatiya va Albaniyada keng masshtabdagi blekaut yuz berdi

Chernogoriya, Bosniya, Albaniya hamda Xorvatiyaning Adriatika dengizi qirg‘oqlaridagi katta qismida keng masshtabli blekaut yuz berdi. OAV to‘rt mamlakatning barcha qismlarida elektr uzilishlari haqida yozmoqda.

Senat banklar kiberxavfsizligini ta’minlashga doir qonunlarga tuzatishlarni ma’qulladi
21 iyun 2024, 20:33

Senat banklar kiberxavfsizligini ta’minlashga doir qonunlarga tuzatishlarni ma’qulladi

Senatorlar bank sohasidagi bir qator qonunlarga kiberxavfsizlikni kuchaytirishga doir tuzatishlarni ma’qulladi. Ushbu tuzatishlar, xususan, Markaziy bankka kredit va to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari va valyuta birjalari tomonidan kiberxavfsizlik tahdidlarini aniqlash vakolatini beradi.

O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston elchisi ish boshladi
21 iyun 2024, 20:05

O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston elchisi ish boshladi

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning Toshkentga tashrifi arafasida Daadanxuu Batbaatar ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida loyiha ofisi tashkil etilmoqda
21 iyun 2024, 19:35

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida loyiha ofisi tashkil etilmoqda

Prezident qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etilmoqda. Avvalroq sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida loyiha ofislari tashkil etilgan edi.

Ombudsman IIB binosiga olib ketilgan erkakning vafoti ochiq va adolatli surishtirilishini so‘ramoqda
21 iyun 2024, 18:14

Ombudsman IIB binosiga olib ketilgan erkakning vafoti ochiq va adolatli surishtirilishini so‘ramoqda

Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Bekobodda “IIB binosiga majburiy olib ketilgan” aka-ukaga nisbatan kuch ishlatilganligi, ulardan birining vafoti holatini o‘rganmoqda. Vakil voqeaning barcha jihatlari qonun talablari doirasida ochiq va adolatli surishtirilishini so‘ramoqda.

Yevro-2024 stadionlari: ular bilan qanchalik tanishsiz?
21 iyun 2024, 16:57

Yevro-2024 stadionlari: ular bilan qanchalik tanishsiz?

Futbol bo‘yicha Yevro-2024 o‘yinlari Germaniyadagi 10 ta stadionda o‘tkazilmoqda. Ularning ayrimlari ishqibozlarga ancha tanish. “Taktika” jamoasi mazkur o‘yingohlar bo‘yicha jamlanmani taqdim etadi.

Mo‘g‘uliston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
21 iyun 2024, 16:09

Mo‘g‘uliston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23−26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Prezidentlar do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqadi. U, shuningdek, Xiva shahriga ham boradi.

PISA doirasida o‘quvchilarning kreativ fikrlash darajasi o‘rganildi. O‘zbekistonning natijalari
21 iyun 2024, 15:58

PISA doirasida o‘quvchilarning kreativ fikrlash darajasi o‘rganildi. O‘zbekistonning natijalari

15 yoshli maktab o‘quvchilarining kreativ (ijodiy) fikrlashini baholash bo‘yicha PISA-2022 xalqaro tadqiqoti natijalari e’lon qilindi. O‘zbekiston eng past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan davlatlar qatoridan joy oldi.

Toshkentda ayol 2 o‘g‘lini tanishiga tashlab ketdi, ular bolalar uyiga joylashtirildi
21 iyun 2024, 15:48

Toshkentda ayol 2 o‘g‘lini tanishiga tashlab ketdi, ular bolalar uyiga joylashtirildi

Olmazor tumanida ayol ijtimoiy tarmoqda tanishgan boshqa ayolga ikki nafar farzandini tashlab ketib, 45 kun davomida xabar olmagani ma’lum bo‘ldi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Ona bilan aloqa o‘rnatilgan. U tashlab ketgan farzandlari bolalar uyiga joylashtirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting