Turkiyada tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada chiqqan yong‘in qurbonlari soni 66 taga yetdi, 51 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi. Tergov doirasida 4 kishi, jumladan, biznes egasi ham qo‘lga olingan.
Tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib bermagani uchun sotuvchilarga penya joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. “Milliy tiklanish” fraksiyasi a’zosi bu me’yor elektr, gaz va suv ta’minotidagi uzilishlarga ham tatbiq etiladimi, deya so‘radi.
Olot tumanida noqonuniy saksovul kesib, olib qochmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Ta’qib qilish vaqtida ular inspektorlarning mashinasiga qasddan shikast yetkazgan. Sud ularga 41,6 mln so‘m jarima jazosi tayinladi. Mashinaga yetkazilgan zarar ham qoplandi.
Deputatlar birinchi o‘qishda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari fuqaroga murojaat qilganda o‘zini tanishtirishi, shuningdek, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi shartligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.
O‘zbekiston prezidenti Donald Trampni AQSh prezidenti lavozimga kirishgani bilan tabriklab, maktub yo‘lladi. Maktubda Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.
Turkiyadagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortida mehmonxonada yong‘in chiqishi oqibatda 10 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi jarohatlandi. Hodisa vaqtida binoda 234 nafar mehmon bo‘lgan. Yong‘in sababi hozircha noma’lum.
Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida 2025-yil 1-martdan aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash jarayonlarini raqamli nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 1-apreldan esa 12 ta yangi kasb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.
3−21-yanvar kunlari Toshkentdagi “Yangi Qo‘yliq” (Food City) bozorida kartoshka 37−85 foizga qimmatladi. Narxlarning oshishi Qozog‘istonning ushbu mahsulot eksportini taqiqlashi fonida ro‘y bermoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi zarur kartoshka zaxirasi shakllantirilib, ichki bozorga chiqarilayotganini ma’lum qildi.
Adliya vazirligida sug‘urtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mazkur sohada vakolatli davlat organi etib belgilandi.
O‘zbekistonda 1-iyuldan “Ekofaol fuqaro” platformasiga o‘zi ekkan daraxti to‘g‘risida ma’lumotlar kiritgan kambag‘al oilalar a’zolariga o‘rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari jinoyat ishini yuritish chog‘ida shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Unga ko‘ra, shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda.
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun BHMning 10 baravarigacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
Samarqand viloyati va Toshkent shahrida 2025-yil 1-fevraldan sinov tariqasida kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi. Loyiha 1-maygacha butun respublika bo‘ylab tatbiq etilishi rejalashtirilgan.
Toshkent xalqaro aeroportida ikki qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. U 21 yoshli qizlarni aldab, katta pul topishga ishontirgan.
Futbol agenti G‘ayrat Xasbiullin “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida Abduqodir Husanovga “Manchester Siti"ga o‘tishdan oldin ko‘plab klublar, jumladan, Angliyaning 12 jamoasi qiziqish bildirganini aytdi. U futbolchi nima uchun “Siti"ni tanlagani va uning rivojlanishiga kim hissa qo‘shgani haqida gapirib berdi.
Toshloq tumanida yuqori tezlikda harakatlangan mast Damas haydovchisi velosipedda ketayotgan fuqaro va 5 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda 71 yoshli erkak voqea joyida, bola esa shifoxonada vafot etdi.
13−17-yanvar kunlari Ostona shahrida ta’lim sohasidagi muhim tadbirlardan biri — XXI Xalqaro Jautikov olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Xitoy, Turkiya kabi 20 ta davlatdan 700 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Toyloq tumanida fuqaro o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanish orqali 1,3 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qildi. Namangan shahrida esa fuqaro novvoyxonasini gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab, 362 mln so‘mlik zarar yetkazdi.
Jizzax viloyatidagi Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy ravishda 145 kilogramm baliq ovlagan ikki shaxs tabiatga 487 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.
Prezidentlikka kirishgan Donald Tramp “Amerikaning oltin asri” boshlanganini ta’kidladi, avvalgi hukumatni tanqid qildi, inflyatsiyani yengishga, “so‘z erkinligi va qonunni qaytarishga”, “tinchlikparvar va birlashtiruvchi meros” qoldirishga, faqat ikki: erkak va ayol jinsini mustahkamlashga va’da berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting