O‘zbekiston aholisi issiqlik energiyasi uchun 2 trln so‘mdan ortiq pul to‘lamagan, natijada isitish korxonalari gaz, elektr va sovuq suvdan 2,5 trln so‘m qarzdor bo‘lib qolgan. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunovning ta’kidlashicha, kelgusida barcha loyihalarda yetkazib berilayotgan issiqlik haroratiga qarab narxni hisoblaydigan elektron hisoblagichlar o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Baliqlarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan sanoat chiqindilarining «Navoiyazot» korxonasi qudug‘idan Zarafshon daryosiga tashlangani yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Respublika maktablarida 4 noyabrdan 10 noyabrgacha kuzgi ta’til e’lon qilindi.
“Unistream” banki MDH davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlariga Rossiyada tezda qulay ish topishga yordam beradigan platformani ishga tushirdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan uchrashuvlari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar voqelikni to‘liq anglamoqda, yangi hukumat xalqaro hamjamiyatga qo‘shilishni istaydi va «ba’zi ijobiy qadamlar» qo‘yishga tayyor. Masalan, uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasining Kobuldagi tashrifidan so‘ng chegaraga tutash Balh provinsiyasida ertasi kuni barcha qizlar maktabga chiqqan.
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lib turish muddati 7 kundan 15 kunga uzaytirilishi mumkin. IIV RFda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni murakkabligi sababli mehnat muhojirlari qiyinchiliklarga uchrayotganini ma’lum qildi.
Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Mirziyoyevni prezident saylovi g‘olibi deb e’lon qildi. U ikkinchi muddatga qayta saylandi va deyarli 13 mln ovoz (80,12%) to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni esa 6,63% ovoz bilan Maqsuda Vorisova egalladi.
Serbiyada boks bo‘yicha jahon chempionatida yana uch nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etdi. Lazizbek Mullajonov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev raqiblarini ishonchli mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Mirazizbek Mirzaxalilov turnirni tark etdi.
O‘zbekistonda juma kuni bulutli va yog‘ingarchiliksiz sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Dam olish kunlari havo harorati kechasi 0…+3 darajagacha pasayishi va ba’zi hududlarda yog‘incharchiliklar bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun salmoqli hajmdagi moliyalashtirish talab etiladi va so‘nggi ikki yil ichida ushbu ko‘rsatkich COVID-19 sababli yanada oshdi. O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan BRM obligatsiyalari barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishga qay tarzda yordam bera olishi haqida BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimoska maqolasida.
Prezident qarori bilan Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi.
Facebook o‘zining nomini Meta`ga o‘zgartirganini va odamlar muloqot qilishi, jamoalar yaratishi va biznesni rivojlantirishi mumkin bo‘lgan «metaolam» qurish haqidagi rejalarini e’lon qildi.
Hukumat qarori bilan maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limlari xodimlariga oylik tarif stavkasi 15 foizi miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama o‘rnatiladi. Ovqatlanish uchun kompensatsiya va obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji uchun har choraklik mukofot to‘lanadi.
Afg‘oniston va unga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarga umumiy yordam doirasida Yaponiya tomonidan O‘zbekistonga 200 ming dollar miqdoridagi grant ajratilgan. YUNISEF tomonidan mazkur mablag‘ favqulodda vaziyatlarda bolalarni himoya qilish milliy tizimini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
Senat koronavirusga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratishni ma’qulladi, biroq ushbu mablag‘ning 800 mlrd so‘mi allaqachon sarflab bo‘lingan. Bu senatorlar va prezident davlat budjetiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqlaguncha sodir bo‘ldi. Mazkur holatni budjet qonunchiligi prezident va hukumat qarorlari doirasida jami budjet xarajatlarining ko‘pi bilan 3 foizidan foydalanishga imkon beradi, deya tushuntirdi Moliya vazirligi.
Ikkilamchi bozorda ko‘pgina avtomobil modellarining narxi sezilarli darajada oshdi. Narxlarning keskin o‘sishi yangi mahalliy avtomobillarni ishlab chiqarishning sekinlashishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ushbu holat «ikkinchi qo‘l» avtomobillariga bo‘lgan talabni oshirib yubordi.
O‘zbekistonda Rossiya texnologiyalaridan foydalangan holda avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish hajmini oshirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi energiya ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va muqobil energetika sohasidagi loyihalarga Rossiya sarmoyalarini jalb qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Moskvadagi hukumatlararo komissiya yig‘ilishida so‘z bordi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi va «Gazprom» o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi rejalashtirilmoqda.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi xabar berishicha, sentabr oyidan ichki bozorda ip-kalava uchun «asossiz ajiotaj» kuzatilmoqda. Uyushma noyabr oyida ip kalava eksportiga vaqtinchalik qo‘shimcha to‘lov amaliyoti joriy etilishini ma’lum qildi. Iqtisodchi Otabek Bakirov bu «yomon oqibatlar»ga olib kelishini ta’kidlamoqda.
1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 7 so‘mga ko‘tarilib, 10 683 so‘m etib belgilandi. Bundan tashqari, yevro va rubl kurslari ham oshdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting