Abduqodir Husanov “Manchester Siti” futbolchisi sifatida o‘zining ilk intervyusini berdi. “Bu nafaqat men uchun, balki O‘zbekiston uchun. Angliyada birinchi o‘zbek, bu hali boshlanishi, o‘zbeklar ko‘p kelishadi”, — deya ta’kidladi himoyachi klub rasmiy sahifasi uchun tanishtiruv suhbatida.
“Manchester Siti” klubi o‘zining rasmiy sahifalarida Abduqodir Husanovni jamoaga qo‘shib olganini e’lon qildi. O‘zbekistonlik futbolchi “shaharliklar” bilan 2029-yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Abduqodir APLdagi birinchi o‘zbek futbolchisi bo‘ldi.
2025-yilda OTBning $100 mln kreditiga O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona uchun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi. KfW bankining 30 mln yevrosi evaziga Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi 19 ta tibbiyot muassasasiga yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi uskuna o‘rnatiladi.
Donald Tramp AQShning 47-prezidenti lavozimiga kirishdi. Avval vitse-prezident Jey Di Vens, keyin Trampning o‘zi qasamyod qildi. Qasamyoddan oldin esa Oq uyni tark etayotgan Jo Baydenning oilasi bilan choyxo‘rlik tashkil etildi.
Energetika vazirligi Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koni hududida obyektni konservatsiyalash doirasida “gazni zararsizlantirish maqsadida xavfsiz yoqish” ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta olovli maydonlar aks etgan video paydo bo‘ldi.
Prezidentga Hisob palatasining o‘tgan yilgi faoliyati yakunlari va joriy yildagi asosiy vazifalari taqdim etildi. 2025-yilda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar xalqaro standartlar bo‘yicha auditdan o‘tkazila boshlaydi.
O‘zbekistonda 1-martdan boshlab moped va skuterlarga yangi talablar joriy etilmoqda: majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish, davlat raqami belgilarini olish va ularni boshqarish uchun “A” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish.
Ko‘plab tanqidlarga qaramay, Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarning kontraktdan tushadigan pullariga 4 foizli “soliq solish” fikridan qaytmadi. “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov bitta keys orqali davlat o‘zi chiqargan qonunlariga rioya qilmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda, deya qayd etdi.
Bungacha Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Marat Jurayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ekologiya vazirligi va BMTTD O‘zbekistonning biologik xilma-xillik bo‘yicha milliy strategiyasini ishlab chiqish va G‘arbiy Tyan-Shan ekotizimlarini tiklashni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini ishga tushirdi. Ularni 2030-yilga qadar amalga oshirish rejalashtirilgan. GEF loyihalarga 6,5 mln dollar ajratdi.
Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasida chaqaloqqa “chap tomonlama yelka arteriyasi tromboemboliyasi, chap qo‘l va panjasida qon aylanishining 3-a darajali o‘tkir buzilishi, poliorgan yetishmovchiligi” tashxisi qo‘yilib, uning qo‘li kesildi. SSV xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 2024-yilda hokim yordamchilari 309 ta korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan. Umuman olganda, 2024-yilda jami 6898 nafar shaxs tomonidan 5716 ta korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilgan.
2024-yilda jismoniy shaxslar banklarga 16,1 mlrd dollar miqdoridagi (2023-yilga nisbatan 31 foizga ko‘p) chet el valyutasini sotdi. Shuningdek, yil davomida aholi 9,4 mlrd dollar miqdorida valyuta sotib oldi (+3 foiz). Mamlakat bo‘ylab valyuta ayirboshlash shoxobchalari soni yil davomida 20 foizga ko‘paydi.
Malayziyaning Five Petroleum kompaniyasi O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratishni ko‘rib chiqmoqda. Kompaniya, shuningdek, hududlarida transport-logistika infratuzilmasini qurish masalasini ham o‘rganmoqda.
Toshkent viloyati va shahrida atmosferaga zarar yetkazayotgan 46 ta issiqxonaning faoliyati to‘xtatildi. Bundan tashqari, 426 ta issiqxona egalari chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish zarurligi, shuningdek, chiqindilardan yoqilg‘i sifatida foydalanish taqiqlangani haqida ogohlantirildi.
2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 2023-yilga nisbatan 3,4 mlrd dollar (30 foiz)ga ko‘payib, 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Mablag‘larning 77 foizi Rossiyadan kelib tushdi. Buyuk Britaniyadan o‘tkazmalar 83 foizga, Janubiy Koreyadan 56 foizga, AQShdan 35 foizga hamda YeIdan 32 foizga oshdi.
Qozog‘iston hukumati kartoshka eksportini olti oyga chekladi. Qaror bu mahsulotning, xususan, O‘zbekistonga eksport hajmi oshishi va narxi keskin ko‘tarilishi fonida qabul qilindi. 11 oy ichida O‘zbekiston import qilgan kartoshkaning deyarli 75 foizi Qozog‘istondan olib kelingan.
Bandlik vazirligi 2024-yilda Kanada 5 mingta bo‘sh ish o‘rni taklif etayotganini e’lon qilgandi. Migratsiya agentligiga ko‘ra, shundan so‘ng ishlash uchun 35 ming o‘zbekistonlik qiziqish bildirgan. Ulardan 100 nafar nomzodning ma’lumotlari Kanada tomoniga taqdim etilgan. Ammo nomzodlarning barchasi rad qilingan.
Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarning kontraktdan tushadigan pullariga 4 foizli “soliq solish” fikridan qaytmadi. Avvalroq deputat Dilmurod Artiqov bu to‘lovning qaysi asos bilan joriy etilayotganini so‘rab, bosh prokurorga so‘rov yuborgan, tashabbus esa ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga uchragandi.
Bir yil ichida mamlakatdagi eng yirik marketpleys Uzum Market’ning topshirish punktlari soni 3 barobar oshdi, ularning deyarli yarmi aholisi 30 ming nafardan kam bo‘lgan yashash punktlarida tashkil etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting