O‘zbekistonda kichik AESning birinchi reaktorini 5 yildan keyin ishga tushirish rejalashtirilmoqda — Atom energiyasi agentligi
5 iyun 2024, 23:41

O‘zbekistonda kichik AESning birinchi reaktorini 5 yildan keyin ishga tushirish rejalashtirilmoqda — Atom energiyasi agentligi

O‘zbekistonda kichik atom elektr stansiyasining birinchi reaktorini 5 yildan keyin ishga tushirish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Atom energiyasi agentligi Spot`ga. Loyiha narxi maxfiy ma’lumot bo‘lib, oshkor etilmaydi, deya ta’kidladi agentlik.

Ukrainadagi urush davomida 210 mingga yaqin bino vayron bo‘ldi — NYT
5 iyun 2024, 23:16

Ukrainadagi urush davomida 210 mingga yaqin bino vayron bo‘ldi — NYT

Ukrainadagi ikki yillik urush davomida 210 mingga yaqin turli bino, jumladan, 900 dan ortiq maktab, kasalxona va cherkovlar shikastlangan yoki vayron bo‘lgan, deyiladi New York Times tahlilida. Harbiy harakatlardan eng ko‘p jabr ko‘rgan shaharlar Mariupol, Xarkov, Irpen, Rubejnoye va Marinka bo‘ldi.

Hindistonda bosh vazir Narendra Modi partiyasi parlamentdagi ustunlikni yo‘qotdi
5 iyun 2024, 22:03

Hindistonda bosh vazir Narendra Modi partiyasi parlamentdagi ustunlikni yo‘qotdi

Hindistonda dunyodagi eng yirik parlament saylovlari natijalari sarhisob qilindi. Narendra Modi uchinchi bor bosh vazir lavozimini egallaydi, biroq uning partiyasi parlamentdagi mutlaq ustunlikni yo‘qotdi va endi koalitsion hukumat tuzishga majbur.

BMT Bosh assambleyasi narkotiklar muammosini hal qilish rezolyutsiyasini ma’qulladi, uning tashabbuskori — O‘zbekiston
5 iyun 2024, 21:03

BMT Bosh assambleyasi narkotiklar muammosini hal qilish rezolyutsiyasini ma’qulladi, uning tashabbuskori — O‘zbekiston

BMT Bosh assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan “Markaziy Osiyo davlatlarining giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarni samarali hal etish va bartaraf etishda yagona front bo‘lib hamkorlik qilishga tayyorligi” rezolyutsiyasini ma’qulladi.

Firdavs Abduxoliqov boshqa ishga o‘tadi
5 iyun 2024, 20:00

Firdavs Abduxoliqov boshqa ishga o‘tadi

Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov lavozimini tark etadi. U Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori etib tayinlanishi kutilmoqda.

Prezident “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi
5 iyun 2024, 19:29

Prezident “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

Prezident “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat davlat organlari va davlat ulushi 50 foizdan ortiq kompaniyalarga nisbatan tatbiq etiladi. Qonun 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkiyaga jo‘nab ketdi
5 iyun 2024, 19:20

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkiyaga jo‘nab ketdi

Prezident rasmiy tashrif bilan Turkiyaga uchib ketdi. Davlat rahbari Anqarada Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori bilan uchrashdi
5 iyun 2024, 18:46

Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev va JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala uchrashuvida O‘zbekistonning tashkilotga qo‘shilish borasidagi amaliy ishlari muhokama qilindi. Tomonlar elektron savdo va raqamli xizmatlar eksportini oshirish, mamlakatda Savdo siyosati bo‘yicha kompetensiya markazi tashkil etish masalalariga to‘xtaldi.

Prezident asfalt-beton qoplamali yo‘llar qurilishini yanada kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi
5 iyun 2024, 18:25

Prezident asfalt-beton qoplamali yo‘llar qurilishini yanada kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida yangi loyiha bo‘yicha ta’mirlanayotgan yo‘lni ko‘zdan kechirdi. U 20 yilgacha xizmat qilishi kerak bo‘lgan yangicha qatlamli asfalt-beton bilan qoplangan. Shavkat Mirziyoyev loyihani yanada kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Xorazmda 2 nafar fuqaroni Norvegiyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
5 iyun 2024, 18:20

Xorazmda 2 nafar fuqaroni Norvegiyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Xivada fuqaro 2 nafar tanishini ishlash uchun Norvegiyaga yuborish evaziga 5600 dollar so‘ragani aniqlandi. U avans olayotganda ushlandi.

Prezident shayx Nuriddin Xoliqnazar orqali Makkadagi o‘zbekistonlik hojilar holidan xabar oldi
5 iyun 2024, 17:36

Prezident shayx Nuriddin Xoliqnazar orqali Makkadagi o‘zbekistonlik hojilar holidan xabar oldi

Shavkat Mirziyoyev Makka shahrida bo‘lib turgan Musulmonlar idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonda muloqot qildi. U muftiydan fuqarolarning sharoiti, salomatligi va kayfiyati haqida so‘radi, O‘zbekistonga qaytgach, “hojilar yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lishlariga” umid bildirdi.

2023-yilda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi savdo aylanmasi 11 foizga o‘sdi — Yevroittifoq elchisi
5 iyun 2024, 17:13

2023-yilda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi savdo aylanmasi 11 foizga o‘sdi — Yevroittifoq elchisi

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2023-yilda 11 foizga o‘sib, 5,13 mlrd yevroga yetdi. YeI elchisi Sharlotta Adrian ittifoq O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.

Gaz ballonli avtomobillarni haydashda nimalarga e’tibor berish kerak? Tavsiyalar
5 iyun 2024, 16:59

Gaz ballonli avtomobillarni haydashda nimalarga e’tibor berish kerak? Tavsiyalar

Yong‘in texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Yakubjon Rustemov gaz ballonli avtomobillarni haydashda nimalarga e’tibor berish kerakligi bo‘yicha tavsiyalar berdi. Uning aytishicha, qoidalarni bilmaslik, ba’zida esa beparvolik oqibatida baxtsiz hodisalar soni yildan-yilga oshmoqda.

Prezident Buxoroni 2045-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, “Yangi O‘zbekiston” massivi va bog‘i loyihalari bilan tanishdi
5 iyun 2024, 16:41

Prezident Buxoroni 2045-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, “Yangi O‘zbekiston” massivi va bog‘i loyihalari bilan tanishdi

Buxoro hududini 3831 gektarga kengaytirish rejalashtirilmoqda. Shaharda “Yangi O‘zbekiston” massivi va “juda baland bo‘lmagan stela”li istirohat bog‘i, tarixiy obidalar maketlari, raqamli panorama va boshqa obyektlar quriladi. Prezidentga shaharni 2045-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi taqdim etildi.

Toshkentda fuqarolarni AQShga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
5 iyun 2024, 15:13

Toshkentda fuqarolarni AQShga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Uchtepa tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari fuqarolarni AQShga noqonuniy jo‘natish holatlariga chek qo‘ydi. Qo‘lga olinganlardan biri buning uchun 42 ming dollar, ikkinchisi esa 17 ming dollar so‘ragan.

Yilning dastlabki 5 oyida davlat budjeti defitsiti 29 trln so‘mdan oshdi
5 iyun 2024, 15:12

Yilning dastlabki 5 oyida davlat budjeti defitsiti 29 trln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda yanvar-may oylarida davlat budjeti defitsiti 29 trln so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Maydagi daromad va xarajatlar orasidagi farq oy boshiga shakllangan qoldiq va oy davomida muomalaga chiqarilgan davlat qimmatli qog‘ozlari hisobiga qoplangan.

AQSh Meksika bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tganlarga boshpana berishga vaqtincha cheklov kiritdi
5 iyun 2024, 14:25

AQSh Meksika bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tganlarga boshpana berishga vaqtincha cheklov kiritdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Meksikadan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarga boshpana berishni vaqtincha taqiqladi. Bu choralar ularni deportatsiya qilishni osonlashtiradi, dedi Oq uy. Taqiq AQSh janubiy chegarasidagi tirbandlik yuzaga kelgan davrda ham amal qiladi.

Sabine Mahl BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlandi
5 iyun 2024, 13:43

Sabine Mahl BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlandi

Sabine Mahl BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlandi, u bu lavozimda 1-iyundan ish boshladi. Tayinlovga qadar u 2019-yildan beri BMTning Gruziyadagi doimiy vakili edi, Indoneziya, Falastin va Qirg‘izistondagi BMT Ayollar bo‘limlariga rahbarlik qilgan, shuningdek, YeXHTda ishlagan.

Prezident — Buxoroda yangi aeroport qurilishi sabablari haqida
5 iyun 2024, 13:22

Prezident — Buxoroda yangi aeroport qurilishi sabablari haqida

Buxoro viloyatida 226 mln dollar evaziga yangi aeroport quriladi, avvalroq mavjud aeroportning o‘zida yangi terminal qurish ko‘zda tutilgandi. Prezidentning ta’kidlashicha, hozirgi havo bandargohi “sayyohlar oqimini ikki baravar oshirish rejasi uchun kichiklik qilmoqda”.

Prezident va turizm sohasi vakillari nimalarni muhokama qildi?
5 iyun 2024, 12:14

Prezident va turizm sohasi vakillari nimalarni muhokama qildi?

Shavkat Mirziyoyev turizm sohasidagi tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi. Prezident turoperatorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, QQSni subsidiya shaklida qaytarish muddatini uzaytirish, pensiyadagi sayyohlar uchun alohida viza rejimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi va boshqa masalalarni muhokama qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting