Toshkent shahrida Rossiyadan olib kelingan 3 dona Makarov, 1 dona TT pistoleti va patronlarini saqlab kelgan shaxslar ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Sharof Rashidov tumanida 2 ta Howo va Sany yuk mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi noyabr-dekabr oylarida Ai-91 va undan yuqori turdagi benzinni ko‘proq ishlab chiqarishni boshlaydi, 2025-yil boshidan esa Ai-80 ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish rejalashtirilgan, dedi “O‘zbekneftgaz” AJ rahbari o‘rinbosari Odil Temirov.
2023-yil noyabr oyida Londonga yangi elchi sifatida yetib borgan Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi.
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha Yaponiyaga qarshi U-23 finalini eslab, jamoa penaltidan unumli foydalana olmay, mag‘lub bo‘lgach, 3 kun uxlamay chiqqanini aytdi. “Uning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim. Bittagina to‘p-a!” degan prezident jamoaning Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olganini katta yutuq deb atadi.
O‘zbekiston bozoriga ELLE media brendi kirib keladi. ELLE Oʻzbekiston xodimlarni ishga qabul qilishni boshladi.
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 80 sotix noturar yerni 160 ming dollarga, Samarqand viloyati Payariq tumanida 2,1 gektar yerni 36 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan ikkita modda bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Toshkentda o‘gay onasining qiynoq va zulmlari sabab uyidan chiqib ketgan voyaga yetmagan bola ijtimoiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Bola qarovsiz qolishi natijasida uning ta’lim olishi va tarbiyasi izdan chiqib ketgan, deb yozdi IHMA.
O‘zbekistonda eng qadimgi o‘tmishdan to yaqin tarixgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi. “Agar tariximizni dunyoga tarannum etmoqchi bo‘lsak, xalqimizning milliy g‘ururini ko‘tarmoqchi bo‘lsak, buni birinchi navbatda kino yordamida amalga oshirishimiz kerak”, — dedi prezident.
Mahmud Istamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari etib tayinlandi. U avval Buxoro viloyati prokurori, MSK raisi o‘rinbosari, adliya vazirining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. U Toshkentdan tashqari, Samarqand va Buxoroda ham bo‘ladi.
Shimoliy yarimsharda o‘tgan yilning yozi nafaqat zamonaviy ob-havo kuzatuvlari boshlanganidan beri, balki so‘nggi 2000-yildagi eng issig‘i bo‘ldi, bu daraxtlarning yillik halqalarini o‘rganish orqali aniqlandi.
Toshkent aholisining shikoyatlari sabab hokimiyat yaqin 2 oyda barcha LED ekranlardagi reklamalarning yorug‘lik darajasini tekshirib chiqmoqchi. Dastlabki o‘rganishlarda ularning 90 foizidan ko‘pi me’yordan ortiq yorug‘lik tarqatishi aniqlangan. Endi ushbu tartibni buzgan ekran egalari elektr tarmog‘idan uzib qo‘yiladi.
2024-yilning 14-may kuni Yerevanda bo‘lib o‘tgan YeTTB boshqaruvchilar kengashining 33-yillik yig‘ilishida “Asakabank” O‘zbekistonda savdoni moliyalashtirish bo‘yicha “Eng faol emitent bank” sifatida e’tirof etildi.
Suiqasd uyushtirilgan Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso operatsiyadan keyin barqaror, ammo jiddiy ahvolda qolmoqda. Gumonlanuvchi 71 yoshli yozuvchi bo‘lib, u qotillikka urinishda ayblanmoqda.
“O‘zbekneftgaz” Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi ko‘magida quduqlarni burg‘ulash muddatini 45 foizga, ularni qurish tannarxini esa 35 foizga qisqartirish imkonini beruvchi Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazini ochdi. Kompaniya yetkazib beruvchi bilan 4,45 mln va 243,3 ming dollarlik ikkita shartnoma tuzdi.
O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilish, shuningdek, Mozori Sharifdagi Imom Al-Buxoriy madrasasida qurilish ishlarini boshlash, Transafg‘on temiryo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish loyihalarini amalga oshirish niyatida, deb xabar berdi Afg‘oniston TIV.
Aprel oyida Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari martga nisbatan o‘rtacha 0,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa o‘rtacha 1,12 foizga pasaydi. O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli va Olmazor tumanlarida bo‘lib turibdi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov neft-gaz sohasida investorlar bilan tuzilgan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqishga oid savollarga javob berdi. Uning aytishicha, ayrim hollarda investorlarga qo‘shimcha majburiyatlar yuklangan, biroq ular investitsiya muhitining yomonlashuvi xavfi tufayli oshkor etilmagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting