Namangan viloyatiga 100 ta yangi avtobus olib kelinadi
28 avgust 2023, 14:53 1

Namangan viloyatiga 100 ta yangi avtobus olib kelinadi

Namangan viloyatiga Xitoyning Yutong kompaniyasidan 100 ta yangi avtobus olib kelinadi. ZK6890HG modelidagi avtobuslarning dastlabki 20 tasi bir hafta ichida yetkazib berilishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka sobiq nomzodlar, tadbirkorlar va boshqalarni taqdirladi
28 avgust 2023, 14:44

Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka sobiq nomzodlar, tadbirkorlar va boshqalarni taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka sobiq nomzodlar Ulug‘bek Inoyatov va Alisher Qodirovni, shuningdek, deputat va senatorlar, Enter Engineering, SANEG kompaniyalari vakillari, Uzbekistan GTL, “O‘zmetkombinat” loyihalari rahbarlari va boshqalarni ordenlar bilan taqdirladi.

“Dok-1 Maks” qonuniy ro‘yxatdan o‘tganda ham, undagi zaharli moddalarni aniqlab bo‘lmasdi — sudlanuvchi
28 avgust 2023, 14:07

“Dok-1 Maks” qonuniy ro‘yxatdan o‘tganda ham, undagi zaharli moddalarni aniqlab bo‘lmasdi — sudlanuvchi

Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K. “Dok-1 Maks” siropi qonuniy hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tganda ham, undagi zaharli moddalarni aniqlab bo‘lmasligini ta’kidladi. U O‘zbekistonda dori ishlab chiqarish va tekshirish bo‘yicha belgilangan amaldagi tartibning ishonchsizligiga sha’ma qildi.

“MET” tunda Toshkent xalqaro aeroporti elektr ta’minotidan to‘liq uzilganini rad etdi
28 avgust 2023, 13:30

“MET” tunda Toshkent xalqaro aeroporti elektr ta’minotidan to‘liq uzilganini rad etdi

“Milliy elektr tarmoqlari” Toshkent xalqaro aeroporti tunda elektr ta’minotidan to‘liq uzilganini rad etib, 4 ta tarmoqdan faqat 3 tasida uzilish kuzatilganini ma’lum qildi. “MET” Uzbekistan Airports`ga 35 kVlik hamda zaxira tarmoqning ishchi holatini saqlash maqsadga muvofiqligini ham tushuntirdi.

“Dok-1 Maks” ishi. Sudlanuvchi — $33 ming pora haqida
28 avgust 2023, 13:21

“Dok-1 Maks” ishi. Sudlanuvchi — $33 ming pora haqida

Farmatsevtika agentligining sobiq xodimi “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda agentlik sobiq rahbari ikkita kompaniyaga tayinlangan inspeksion tekshiruvni bekor qilish bo‘yicha topshiriq berganini aytdi. Amaldor esa buni inkor qilib, hujjatga bilmasdan imzo qo‘yib yuborgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

USAID O‘zbekiston IIVga $50 minglik texnikalarni topshirdi
28 avgust 2023, 12:10

USAID O‘zbekiston IIVga $50 minglik texnikalarni topshirdi

AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga 50 ming dollarga teng ofis jihozlarini topshirdi. Ular odam savdosi sohasidagi jinoyatlar bo‘yicha ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan axborot bazasini rivojlantirish maqsadida taqdim etildi.

Hafta davomida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
28 avgust 2023, 11:35

Hafta davomida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin.

Parijda 1-sentabrdan elektrosamokatlarni ijaraga berish to‘xtatiladi
28 avgust 2023, 11:00

Parijda 1-sentabrdan elektrosamokatlarni ijaraga berish to‘xtatiladi

Parij ko‘chalarida 1-sentabrdan elektrosamokatlarni ijaraga berish xizmatlari faoliyatini yakunlaydi. Shahar hokimiyati bu masala bo‘yicha aprel oyida referendum o‘tkazgan va natijalarga ko‘ra bunday kompaniyalar bilan shartnomalarni yangilamaslikka qaror qilingan.

Tojikistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
28 avgust 2023, 10:42

Tojikistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Tojikistonda yakshanba kuni yog‘ib o‘tgan kuchli yomg‘irlar sababli Vahdat va Rudakiy hududlarida 13 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat prezidenti halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi
28 avgust 2023, 09:51

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi

Dushanba kuni Afg‘onistonda 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning bir necha viloyatlari va Toshkent shahrida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi. O‘zbekistonda ketma-ket 3 kundan beri yer silkinishlari qayd etilmoqda.

Kvartiralar bilan bitimlar majburiy badallar bo‘yicha qarzlar bo‘lmagan taqdirdagina tasdiqlanadi
28 avgust 2023, 09:40

Kvartiralar bilan bitimlar majburiy badallar bo‘yicha qarzlar bo‘lmagan taqdirdagina tasdiqlanadi

2024-yildan O‘zbekistonda notariuslar kvartiralar bilan tuzilgan bitimlarni mulkdorning uy-joyni saqlash uchun majburiy badal yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirdagina tasdiqlaydi.

Toshkent aeroporti shahar podstansiyasidagi avariya tufayli elektrdan vaqtincha uzilib qoldi
28 avgust 2023, 05:54

Toshkent aeroporti shahar podstansiyasidagi avariya tufayli elektrdan vaqtincha uzilib qoldi

Shahar podstansiyasida avariya ro‘y bergani ortidan Toshkent aeroportida qisqa vaqtga elektr ta’minotida uzilish bo‘ldi. Bu parvozlarni ta’minlovchi obyektlar ta’minotiga ta’sir qilmadi. Parvozlarda kechikish kuzatilmadi. 15 daqiqa ichida quvvat tiklandi.

Boks: Bahodir Jalolov birinchi raunddayoq Onoriyede Evariemeni mag‘lubiyatga uchratdi (video)
27 avgust 2023, 20:35

Boks: Bahodir Jalolov birinchi raunddayoq Onoriyede Evariemeni mag‘lubiyatga uchratdi (video)

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov birinchi raunddayoq nigeriyalik Onoriyede Evarieme ustidan muddatidan avval g‘alaba qozonib, professional ringdagi 13-g‘alabasini qo‘lga kiritdi (video).

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat
27 avgust 2023, 15:25

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat

Toshkentning barcha tumanlarida 11-sentabr-13-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

Toshkent viloyatida 3 ta yuk mashinasi va Cobalt to‘qnashdi
27 avgust 2023, 14:38

Toshkent viloyatida 3 ta yuk mashinasi va Cobalt to‘qnashdi

Angrenda Shacman yuk mashinasi Cobalt avtomobili hamda Volkswagen, Man yuk mashinalari bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 2 nafar haydovchi va bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi
27 avgust 2023, 13:39

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi. Jarayon 16-sentabrga qadar davom etadi. Loyihalar uchun 1,02 trln so‘m mablag‘ ajratilgan.

“Afg‘oniston bozoriga kirishimizni xohlamayotganlar juda ko‘p”. “O‘zbekneftgaz” rahbari — dizel yonilg‘isi qaytarilgani haqida
27 avgust 2023, 12:18

“Afg‘oniston bozoriga kirishimizni xohlamayotganlar juda ko‘p”. “O‘zbekneftgaz” rahbari — dizel yonilg‘isi qaytarilgani haqida

Afg‘oniston O‘zbekistonga dizel yonilg‘isini sifati yomonligi uchun qaytarmagan, dedi “O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov. Uning aytishicha, mahsulot Yevro-6 standartlariga javob beradi va Yevropa bozoriga eksport qilinmoqda. “O‘sha bozorga biz kirib borishimizni xohlamayotgan odamlar juda ko‘p”, — dedi u.

Navoiy viloyatida 4 nafar hokim intizomiy jazoga tortildi
27 avgust 2023, 10:24

Navoiy viloyatida 4 nafar hokim intizomiy jazoga tortildi

Navoiy viloyati hokimi farmoyishi bilan G‘ozg‘on shahri, Qiziltepa va Xatirchi tumanlari hokimlariga hayfsan berildi, Karmana tumani hokimiga jarima jazosi qo‘llanildi.

Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
27 avgust 2023, 04:46

Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida zilzila qayd etildi. Viloyatda yer silkinishi 2−3 ballni tashkil etdi.

“Zomin” sayyohlik zonasida dor yo‘li ochildi
26 avgust 2023, 17:54

“Zomin” sayyohlik zonasida dor yo‘li ochildi

Jizzax viloyatidagi “Zomin” sayyohlik-rekreatsion zonasida dor yo‘li ochildi. 133,3 mlrd so‘mlik loyiha Shveysariyaning Bartolet kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Zonada “Suffa platosi. 2400” xalqaro umummavsumiy kurorti va “O‘riklisoy” turizm majmuasi ham tashkil etilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting