Saudiya Arabistoni Nukusdagi issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilashi rejalashtirilmoqda
19 avgust 2024, 17:07

Saudiya Arabistoni Nukusdagi issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilashi rejalashtirilmoqda

Prezidentga Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilishi reja qilingan investitsiya loyihalari taqdim etildi. Saudiya Arabistoni bilan Nukus shahrida issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash, Ispaniya bilan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish hamda Germaniya bilan misni qayta ishlash loyihalari rejalashtirilmoqda.

Sirdaryoda 2 yoshli bola bog‘chada vafot etdi
19 avgust 2024, 17:03

Sirdaryoda 2 yoshli bola bog‘chada vafot etdi

Mirzaobod tumanidagi xususiy bog‘chada 2 yoshli bola vafot etdi. Bolaning o‘limiga nafas yo‘llari ovqat bilan berkilib qolgani oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

Qozoq milliy drama teatri O‘zbekistonga gastrol safari bilan keladi
19 avgust 2024, 16:35

Qozoq milliy drama teatri O‘zbekistonga gastrol safari bilan keladi

2−4-sentabr kunlari Muxtor Auezov nomidagi Qozoq milliy drama teatri Toshkentdagi Davlat musiqali komediya teatrida (operetta) chiqish qiladi. 6-sentabrdan 8-sentabrgacha esa ular Nukusdagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida gastrol safarlari bilan ishtirok etadi.

Qoraqalpog‘istonda ikkita SHES qurilishi boshlandi
19 avgust 2024, 15:57

Qoraqalpog‘istonda ikkita SHES qurilishi boshlandi

Prezident Qoraqalpog‘istonda Xitoy va Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilishiga start berdi. Shuningdek, yangi inshootlarning qurilishi va faoliyati boshlab berildi.

Toshkentda o‘zini “O‘zbekfilm” mas’uli deb tanishtirib, 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi
19 avgust 2024, 14:33

Toshkentda o‘zini “O‘zbekfilm” mas’uli deb tanishtirib, 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Toshkentda o‘zini “O‘zbekfilm” mas’uli deya tanishtirgan shaxs mahkuma ayol hayotiga bag‘ishlangan serial suratga olish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 20 ming dollar olganda ushlandi. Toshkent viloyatida esa chet tili bo‘yicha soxta sertifikat olib bermoqchi bo‘lgan konsalting firma rahbari $3500 ustida qo‘lga olindi.

Samarqanddagi tog‘da adashib qolgan yigit qutqarildi
19 avgust 2024, 14:31

Samarqanddagi tog‘da adashib qolgan yigit qutqarildi

Samarqand tumanidagi Mironqul-Ohalik tog‘ida adashib qolgan 18 yoshli yigit qutqarildi. U tog‘ning 1000 metr balandligidan soat 01:30 da topilgan.

Hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi
19 avgust 2024, 13:28

Hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi

Dushanbadan harorat asta-sekin ko‘tariladi, lekin nisbatan qulay bo‘ladi. Kunduzi havo +30…+35, ba’zi joylarda +37 darajagacha isiydi. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga boradi
19 avgust 2024, 11:09

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga boradi

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuradi. Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan. 20-avgust kuni davlat rahbari Nukusda tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazadi.

Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
19 avgust 2024, 10:43

Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Mustaqillik bayrami va “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali munosabati bilan 25-avgust-3-sentabr kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Qozog‘iston maymunchechak sabab chegaradagi nazoratni kuchaytirdi
19 avgust 2024, 10:27

Qozog‘iston maymunchechak sabab chegaradagi nazoratni kuchaytirdi

Qozog‘iston SSV mamlakatga maymunchechak kirib kelishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilganini ma’lum qildi. Xususan, aeroportlar va chegara o‘tish joylarida nazorat choralari kuchaytirildi. Vazirlik endemik mamlakatlarga boruvchi fuqarolarga tavsiyalar berdi.

BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga keladi
19 avgust 2024, 08:04

BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga keladi

BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal 19−30-avgust oralig‘ida O‘zbekistonda bo‘ladi. U Toshkent, Jizzax, Samarqand va Buxoroga tashrifi davomida uy-joy arzonligi va yaroqliligini o‘rganadi. U talabalar turar joylari va boshpanasiz qolganlarning manzillariga ham boradi.

Aktyor Alen Delon 88 yoshida vafot etdi
18 avgust 2024, 13:24

Aktyor Alen Delon 88 yoshida vafot etdi

Fransiyaning mashhur aktyorlaridan biri Alen Delon 88 yoshida vafot etdi.

Andijon shahri sobiq hokimi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi
18 avgust 2024, 11:36

Andijon shahri sobiq hokimi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Andijon shahri sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi. U 2017-yilda shahardagi ta’lim muassasalari rahbarlarini haqoratlagani uchun jarimaga tortilgan, 2019-yilda esa ishdan olingandi.

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi
18 avgust 2024, 11:03

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Kobulga bordi. Tashrifda savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga yetkazish, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish muhokama qilindi. Afg‘onistonlik tadbirkorlarni O‘zbekistonda faol ishlashi borasida kelishuv imzolandi.

Ichimlik suvidan qarzdor iste’molchilarga kredit bermaslik taklifi ishlab chiqilmoqda
18 avgust 2024, 11:02

Ichimlik suvidan qarzdor iste’molchilarga kredit bermaslik taklifi ishlab chiqilmoqda

“O‘zsuvta’minot” ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarga kredit bermaslik taklifi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. O‘zbekistondagi 5 mln xonadonning 50 foizga yaqinida qarzdorlik mavjud.

O‘zbekistonga maymunchechakning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda — SES
18 avgust 2024, 09:33

O‘zbekistonga maymunchechakning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda — SES

SES boshqarmasi boshlig‘i Rustamjon Ikromov O‘zbekistonga maymunchechakning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, virusologiya mutaxassislari qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilgan, joylarga test sistemalari tarqatilmoqda.

“Toshkent sirkini xususiy boshqaruvga berish kerak” — Ozodbek Nazarbekov
18 avgust 2024, 09:27

“Toshkent sirkini xususiy boshqaruvga berish kerak” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Toshkent davlat sirkini xususiy boshqaruvga berish va hayvonlarsiz ham tomosha ko‘rsata oladigan mexanizmni ishlab chiqish kerakligini aytdi. “Davlat uchun sirkdagi bitta hayvonni boqish bir insonni boqishdan qimmatga tushmoqda”, — degan Ozodbek Nazarbekov sirkka oid rejalarni sanadi.

Abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
18 avgust 2024, 08:59

Abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

18-avgustdan OTMning bakalavriat bosqichi kirish testlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi. Jarayon 10 kun davom etadi, shikoyatlarni ko‘rib chiqish esa 22-avgustdan boshlanadi.

“HET” elektrdan uzilgan abonentlarning qarzlaridagi “noaniqliklar”ga izoh berdi
17 avgust 2024, 17:32

“HET” elektrdan uzilgan abonentlarning qarzlaridagi “noaniqliklar”ga izoh berdi

Tarmoqlarda abonentlarning “o‘tgan yillar uchun elektrdan qarzi borligi” haqida shikoyatlar kelib tushdi, bu esa ularning ta’minotdan uzilishiga sabab bo‘ldi. “HET”ning xabar berishicha, bu eski tizimdan yangisiga arxiv ma’lumotlarini o‘tkazish bilan bog‘liq. Kompaniya vaziyatga oydinlik kiritmoqda.

Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi O‘zbekiston fuqarolariga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etilmoqda
17 avgust 2024, 14:15

Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi O‘zbekiston fuqarolariga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etilmoqda

Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi O‘zbekiston fuqarolariga ko‘chaga alohida zaruratsiz chiqmaslik va jamoat joylariga borishni cheklash, talabalarga esa onlayn ta’limga o‘tish tavsiya etilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting