Limonli bulochkalar, “Olma” sloykalari, “Tipratikan” shirinligi, nokli keks, “Sutli” torti, olcha hamda shokoladli tort va boshqalar — Zira.uz shirin pishiriqlar tayyorlab ko‘rish uchun turli retseptlarni taqdim etadi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva huquq-tartibot idoralari xodimlarining foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jazolash haqidagi norma Senat qo‘mitalari tomonidan o‘rganilayotganini aytdi. “Qo‘mitalarimiz hozir ko‘rib chiqish jarayonida”, — dedi u.
Senat raisi Tanzila Narbayeva BBC o‘zbek xizmatiga intervyu berib, unda Senat tomonidan tasdiqlanib, prezidentga imzolash uchun yuborilgan, ammo shundan so‘ng “yo‘qolib qolgan” “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi haqida gapirdi. Uning aytishicha, hozirda hujjatni PA ekspertlari o‘rganmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi ilk mavsumi 1-fevraldan boshlanishini e’lon qildi. Bu mavsum uchun 3 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Prezident yig‘ilishida maktab ta’limini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish, maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, xususiy maktablarga imtiyozlar berish, mahallalarning maktablar hayotidagi ishtirokini kengaytirish rejalari e’lon qilindi.
Ekologiya vazirligi E-Auksion sayti orqali qum va shag‘al qazib olishga ruxsatnoma olish mumkinligi haqidagi tanqidlarga javob berdi. Vazirlik bu tartib faqat moratoriy amal qilmaydigan hududlarga tegishli ekanini tushuntirdi. Moratoriyga ko‘ra, oltita daryodan material qazib olish umuman mumkin bo‘lmaydi.
O‘zbekistonning Dubay shahriga yangi tayinlangan bosh konsuli Kamol Ikromov BAA Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo‘limi direktoridan konsullik patentini qabul qilib oldi.
2023-yilda O‘zbekiston eksport qilganidan ko‘ra ko‘proq gaz importini amalga oshirdi. Yetkazib berish orasidagi farq 165 mln dollardan oshdi. “Gazeta.uz” mamlakat ichida ulkan gaz zaxiralari bo‘lishiga qaramay, bu holat yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganishga harakat qildi.
Chilonzor buyum bozori qarshisida Spark va Malibu avtomobillari to‘qnashdi. Spark haydovchisi voqea joyida vafot etdi, bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.
6 ta kinopremera, karting-slalom bo‘yicha chempionat, “Sahna” stendap klubida yumoristik tadbirlar, teatr namoyishlari, mahorat darslari, do‘konlardagi chegirmalar, musiqiy kechalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — “Afisha.uz” jamlanmasida.
Davlat soliq qo‘mitasining Soliq mobil ilovasi ma’lumotlar markazida yuklama ortib ketgani sababli uzilishlar bilan ishlamoqda. Qo‘mitaning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, so‘nggi paytlarda ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan cheklar soni ko‘payib, amaldagi serverning quvvati yetmay qolishni boshlagan.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov regulyator tomonidan jarimaga tortilayotgan banklar nomi nega ochiqlanmayotganini izohladi. “Aholida noto‘g‘ri tushuncha shakllanmasligi uchun bankning ichki faoliyati bilan bog‘liq holatlarda chora ko‘rilgan banklar nomini e’lon qilmaslikka qaror qildik”, — dedi u.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakovning farmoyishi bilan “Navbahor” futbol klubiga viloyat budjeti zaxira jamg‘armasidan 2,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Yevropa Ittifoqida qazib olinadigan yoqilg‘idan chiqadigan karbonat angidrid (CO2) emissiyasi o‘tgan yili so‘nggi 60 yildagi eng past darajaga tushdi. Bu natijaga asosan “yashil” energiyadan foydalanish hisobiga erishildi.
Prezident qaroriga ko‘ra dorilar bilan bog‘liq xavf-xatarlarni aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi yaratiladi. Dorilarning teleradiokanallardagi reklamasi SSV tomonidan tasdiqlanadi. Dori omborlarida zarur saqlash amaliyoti (GSP) majburiy bo‘ladi.
Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi. Ular orasida vazir, sobiq hokimlar, hokim o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari va boshqalar bor. Ro‘yxat.
YTTB O‘zbekiston uchun yangi besh yillik strategiyani tasdiqladi. Undagi asosiy ustuvorliklarga dekarbonizatsiya, suvni tejash va qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llab-quvvatlash, xususiy sektorni rivojlantirish, iqtisodiy boshqaruv va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash kiradi.
Toshkent shahrida 2023-yil davomida jamoat avtobuslari kuniga o‘rtacha 662,3 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Umumiy hisobda yil davomida avtobuslardan 241,7 mln marta foydalanildi.
Shanba kuni O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq va nam havo massalari kirib kelib, ayrim joylardagina yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat kechasi −2…−5 darajagacha pasayadi, kunduzi +10 darajagacha yetadi. Yakshanbada yomg‘ir respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi hujjat Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an tomonidan imzolandi. Shvetsiyaning alyansga qo‘shilish arizasini ratifikatsiya qilmagan faqatgina Vengriya qoldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting