Toshkent shahrida 2023-yil davomida jamoat avtobuslari kuniga o‘rtacha 662,3 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Umumiy hisobda yil davomida avtobuslardan 241,7 mln marta foydalanildi.
Shanba kuni O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq va nam havo massalari kirib kelib, ayrim joylardagina yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat kechasi −2…−5 darajagacha pasayadi, kunduzi +10 darajagacha yetadi. Yakshanbada yomg‘ir respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi hujjat Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an tomonidan imzolandi. Shvetsiyaning alyansga qo‘shilish arizasini ratifikatsiya qilmagan faqatgina Vengriya qoldi.
Buvayda tumanida maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi uchun ajratilgan 25 sotix yerni hujjatlarsiz 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi. U 2018-yildan buyon mamlakatning Fransiyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Poytaxtda sanitar holati talab darajasida bo‘lmagan 80-sonli avtobuslardan biri yo‘nalishga chiqarilgani aniqlandi. Xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan navbatchi mexaniklarga o‘rtacha oylik maoshining 20 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi kiyim-kechak bozorida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 20 ta qutqaruv brigadasi yetib kelgan, yong‘in ikki soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Yaponiya sudi 2019-yilda Kyoto Animation anime studiyasiga o‘t qo‘yishda ayblangan shaxsni o‘limga hukm qildi. Yong‘in oqibatida 36 kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi jarohatlangandi. Voqea mamlakatdagi eng dahshatli qirg‘inlardan biriga aylangan. Sudlanuvchi studiya uning ishini o‘g‘irlagan deb hisoblagan.
2024-yil 1-apreldan boshlab chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun nol stavka bo‘yicha soliq solish bekor qilinadi. Sanitar tozalash narxlari qiymatiga 12 foiz QQS solinadi. Bu Toshkent shahrida 8400 so‘mni tashkil qiladi.
Bir necha yil ichida Afrika tez kengayib borayotgan terrorizmning global markaziga aylanib qoldi, dedi BMT rahbari. U xalqaro hamjamiyatni bu “jahannamga qarshi u nazorat ostidan chiqib ketmay turib, hozir kurashishga” chaqirdi.
Toshkent shahri va Samarqand viloyatida fuqarolarni AQSh, Kanada va Fransiyaga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga olindi. Ular xizmatlari uchun 32 ming dollargacha pul talab qilgan.
Samarqanddan Urganchga olib borilgan sement qoplaridan 9,7 kilogramm opiy topildi. Ma’lum bo‘lishicha, giyohvandlik moddasi Tojikistondan olib o‘tilgan.
Toshkent shahrida havoning PM2,5 zarralari bilan ifloslanganlik darajasi ertalab JSST tavsiya qilgan me’yordan 21 baravar oshib ketgandi (104,8 mkg/m3). Kunning ikkinchi yarmida boshlangan yomg‘irdan keyin havo sifati “zararli"dan “o‘rtacha” darajaga ko‘tarildi va PM2,5 ko‘rsatkichi 30 dan pastga tushdi.
Prezident SANY kompaniyasining Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurish bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u CSG rahbariyati bilan energetik xavfsizlikni ta’minlash va energiya tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish standartlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.
Saudiya Arabistonida uzoq yillardan beri ilk bor spirtli ichimliklar do‘koni ochiladi. U yerda musulmon bo‘lmagan davlatlarning diplomatlari ichimlik sotib olishi mumkin bo‘ladi. Shu orqali rasmiylar diplomatik vakolatxonalar pochta orqali keladigan spirtli ichimliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashmoqchi.
Shavkat Mirziyoyev va BYD kompaniyasi prezidenti Van Chuanfu Jizzax viloyatida yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha loyihani ishga tushirishga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Kompaniya Shavkat Mirziyoyevga YANGWANG U8 avtomobilini hadya qildi.
Toshkentlik qo‘shiqchi Laylo Rixsiyeva (Laylo)ning ekologik muammolarga bag‘ishlangan “Home” klipi internetda tez mashhur bo‘ldi. “Gazeta.uz” u bilan qo‘shiq qanday yaratilgani, videodagi kadrlarda nima haqda so‘z borgani, shuningdek, uning bastakor Yunus Rajabiy bilan qanday bog‘liqligi borligi to‘g‘risida gaplashdi.
Ekologiya vazirligi Toshkent viloyatidagi issiqxonalarda havoni ifloslantiruvchi gazlarni tozalash qurilmalari mavjudligini tekshirmoqda. Poytaxt atrofida 1314 gektar maydonda 631 ta issiqxona faoliyat yuritayotgani, ularning 60 foizi ko‘mirdan foydalanayotgani haqida avval xabar bergandik.
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi. O‘zbekistonda 2024-yilda umumiy inflyatsiya 8−9 foiz, YAIMning real o‘sishi 5,5−6 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu borada “Toshkent invest kompaniyasi” va Beijing North Bartholet Ropeway Technology o‘rtasida shartnoma imzolandi. Loyiha jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi, ularning tavsiyalari va takliflari kompaniya loyiha ofisiga yuborilishi aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting