O‘zbekistonda faktoring xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha farmon imzolandi. Asosiy ma’lumotlar
14 avgust 2024, 16:51

O‘zbekistonda faktoring xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha farmon imzolandi. Asosiy ma’lumotlar

Prezident faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirishga oid farmon imzoladi. 2025-yildan kredit tashkilotlari faktoring shartnomalari bo‘yicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sota (refaktoring) oladi, mijoz kontragenti norezident bo‘lsa, operatsiyalarni xorijiy valyutada qilishga ruxsat etiladi.

Omonatlarning kafolatlangan miqdorini 200 mln so‘mgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu nima uchun kerak?
14 avgust 2024, 16:40

Omonatlarning kafolatlangan miqdorini 200 mln so‘mgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu nima uchun kerak?

O‘zbekiston dunyoda 100 foiz omonat kafolati hali ham amal qiladigan kam sonli davlatlardan biridir. Markaziy bank kafolat chegarasini 200 mln so‘m etib belgilashni, kompensatsiya berish muddatini qisqartirishni va boshqalarni taklif qilmoqda. To‘liq kafolat avval ochilgan depozitlar uchun saqlanib qoladi.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test 19−20-avgustda bo‘lib o‘tadi
14 avgust 2024, 15:56

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test 19−20-avgustda bo‘lib o‘tadi

Xorijiy va xususiy oliygohlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19−20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Sinovlar 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi.

Oyoqyalang yurishning qanday foydalari bor?
14 avgust 2024, 15:17

Oyoqyalang yurishning qanday foydalari bor?

Miya faoliyati va uyquni yaxshilaydi, yallig‘lanishlar va surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi, immunitetni oshirib, stressni kamaytiradi, infeksiyalarning oldini oladi — yalangoyoq yurishning 6 ta eng muhim foydasi haqida.

Yaponiya bosh vaziri yangi muddat uchun nomzodini ko‘rsatmaydi
14 avgust 2024, 15:03

Yaponiya bosh vaziri yangi muddat uchun nomzodini ko‘rsatmaydi

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida 2024-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan hukmron partiya raisi saylovlarida ikkinchi muddatga nomzodini ko‘rsatmaydi va shu tariqa hukumat rahbari lavozimini tark etadi. Bunday qarorni u qator siyosiy mojarolar fonida qabul qildi.

Orient Group Management va UzOman kompaniyalariga nisbatan monopoliyaga qarshi ish ochildi
14 avgust 2024, 14:40

Orient Group Management va UzOman kompaniyalariga nisbatan monopoliyaga qarshi ish ochildi

Raqobat qo‘mitasi Orient Group Management va O‘zbekiston-O‘mon investitsiya kompaniyasiga (UzOman) qarshi ish qo‘zg‘atdi, ularning har biri Highway Logistics Center aksiyalarining 45 foizdan ortig‘iga egalik qilishi aniqlandi. Kompaniyalar monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzgani uchun jarimaga tortildi.

Olimpiadachi Sitora Turdibekovaga 1 xonali uy sovg‘a qilindi
14 avgust 2024, 13:04

Olimpiadachi Sitora Turdibekovaga 1 xonali uy sovg‘a qilindi

Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan bokschi Sitora Turdibekovaga 1 xonali uy sovg‘a qilindi. Hokimlikning “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, xonadon tadbirkor tomonidan berilgan. Sportchi jinsi bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan tayvanlik bokschi Lin Yu Ting bilan jang qilib, yutqazgandi.

“Andijon” klubi futbolchisi “Bunyodkor” stadionida Milliy gvardiya xodimi bilan mushtlashdi
14 avgust 2024, 12:25

“Andijon” klubi futbolchisi “Bunyodkor” stadionida Milliy gvardiya xodimi bilan mushtlashdi

“Andijon” futbol klubi a’zosi Marlen Chobanov “Bunyodkor” stadionida Milliy gvardiya xodimi talabiga bo‘ysunmay, u bilan janjallashdi. Futbolchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Prezident Hyundai Rotem (Janubiy Koreya) tezyurar poyezdlarini xarid qilish loyihasining TIA parametrlarini tasdiqladi
14 avgust 2024, 11:57

Prezident Hyundai Rotem (Janubiy Koreya) tezyurar poyezdlarini xarid qilish loyihasining TIA parametrlarini tasdiqladi

Prezident Janubiy Koreyadan oltita tezyurar Hyundai Rotem elektropoyezdini xarid qilish loyihasining texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqladi. Koreyaning Eksimbanki 40 yil muddatga 185,18 mln yevro miqdorida ancha qulayroq kredit ajratadi. Loyihaning o‘zini oqlash muddati 25 yilga baholanmoqda.

Qashqadaryoda basseynda cho‘milishga borgan 18 yoshli yigit tok urishi oqibatida vafot etdi
14 avgust 2024, 11:06

Qashqadaryoda basseynda cho‘milishga borgan 18 yoshli yigit tok urishi oqibatida vafot etdi

Qarshi tumanida 18 yoshli yigitni suzish havzasi hududida tok urdi. Oqibatda u shifoxonaga yetmasdan vafot etdi. Ochilganiga 2 oy bo‘lgan basseyn faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Qirqqa yaqin tadbirkor orden va medallar bilan taqdirlandi
14 avgust 2024, 10:55

Qirqqa yaqin tadbirkor orden va medallar bilan taqdirlandi

Prezident Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini, jumladan, 37 kishini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Ularga “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari va “Kelajak bunyodkori” hamda “Shuhrat” medallari berildi (ro‘yxat).

Prezident 100 dan ortiq ishbilarmonni “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi
14 avgust 2024, 10:39

Prezident 100 dan ortiq ishbilarmonni “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar kuni oldidan 104 nafar ishbilarmonni “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha farmoyish chiqardi (ro‘yxat).

Samarqandda YTH oqibatida 4 yoshli bola halok bo‘ldi
14 avgust 2024, 10:07

Samarqandda YTH oqibatida 4 yoshli bola halok bo‘ldi

Jomboy tumanida Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi 4 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda bola tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘ldi.

Donald Tramp X tarmog‘ida Ilon Maskka intervyu berdi
14 avgust 2024, 03:22

Donald Tramp X tarmog‘ida Ilon Maskka intervyu berdi

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp milliarder Ilon Maskka intervyu berdi. Suhbat Maskning X platformasida bo‘lib o‘tdi va texnik muammolar tufayli 40 daqiqa kechikish bilan boshlandi. Siyosatchi va biznesmen turli mavzularni muhokama qildi, shuningdek, “bir-birlariga maqtov yog‘dirdi”.

Olimlar Mars yuzasi ostida suyuq suv borligini aniqladi
14 avgust 2024, 02:42

Olimlar Mars yuzasi ostida suyuq suv borligini aniqladi

Mars sathidan pastda (11,5 dan 20 kilometrgacha) juda katta suyuq suv zaxirasi bo‘lishi mumkin. Amerikalik olimlar NASA’ning InSight Lander zondi tahlili asosida shunday xulosaga keldi.

Rossiya yil oxirida yangi safarbarlik amalga oshirishi mumkin — Bloomberg
14 avgust 2024, 02:13

Rossiya yil oxirida yangi safarbarlik amalga oshirishi mumkin — Bloomberg

Rossiya hukumati og‘ir yo‘qotishlar fonida askarlar yetishmasligi sababli joriy yilning oxirlaridayoq yangi safarbarlik o‘tkazishi mumkin, deb yozdi Bloomberg. Armiyaga qo‘shilganlik uchun bonuslarni oshirish yordam bermayapti.

Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etildi
14 avgust 2024, 01:36

Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etildi

Prezident topshirig‘iga asosan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish maqsadida shu yo‘nalishdagi federatsiyalarni o‘z ichiga olgan Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etildi. IHMA direktorining o‘rinbosarlari tashkilot tuzilmalaridagi mas’ul lavozimlarga saylandi.

Xizmat ko‘rsatish joylarini sotib olish uchun “xizmat ipotekasi” joriy qilinadi — prezident
14 avgust 2024, 01:02

Xizmat ko‘rsatish joylarini sotib olish uchun “xizmat ipotekasi” joriy qilinadi — prezident

Prezident xizmat ko‘rsatish joylarini sotib olish uchun alohida kredit turi yo‘lga qo‘yilishini aytdi. U mutasaddilarga “xizmat ipotekasi"ni joriy qilib, kredit ajratishni boshlashni topshirdi.

Namanganda mulkiy nizo sabab qarindoshi va uning ikki bolasini o‘ldirgan erkak ushlandi
14 avgust 2024, 00:25

Namanganda mulkiy nizo sabab qarindoshi va uning ikki bolasini o‘ldirgan erkak ushlandi

Namangan viloyati Pop tumanida mulkiy nizo kelib chiqqan janjalda qarindosh ayol va uning ikki nafar yosh bolasini pichoqlab o‘ldirgan erkak qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan yana bir ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
14 avgust 2024, 00:03

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan yana bir ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Firibgarlikda ayblanib 2022-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Dilafruz Madiyeva Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rganlar Bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting