Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish yuzasidan shartnoma bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda ekanini ta’kidladi. “Shartnoma yuzasidan ishlar ancha qizg‘in davom etmoqda, umuman olganda, biz shartnoma imzolashdan yiroqda emasmiz”, — dedi u.
O‘zbekistonda “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirilib, uning doirasida jahonda mashhur 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinadi. Ekspertlar kengashi har yili kitoblarning dastlabki ro‘yxatini shakllantiradi, aholi bu ro‘yxatdan ovoz berish yo‘li orqali yakuniy ro‘yxatni shakllantirib beradi.
Urgut tumanida fuqaro 50 sotix yerni 97 ming dollarga noqonuniy sotishda gumonlanib ushlandi. Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali xodimi esa ushbu yer uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 500 dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.
Transport vazirligi poytaxtda avtobusning yengil transportga nisbatan samaradorligi 135 barobarni tashkil etayotganini ma’lum qildi. Tahlillarga ko‘ra bitta yengil avtotransport vositasida bir kunda o‘rtacha 4,3 nafar, bitta avtobusda esa o‘rtacha 580 nafar yo‘lovchi tashilmoqda.
Poytaxtning Uchtepa, Yakkasaroy, Bektemir tumanlaridagi arim hududlarda gaz ta’minoti 29 va 30-noyabr kunlari 6−8 soatga to‘xtatiladi.
Toshkent metrosining “Qo‘yliq” bekatida erkak o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashladi. Oqibatda u voqea joyida halok bo‘ldi.
Urganch ko‘chalarida jamoat transporti uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi. Shahardagi Tinchlik ko‘chasining bir qismida avtobus yo‘lagi ishga tushdi.
Nuriddin Mamajonov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.
O‘zbekistonda “AGMK” bilan o‘yindan bir kun oldin “yuqori martabali noma’lum shaxslar” “Al-Ittihod” futbolchisi Karim Benzemaning mehmonxonadagi xonasi eshigini taqillatdi, deya xabar bermoqda Championat.Asia. Shundan so‘ng “Real”ning sobiq hujumchisi xavfsizligi kuchaytirildi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan endi mehmon uyi, xostel, o‘tovli va chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan shaxs davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.
Senat qo‘mitasi yig‘ilishida salkam 3 yilda 30 kishi qimmatbaho metallar qazib olish jarayonida vafot etgani ma’lum qilindi. Bunga xavfsizlik talablariga rioya etilmagani sabab bo‘lgan. Toshkent, Namangan, Jizzax, Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlarida noqonuniy qazib olish holatlari ko‘paymoqda.
Ichki ishlar vazirligi huquq-tartibot idoralari xodimlarining faoliyatiga oid foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jarima va 15 sutkagacha qamoq jazosini joriy etishni taklif qilmoqda. Deputat Doniyor G‘aniyev bunday tuzatishga qarshi chiqdi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Turkmanistondan gaz import qilish bilan parallel ravishda uzoqroqda bo‘lgan Rossiyadan ham gaz import qilayotgani haqida gapirib, masalaning siyosiy oqibatlariga izoh berdi. “Siyosiy omillarga bog‘lash noto‘g‘ri deb o‘ylayman, bu tijoriy munosabatlar”, dedi u.
Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha xizmatlar uchun 3500 so‘mdan 5000 so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi yangi to‘lov tariflari belgilandi. Respublikaning boshqa hududlarida ham yangi tariflarni joriy etish rejalashtirilmoqda.
Buvayda tumanidan o‘tuvchi Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lida Cobalt, Nexia-2, Tico va Hyundai Porter avtomobillari to‘qnashdi. Voqeaga haydovchilarning qalin tuman tushgan vaqtda oraliq masofani saqlay olmagani sabab bo‘ldi, ulardan biri shifoxonaga murojaat qildi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Shaxrux Sharaxmetov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, Toshkent shahridagi 99-maktabda o‘qigan 8-sinf o‘quvchisining o‘limiga elektr toki urishi sabab bo‘lgan. Avvalroq Maktab boshqarmasi o‘quvchi elektr tokidan jarohat olmaganini ma’lum qilgandi, bir muddat o‘tib, xabarning bu qismi o‘chirib tashlandi.
Deputatlar qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarima ballari joriy etish belgilangan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilishdi. Ushbu norma bilan jarima ballari 1 yilda 12 balldan oshsa haydovchi haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi. Tizim aslida 2022-yil 1-dekabrda ishga tushishi kerak edi.
Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, atrof tabiiy muhitni normativdan ortiq darajada ifloslantiruvchi korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyati o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklanadi hamda to‘xtatib turiladi.
Tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktab o‘quvchisi tok urishi oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Maktab boshqarmasi buni rad etib, o‘quvchi maktabda hushini yo‘qotgani va ko‘rsatilgan yordamga qaramay, kardiologiya markazida vafot etganini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting