O‘zbekiston milliy termasi o‘yinlarida bukmekerlik kompaniyasi reklama qilingani O‘zbekistonda muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonda futbol uchrashuvlarida bukmekerlar birinchi marta reklama qilinmayapti, ammo bu qadar shov-shuvli holatning rasmiylar tomonidan e’tiborsiz qoldirilishi birinchi marta kuzatildi
Avstriyaning Raiffeisen Bank International guruhining Rossiyadagi sho‘basi “Rayffayzenbank” mijozlari oluvchi bank O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlarda joylashgan bo‘lsa, yevroda chiquvchi to‘lovlarni amalga oshira olmaydi.
Qirg‘iziston Qozog‘iston va Rossiya bilan o‘z fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini almashish bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Mamlakatlar, xususan, fuqarolik, fuqarolarning ko‘chmas mulki va ularning sudlanganlik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashadi.
O‘zbekistonda 5 oy davomida gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,8 foizga kamaydi. Ko‘rsatkich ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda — may oyida u 11,2 foizga kamaygandi. May oyidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish rekord darajadagi o‘sishni qayd etdi.
Toshkentda Lacetti haydovchisi piyodalar o‘tish joyida 9 yoshli velosipedchini urib yubordi. Bola shifoxonaga yotqizildi.
1-iyuldan poytaxtda davlat tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi. Endi aholi shifoxonada davolanish uchun yo‘llanmani oilaviy shifokor ko‘rigidan o‘tgach, elektron tarzda oladi. Shuningdek, kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori-darmonlar paketi bepul taqdim etiladi.
Yozyovon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida o‘tkazilgan 1 mlrd 38 mln so‘mlik davlat xaridi jarayonda ishtirok etgan 2 ta korxona ta’sischisi er-xotin bo‘lgani sababli bekor qilindi. Xarid komissiyasi affillanganlik holatiga baho bermagan va tanlovni bekor qilish chorasini ko‘rmagan.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy korxonalar sonidagi ulushi 27 foizni tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlarining esa 30 foizi ishlamayapti. 2022-yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 6 va 7 foizni tashkil etgan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri, elchi, SHHT bosh kotibi lavozimlarida ishlagan Vladimir Norov 45 yillik faoliyatidan so‘ng nafaqaga chiqdi. Diplomat 2022-yil dekabridan buyon Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.
O‘zbekistonda 2030-yil yakunigacha iste’molchilarga suv yetkazib berish hamda suvning hisobini yuritish funksiyasi bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkaziladi.
Termiz-Sariosiyo yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezd qo‘riqlanmaydigan kesishmadan o‘tayotgan “Jiguli”ni urib ketdi. Voqeaga avtomobil haydovchisining e’tiborsizligi sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida jarohati olganlar yo‘q.
Tarix fanlari doktori, faxriy jurnalist Qudrat Irnazarov 73 yoshida vafot etdi. Professor 2008-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahri sudi mushukni tiriklayin yoqib yuborgan 3 erkakni hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda va ulardan birini zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi kontent tarqatganlikda aybdor deb topdi. Ular 3, 5 va 7 sutkaga qamaldi.
Shahrisabz tumanida magnitudasi 3,4 ga teng bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi.
Andijon va Toshkent viloyatlarida ikki ayol 4 nafar qizni Turkiya va BAAga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.
Berlin Economics mustaqil konsalting kompaniyasi maslahatchisi Veronika Movchan JSTga qo‘shilmagan mamlakatlarning import bojlari rejimiga ega bo‘lishi ma’muriy jihatdan foydasiz ekanini ta’kidladi. Bojlar 80 foizga kamaytirilsa, YAIMning har yili 0,4% ko‘proq o‘sishi ta’minlanadi, dedi ekspert.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani bo‘limi boshlig‘ining xizmat mashinasi 2 ta avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Bo‘lim boshlig‘i va haydovchilardan biri yengil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Yangihayot tumanida 34 yoshli quruvchi tunda 12-qavatdan qulab, halok bo‘ldi. Voqeaga qurilish qoidalariga amal qilinmagani sabab bo‘lishi mumkin.
2023/2024 o‘quv yilida kontrakt kvotalari 1 foizga, grantniki esa 10 foizga oshdi. Bunda 10 foiz ko‘proq yoshlarning grant asosida o‘qishiga imkoniyat yaratilyapti, deya ta’kidladi Oliy ta’lim vazirligi departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov.
Toshkent viloyati Bekobod shahrida tovlamachilikda ayblanib qo‘lga olingan 23 yoshli yigit vaqtincha saqlash hibsxonasida o‘zini osmoqchi bo‘ldi, uni kameradoshlari qutqarib qoldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting