Xiaomi birinchi elektromobilini namoyish etdi
16 noyabr 2023, 09:45

Xiaomi birinchi elektromobilini namoyish etdi

Xiaomi o‘zining birinchi elektromobili — Beijing Xiaomi SU7`ni namoyish etdi. Panorama oynali tomga ega, besh o‘rindiqli ushbu modelning yana bir necha versiyalari bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi
16 noyabr 2023, 09:41

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Payshanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida gazni qayta ishlash, gidroenergetika, qishloq xo‘jaligi, ichimlik suvi ta’minoti masalalariga e’tibor qaratiladi.

17−19-noyabr kunlari Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yopiladi
15 noyabr 2023, 22:44

17−19-noyabr kunlari Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yopiladi

Davlat bayrog‘i kuni bag‘ishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalar 17−19-noyabr kunlari yopiladi.

Fransiya Suriya prezidentini hibsga olishga order berdi
15 noyabr 2023, 22:30

Fransiya Suriya prezidentini hibsga olishga order berdi

Fransiya sudi Suriya prezidenti Bashar Asadni hibsga olishga xalqaro order berdi. U 2013-yilda kimyoviy qurol qo‘llash bilan bog‘liq insoniyatga qarshi jinoyatda ayblanmoqda.

O‘zbekistonda elektr tariflari oshgani tadbirkorlarning quyosh panellarini o‘rnatishini tezlashtirdi
15 noyabr 2023, 21:56

O‘zbekistonda elektr tariflari oshgani tadbirkorlarning quyosh panellarini o‘rnatishini tezlashtirdi

Tadbirkorlar elektr energiyasi tariflari oshirilganidan so‘ng o‘z obyektlariga quyosh panellarini tezroq o‘rnata boshladi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Shuningdek, u panellalarni o‘rnatishda to‘siqlar mavjudligi haqida Qonunchilik palatasida aytilgan gaplarni rad etdi.

“O‘zbekiston uchun kuchayib borayotgan qum va chang bo‘ronlari muammosi har qachongidan ham dolzarbdir” — ekologiya vaziri
15 noyabr 2023, 21:16

“O‘zbekiston uchun kuchayib borayotgan qum va chang bo‘ronlari muammosi har qachongidan ham dolzarbdir” — ekologiya vaziri

O‘zbekiston uchun kuchayib borayotgan qum va chang bo‘ronlari muammosi har qachongidan ham dolzarbdir, dedi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov. Shuningdek, Markaziy Osiyo va Xitoy bugungi kunda atmosferaga chang chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda ekani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda energetik ichimliklarga aksiz solig‘ini joriy etish taklif qilinmoqda
15 noyabr 2023, 19:10

O‘zbekistonda energetik ichimliklarga aksiz solig‘ini joriy etish taklif qilinmoqda

Deputat Oltinoy Ma’mirova O‘zbekistonda energetik ichimliklar uchun alohida aksiz solig‘ini joriy etishni taklif qildi. U 1-apreldan shirin gazlangan ichimliklar uchun taklif qilingan litri uchun 500 so‘m aksiz solig‘idan 10 baravar yuqori bo‘ladi. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov uning taklifini ma’qulladi.

Chirchiq yaqinida egasiz itlar uchun “Hayot” boshpanasi filiali quriladi
15 noyabr 2023, 18:38

Chirchiq yaqinida egasiz itlar uchun “Hayot” boshpanasi filiali quriladi

Toshkent viloyati hokimiyati egasiz itlar saqlanadigan “Hayot” boshpanasining yangi filiali uchun Chirchiq chetidan qariyb 2 gektar yer ajratdi. Qurilishga Milliy gvardiya yordam beradi. Avvalroq “Hayot” qarzlar tufayli hayvonlarni qabul qilishni to‘xtatmoqchi bo‘lgan edi.

Toshkent viloyati hokimining 2 o‘rinbosari va Yuqori Chirchiq hokimiga xizmat mashinalari olishga 1,3 mlrd so‘m ajratildi
15 noyabr 2023, 18:35

Toshkent viloyati hokimining 2 o‘rinbosari va Yuqori Chirchiq hokimiga xizmat mashinalari olishga 1,3 mlrd so‘m ajratildi

Zoyir Mirzayev o‘zining ikki o‘rinbosari va Yuqori Chirchiq hokimiga BYD xizmat mashinalarini xarid qilish uchun 1 mlrd 336,5 mln so‘m ajratish to‘g‘risida farmoyish chiqardi. Hokimlik avtotransportlarni almashtirishga ehtiyoj ulardan 5 yildan ortiq foydalanilgani sababli tug‘ilganini bildirdi.

Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik yengillashtiriladimi?
15 noyabr 2023, 17:37

Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik yengillashtiriladimi?

Avvalroq Qonunchilik palatasi XDP fraksiyasi drondan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqqanini xabar qilgandi. “Gazeta.uz” e’tibor qaratgach, palata spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev jazo yengillashtirilayotgani va xabar tahrirlanganini ma’lum qildi.

Toshkentdagi “Baland” masjidining tarixiy binosi saqlab qolinadi — hokimlik
15 noyabr 2023, 17:24

Toshkentdagi “Baland” masjidining tarixiy binosi saqlab qolinadi — hokimlik

Shayxontohur tumanidagi “Baland” masjidining tarixiy binosi yangi quriladigan masjid bilan o‘rab olinadi. Hokimlik bunday “konservatsiya” yondashuvini kelgusida tarixiy ahamiyatga ega boshqa diniy obyektlarda ham qo‘llash rejalashtirilganini qayd etdi.

Kompromatuzb ishi bo‘yicha sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi
15 noyabr 2023, 16:56

Kompromatuzb ishi bo‘yicha sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Kompromatuzb ishi bo‘yicha 7 yilga qamalgan Xurshid Daliyev va Siyovush Hoshimovning apellyatsiya shikoyatlari qanoatlantirilmasdan qoldirildi. Ushbu ajrimdan norozi taraflar Oliy sudga kassatsiya tartibida shikoyat berishi mumkin.

O‘zbekiston birinchi xonimi Turkiyada “Falastin uchun yagona yurak” sammitida ishtirok etadi
15 noyabr 2023, 15:48

O‘zbekiston birinchi xonimi Turkiyada “Falastin uchun yagona yurak” sammitida ishtirok etadi

Istanbulda Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdog‘an raisligida “Falastin uchun yagona yurak” sammiti o‘tkaziladi. Unda qator davlatlar yetakchilarining rafiqalari, shu jumladan O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ham ishtirok etishi va nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Samarqand viloyatida “CRIC-21 yashil bog‘i” tashkil etildi
15 noyabr 2023, 14:58

Samarqand viloyatida “CRIC-21 yashil bog‘i” tashkil etildi

BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi ijrosiga bag‘ishlangan sessiya ishtirokchilari Samarqand viloyatida 1000 tup ko‘chat ekdi. Bu hudud “CRIC-21 yashil bog‘i” deb nomlandi.

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston Yevropaga “yashil” energiya eksport qilishni rejalashtirmoqda
15 noyabr 2023, 14:14

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston Yevropaga “yashil” energiya eksport qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston “yashil” energiyani Yevropaga eksport qilish loyihasi istiqbollarini muhokama qildi. Buning uchun qo‘shma korxona tashkil etilishi mumkin. Loyiha uch mamlakat iqtisodiyoti va energetika tizimlari aloqalarini mustahkamlaydi, dedi investitsiyalar vaziri Laziz Kudratov.

Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda
15 noyabr 2023, 13:02

Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilindi. Jazo choralari qat’iy belgilangan bo‘lsada, ushbu toifadagi jinoyatlar soni yildan yilga ko‘payib borayotgani aytilgan.

Isroil G‘azo sektoridagi “Al-Shifo” tibbiyot majmuasida operatsiya boshladi
15 noyabr 2023, 12:54

Isroil G‘azo sektoridagi “Al-Shifo” tibbiyot majmuasida operatsiya boshladi

Isroil mudofaa kuchlari G‘azodagi eng yirik “Al-Shifo” tibbiyot majmuasida HAMASga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Isroil askarlari shifoxonaga kirgan va tutunli granata otgan bo‘lishi mumkin. Ular kasalxonadan yerosti boshqaruv posti uchun qalqon sifatida foydalanilayotganini aytmoqda. HAMAS buni rad etdi.

Universalbank va Humo rahbarlari — foydalanuvchilar kartalaridan pul o‘g‘irlangani haqida
15 noyabr 2023, 12:33

Universalbank va Humo rahbarlari — foydalanuvchilar kartalaridan pul o‘g‘irlangani haqida

Universalbank kuzatuv kengashi rahbari Anvar Irchayev 7 kishi kartalaridagi pul o‘g‘irlangani bo‘yicha ariza bilan murojaat qilganini ta’kidladi. Gap 300 mln so‘m haqida ketmoqda. Hozirda huquq-tartibot idoralari pul o‘tkazilgan kartalar foydalanuvchilarini aniqlamoqda. Humo rahbari ham vaziyatga izoh berdi.

SSV “Antistrumin” voqeasi “peredozirovka” ekanini 100 foiz tan oladi — Amrillo Inoyatov
15 noyabr 2023, 12:24

SSV “Antistrumin” voqeasi “peredozirovka” ekanini 100 foiz tan oladi — Amrillo Inoyatov

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov sentabrda bolalar yod tarkibli “Antistrumin” dorisidan ommaviy zaharlangani haqida gapirib, preparatni berishda doza oshirib yuborilganini tan oldi. Avvalroq uning o‘rinbosari Elmira Bositxonova holat sababi dori emas, O‘RVI bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.

“Ko‘mir ta’minot” Toshkent viloyati boshlig‘i $50 ming pora olishda gumonlanmoqda
15 noyabr 2023, 12:02

“Ko‘mir ta’minot” Toshkent viloyati boshlig‘i $50 ming pora olishda gumonlanmoqda

“Ko‘mir ta’minot” korxonasining Toshkent viloyati filiali boshlig‘i 50 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda. U fuqaroga ishga kirishda yordam berish uchun pul olayotganda ushlandi. Shuningdek, korxonaning Samarqanddagi omborlari mudirlari 2 ming tonnadan ortiq ko‘mirni talon-toroj qilgani aniqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting