Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yugurish musobaqasi sababli vaqtincha yopiladi
17 may 2023, 13:09

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yugurish musobaqasi sababli vaqtincha yopiladi

Toshkent shahrida “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi sababli 20−21-may kunlari poytaxtdagi bir qator ko‘chalar avtotransportlar harakati uchun vaqtincha yopiladi.

JSST tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chaqiradi
17 may 2023, 13:08

JSST tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chaqiradi

JSST tibbiyotda ChatGPT, Bard va shunga o‘xshash platformalar bilan ishlashda xavflarni o‘rganishga chaqirdi. Tashkilot, ayniqsa, sun’iy intellektga ega chatbotlar tomonidan yaratilishi mumkin bo‘lgan yolg‘on ma’lumotlardan xavotirda.

O‘zbekistonda “yashil energiya” sertifikatlari joriy etiladi
17 may 2023, 11:48

O‘zbekistonda “yashil energiya” sertifikatlari joriy etiladi

O‘zbekistonda elektr energiyasining qayta tiklanuvchi manbalardan foydalangan holda ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi “yashil energiya” sertifikatlari tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Sertifikatlar erkin muomalada bo‘ladi va bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazilishi mumkin.

Toshkentda guruh bo‘lib odam o‘g‘irlagan va pullarini olib qo‘ygan 4 nafar shaxs qamaldi
17 may 2023, 11:12

Toshkentda guruh bo‘lib odam o‘g‘irlagan va pullarini olib qo‘ygan 4 nafar shaxs qamaldi

Olmazor tumanida odam o‘g‘irlash, bosqinchilik va boshqa jinoyatlarni sodir etgan 4 nafar sudlanuvchi 13,5 yildan 15 yilgacha bo‘lgan muddatlarga qamaldi. Ular YPX xodimi kiyimida fuqaroni o‘g‘irlab, pullarini olib qo‘ygan, shuningdek, o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Qozog‘istondagi YTHda 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
17 may 2023, 10:43

Qozog‘istondagi YTHda 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Toyota va Lacetti avtomobillari to‘qnashishi oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Yana 6 kishi shifoxonaga yetkazildi. Mamlakat IIV holat yuzasidan tergov harakatlari boshlanganini bildirdi.

Maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish bo‘yicha 5 yillik dastur ishlab chiqiladi
17 may 2023, 10:11

Maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish bo‘yicha 5 yillik dastur ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqiladi. Prezident mutasaddilarga ta’lim sifatini yaxshilash, davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 430 — 11 475 so‘m etib belgilandi
17 may 2023, 10:03

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 430 — 11 475 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 17-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 415 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 430 — 11 475 so‘m.

Farg‘onada xandaq qaziyotgan ishchini tuproq bosib qoldi
17 may 2023, 09:21

Farg‘onada xandaq qaziyotgan ishchini tuproq bosib qoldi

Yozyovon tumanida xandaq qaziyotgan ishchini tuproq bosib qoldi. Fuqaroga FVB xodimlari yordam ko‘rsatdi. Voqeaga ishchining xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

O‘zbekistonliklarning narxlar sun’iy oshirilishiga bo‘lgan xavotiri keskin oshdi
16 may 2023, 22:16

O‘zbekistonliklarning narxlar sun’iy oshirilishiga bo‘lgan xavotiri keskin oshdi

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari aprel oyida pasayishda davom etdi, deb xabar berdi Markaziy bank. Shu bilan birga, respondentlar orasida narxlar va ish haqining sun’iy oshirilishini kutilayotgan inflyatsiyaning asosiy omillari deb hisoblovchilar ulushi keskin oshgan.

16-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
16 may 2023, 22:00

16-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda Mastercard`ning vakolatxonasi ochilishi, Nukus voqealari bo‘yicha apellyatsiya sudi, tuman bosh imomligidan bo‘shatilgan “shukurullohdomla”, qo‘lga olingan Hello Tashkent, salam Tashkent guruhi adminlari, metroda yosh qizga shilqimlik qilgan 24 yoshli yigit va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

“So‘z erkinligi borasidagi islohotlarga adekvat baho berish kerak” — prezident matbuot kotibi
16 may 2023, 21:19

“So‘z erkinligi borasidagi islohotlarga adekvat baho berish kerak” — prezident matbuot kotibi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekistonda so‘z erkinligi darajasini izohlab, 2016-yil oxiridan buyon bu boradagi islohotlar natijalariga adekvat baho berish kerakligini aytdi. Komil Allamjonov esa so‘z erkinligi darajasini 5,5 balga baholab, hali qilinadigan ishlar ko‘pligini aytdi.

18−19-may kunlari Sian shahrida “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi
16 may 2023, 20:33

18−19-may kunlari Sian shahrida “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi

18−19-may kunlari Sian shahrida “Xitoy-Markaziy Osiyo” birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etadi.

Korzinka kassalarida kartadan naqd pul yechish xizmati yo‘lga qo‘yildi
16 may 2023, 18:54

Korzinka kassalarida kartadan naqd pul yechish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Markaziy bank “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etilgan Korzinka supermarketlar tarmog‘i kassalarida bank kartalaridan naqd pul yechish xizmati yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Sinov joriy yil 1-noyabriga qadar davom etadi.

O‘zbekiston bo‘ylab muzeylar kuni nishonlanadi
16 may 2023, 18:18

O‘zbekiston bo‘ylab muzeylar kuni nishonlanadi

18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat muzeylari tashrif buyuruvchilarni bepul qabul qiladi. Davlat san’at muzeyida Bahodir Jalolning “Mangulikdagi chiziq” ko‘rgazmasi ochiladi va rassom bilan uchrashuv o‘tkaziladi, Miniatyura muzeyida xattotlik bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tkaziladi.

Toshkentda metroda yosh qizga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi
16 may 2023, 18:09

Toshkentda metroda yosh qizga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi

12-may kuni Toshkent shahrida metro vagoni ichida yosh qizga shahvoniy shilqimlik qilgan yigitga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Uning avval ham ma’muriy javobgarlikka tortilgani sabab jazo yengillashtirilmadi. Yigit 5 sutkaga qamaldi.

Shukrullo Egamberdiyev Toshloq tumani bosh imomligidan bo‘shatildi
16 may 2023, 15:39

Shukrullo Egamberdiyev Toshloq tumani bosh imomligidan bo‘shatildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshloq tumani bosh imomi Shukrullo Egamberdiyevni lavozimidan ozod qildi. Idoraning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, bunga uning so‘nggi 6 oy davomida aholining noroziligiga uchragan videolari sabab bo‘lgan.

YeTTB 2023-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti o‘sishini prognoz qilmoqda
16 may 2023, 15:08

YeTTB 2023-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti o‘sishini prognoz qilmoqda

Markaziy Osiyo davlatlari noqulay geosiyosiy vaziyatga chidamlilik ko‘rsatmoqda. YeTTB prognoziga ko‘ra, mintaqa iqtisodiyoti 2023-yilda 5,2 foizga o‘sadi va kelgusi yilda ham o‘sishda davom etadi.

Uzum ekotizimi kafe, restoran va do‘konlardan Uzum Tezkor yetkazib berish servisini ishga tushirdi
16 may 2023, 15:00

Uzum ekotizimi kafe, restoran va do‘konlardan Uzum Tezkor yetkazib berish servisini ishga tushirdi

Endi Uzum foydalanuvchilari o‘zlarining sevimli muassasalaridan taom buyurtma qilish imkoniyatiga ega. Tez orada do‘konlardan oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish ham mumkin bo‘ladi.

Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqariladigan 14 ta tuman nomi ma’lum bo‘ldi
16 may 2023, 14:50

Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqariladigan 14 ta tuman nomi ma’lum bo‘ldi

Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturi (yo‘l-transport va boshqa infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha) O‘zbekistonning 14 tumanida, jumladan, Toshkentning Chilonzor tumanida ham amalga oshiriladi. 2024-yildan boshlab ushbu dastur butun respublika bo‘ylab joriy etilishi mumkin.

O‘zbekiston Xalqaro velosipedchilar ittifoqi reytingida yuqoriladi
16 may 2023, 14:30

O‘zbekiston Xalqaro velosipedchilar ittifoqi reytingida yuqoriladi

O‘zbekistonda erkaklar va ayollar o‘rtasida velosportning shosse turi bo‘yicha “Oqtosh-Chorvoq Mountain” ko‘p kunlik musobaqasi o‘tkazildi. Unda qatnashgan milliy terma jamoa Xalqaro velosipedchilar ittifoqi reytingida bir necha pog‘onaga ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting