Tunda Toshkentning Sergeli tumanidagi omborxonada kuchli portlashdan so‘ng yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bor. Tarmoqlardagi videolarda uy va boshqa obyektlarga jiddiy zarar yetganini ko‘rish mumkin. Yong‘in qurshab olingan, uni o‘chirish ishlari davom etmoqda (foto, video).
“O‘zbek tomoni shusiz ham O‘zbekistonga oqib turgan suvni qanday olishining Qirg‘izistonga farqi yo‘q”, deya ma’lum qildi mamlakat prezidenti Sadir Japarov. U Farg‘onaga Kampirobod suv omboridan suv quvuri yotqizish rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarga shunday izoh berdi.
“O‘zbek tomoni shusiz ham O‘zbekistonga oqib turgan suvni qanday olishining Qirg‘izistonga farqi yo‘q”, deya ma’lum qildi mamlakat prezidenti Sadir Japarov. U Farg‘onaga Kampirobod suv omboridan suv quvuri yotqizish rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarga shunday izoh berdi.
Prezidentning Germaniyaga tashrifi arafasida O‘zbekistonning yangi elchisi Dilshod Axatov ushbu mamlakatga yetib bordi. U avval Hindistonda elchi bo‘lib ishlagan.
Berlinda Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya davlat rahbarlarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Ularda O‘zbekiston prezidenti ham ishtirok etadi.
Bloger Farhod Mannopov vafoti bo‘yicha jinoyat ishi sudga yuborilgani, “Dok-1 Maks” ishining sud tafsilotlari, “Antistrumin” dorisi mavzusiga chuqur kirmaslikni maslahat bergan SSV rahbari, Vatanga muhabbat haqida gapirgan prezident, “mahalla yettiligi” dasturi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha ayblanuvchilardan biri sud majlisidagi nutqini marhum 65 nafar bolaning oila a’zolariga hamdardlik bildirishdan boshladi. U pora oldi-berdisida vositachilik qilganini tan oldi va hind ishlab chiqaruvchisidan boshlig‘iga 33 ming dollarni qanday yetkazib berganini aytib berdi.
O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari hamda Mayami xalqaro aeroporti (AQSh) marketing bo‘yicha direktori Toshkent va Mayami aeroportlari o‘rtasida muntazam qatnovlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.
Senatning 45-yalpi majlisida farmatsevtika faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, pedogogning maqomi va yer to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Senatorlar Qurolli kuchlar tizimida qonuniylikni ta’minlash hamda ombudsman o‘rinbosarini saylash haqidagi qonunlarni ham muhokama qiladi.
Ichki ishlar vazirligi jinoyat sodir etgan, jinoyat qilishi mumkin bo‘lgan hamda nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ro‘yxatini shakllantirishi mumkin. Buni nazarda tutuvchi qaror loyihasida tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni mutasaddilar tomonidan otaliqqa olish tartibini joriy etish ham belgilangan.
Bloger Farhod Mannopovning vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborildi. Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan ayb e’lon qilingan.
Toshkentda O‘zbekiston, AQSh, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh shtablari boshliqlari mintaqaviy xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.
Uchquduq tumanida Nexia haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, boshqa Nexia bilan to‘qnashdi. Uch nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, ikkala haydovchi ham jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
O‘zbekistonda 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar, Senat, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasiga qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritish huquqi berilishi mumkin.
O‘zbekistonda oktabr oyining birinchi haftasida harorat +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra +13…+18 darajagacha pasayadi. Kechasi va ertalab harorat 0…-3 darajagacha tushishi ham mumkin. Yomg‘ir 4 kundan 8 kungacha kuzatiladi, qisqa muddatga qorga aylanishi ehtimoli bor.
“Yettilik”ga aylangan “mahalla beshligi” tizimi “eshituvchi davlat” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish maqsadida yaratilgan, — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Odamlarning bizga bergan ishonchini oqlaymiz desak, bizni bitta narsa qutqaradi — sadoqat, vatanga muhabbat va fidoyilik”.
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonlik ayollarni tungi kafelarda konsomatrislik bilan shug‘ullanmaslikka chaqirib, bu ish mamlakatdan deport qilinishga sabab bo‘lishidan ogohlantirdi.
O‘tgan haftada UzAuto Motors o‘z avtomobillari uchun shartnomalarni qayta ochdi. Ikki soat ichida 28 ming avtomobil uchun ariza topshirildi. Biroq shartnomalar faqat avtosalonlarda tuzildi, bu esa yana uzun navbatlarni yuzaga keltirdi. Kompaniya bu qarorini olibsotarlarga qarshi kurash bilan izohladi.
O‘zbekistonda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bosqichlari talabalarining nazariy hamda amaliy bilim-ko‘nikmalari inson omilisiz, maxsus robot-simulyatorlar orqali baholanadi.
Mahallalarning boshqaruv xodimlari soni soliqchi va ijtimoiy xodim qo‘shilishi hisobiga 5 tadan 7 taga ko‘paydi. Mahallaning o‘zida 70 dan ortiq masala, jumladan, moddiy yordam va kreditlar hal etiladi. Tizim esa to‘liq raqamlashtiriladi. Shuningdek, mahalla raisining vakolatlari kengayadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting