Namangan viloyati Chust tumanidagi 9 ta bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari va 2 ta maktab o‘quvchilari — 70 dan ortiq bola zaharlanish bilan kasalxonaga yotqizildi. Rasmiy idoralar ular aynan nimadan zaharlanganiga aniqlik kiritmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu yod preparatidan bo‘lishi mumkinligi yozilmoqda.
Qozog‘iston hukumati Rossiyaning “xorijiy agentlar” reyestri muqobili — xorijdan mablag‘ oluvchi shaxslar va tashkilotlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga jurnalistlar, OAV, huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarn vakolatxonalari kirdi. Reyestrdagilar uchun hech qanday cheklovlar qo‘yilmaydi.
22-sentabr — Butunjahon avtomobilsiz kuni. O‘zbekistonda bu sana 2021-yildan buyon nishonlanmoqda. YHXX, Transport hamda Ekologiya vazirliklari shu kuni aholini shaxsiy avtomobil o‘rniga jamoat transporti, velosipeddan foydalanish yoki piyoda yurishni tanlashga chaqirdi.
Qirg‘iziston kinoteatrlarida namoyish etilayotgan barcha xorijiy filmlar 2024-yildan qirg‘izcha subtitrlar bilan namoyish etiladi. Bu chet el filmlarini qirg‘iz tiliga dublyaj qilish masalasidagi “birinchi qadam” bo‘lishi ta’kidlandi.
Inkuzart`dan suvni o‘ylamay sarflashga bag‘ishlangan yangi rasm, jamoatchilik tanqidiga uchragan deputatlar, 7 yashar qizga tegingani uchun 18 yilga qamalgan erkak, Toshkentda ofis ochadigan Visa kompaniyasi, investitsiya jalb etishda yordamladigan Jahon banki kengashi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchayotgan va mast holda samolyot yo‘lovchilariga xalal berib, ulardan birini haqorat qilgan shaxs Toshkent aeroportida qo‘lga olindi. U jarimaga tortildi.
Surxondaryodagi “Boldir” bojxona postida Turkmanistondan kelayotgan poyezd vagonlaridan birini ko‘zdan kechirish chog‘ida 12,7 mlrd so‘mlik 851 ming quti aksiz markasiz sigaretlar aniqlandi.
Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 500 bazis punktga — 30 foizgacha oshirdi. Bu regulyatorga yangi rahbar tayinlaganidan beri asosiy stavkaning to‘rtinchi marta oshirilishi hisoblanadi. Mamlakatda iyul-avgust oylarida inflyatsiya ko‘rsatkichlari kutilganidan yuqori bo‘lgan.
Eron parlamenti “Hijob va iffat to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi, unga ko‘ra ayollar islomiy kiyinish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. BMT ushbu qonunni “gender aparteidining bir shakli” deb atadi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati kengaytirildi. Unga minora kranlari, o‘zgaruvchan tok generatorlari va boshqalar kiritildi.
Oqdaryo tumanida ayol bir yigitdan homilador bo‘lib, buni yaqinlaridan yashirish maqsadida tug‘ilajak farzandini 50 mln so‘mga sotib yubormoqchi bo‘ldi. Sud unga nisbatan 5 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
“Temurbeklar maktabi” imtiyozi sababli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 189 ball to‘plab, kontraktga o‘qishga kirgan 5 talaba prezident grantida o‘qiydi. Yana bir shunday talabaning ham muammosi hal qilingan. “Temurbeklar maktabi” kvotalarini esa alohidalashtirish ishlari olib borilmoqda.
Markaziy Osiyoda 30 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan Visa raqamli to‘lovlar kompaniyasi Toshkentda o‘z ofisini ochdi. Kompaniya rahbarlari mazkur yangilik mamlakatda barcha moliya institutlari va savdo hamda xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun yordamning kuchayishini qayd etdi.
Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev o‘zini uning sektori “Eng tashabbuskor sektor” deb e’tirof etilgani uchun 75 mln so‘m bilan rag‘batlantirish bo‘yicha qaror chiqargandi. Qashqadaryo viloyati hokimi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdimnomasiga binoan bu qarorni bekor qildi.
Yashnobod tumanida 3 ta avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sabab 3 kishi voqea joyida halok bo‘ldi. Yana 5 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Chust tumanida yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishdagi Damas va Labo bilan to‘qnashib ketdi. Besh kishi halok bo‘lgan.
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida 7 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi.
O‘zbekistonda 8 oy davomida 414 kishi ovqatdan zaharlandi, ularning 2 nafari vafot etdi. Kasallanganlarning 81 nafarida botulizm aniqlandi. SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov bunday holatlar bog‘chalarda ko‘proq kuzatilayotganinni qayd etdi.
Qonunchilik palatasi deputalari radarlar masalasini muhokama qilib, tadbirkorlar “tuzoq” qo‘ymasligi kerakligini aytishdi. Jamoat faollari esa “ularning fikrlarini populistik gaplar” deb atab, “haqiqiy va tirik deputatlar” aslida yo‘llardagi o‘limlar sonini kamaytirishni o‘ylashi lozimligini ta’kidlashdi.
DXX 3 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Ulardan birida samarqandlik shaxs mansabdor tanishlari orqali davlat zaxirasidagi 1 gektar yerni $159 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani aytildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting