1-oktabrdan yirik korxonalar, budjet tashkilotlari, kompaniyalar va boshqa yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi. Tariflar aholi uchun o‘zgarishsiz qoldi. Shuningdek, gaz “zapravka”larda 6 oy davomida narxni 3250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha choralar ko‘riladi.
“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yildagi 2-mavsumiga ovoz berish 16-sentabrda yakunlandi. Jami 1187 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1,4 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltiriladi. G‘olib bo‘lgan hududlarda yashovchilar g‘alabani bayram bilan nishonlashmoqda.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, Markaziy Osiyo va AQSh prezidentlarining bo‘lajak sammiti “hech bir davlatga qarshi qaratilmagan”. “Bu biz ishlashni istagan mamlakatlar bilan ijobiy kun tartibi haqida”, dedi u.
DXX Surxondaryo viloyatida 9,3 kg narkotik moddaning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi.
Mamlakatda harbiy fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan iste’fodagi general-mayor, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi professori Aleksandr Shishlyannikov vafot etdi. U 1993−1995-yillarda Tojikiston birinchi mudofaa vaziri lavozimida vaqtincha ishlagan.
Ertalab nonushtaga mazali va to‘yimli nimalar tayyorlasa bo‘ladi? Shokoladli sirnik, avokado va tuxumli tost, turkcha menemen, pishloq, ismaloq va tuxumli sloykalar, quymoq, pishloq hamda kolbasali grenka va boshqalar. Zira.uz ularning retseptlarini taqdim etadi.
Syurix shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Uning natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhida Ispaniya, Kanada va Mali jamoalari bilan kuch sinashadi.
Toshkentdagi 51 xonali, bog‘lar, hovuzlar va boshqa binolari bo‘lgan hashamatli uyni MOB Group onlayn auksionda 33,3 mlrd so‘mga sotib oldi. Fevralda Harbiy sud ijro varaqasi va MIB inspektori qarori asosida sotuvga qo‘yilgan uyga kim egalik qilganini aniqlashning imkoni bo‘lmadi.
Markaziy Osiyodagi suv taqchilligi haqida gapirgan Mirziyoyev, banklar va tadbirkorlik subyektlariga valyuta operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar, eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantirilishi, Xidirnazar Allaqulov bilan uchrashgan G‘arb diplomatlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
O‘zbekistonda valyuta operatsiyalariga qo‘yilgan talablar kuchaytirilmoqda. Tadbirkorlik subyektlarining valyuta operatsiyalari faqat asosiy hisobvaraq ochilgan banklar orqali amalga oshiriladi. Konvertatsiya uchun milliy valyutadagi mablag‘larni boshqa banklardagi ikkilamchi hisobvaraqlariga o‘tkazish ham taqiqlanadi.
Sakkizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, Koreya madaniyati festivali, yarmarka va ko‘rgazmalar, “SAHNA” Stend Up club`dagi chiqishlar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Akilbek Japarov isitish mavsumida yirik avariyalar ro‘y bergan taqdirda, amaldorlarni ishdan bo‘shatish bilan tahdid qildi. “Qish kutilmaganda keldi, deganingizni eshitmay. Qish mavsumiga tayyorgarlik 100 foiz bo‘lishi kerak”, — dedi u.
Taniqli tennischi Iroda To‘laganova va Yashnobod tumani aholisi Aviasozlar saroyi qarshisidagi tennis kortlari buzilishiga qarshi chiqmoqda. Sport majmuasi may oyida Otabek Nurmuhamedovga 31 mlrd so‘mga sotilgan edi. NRG Uzbekistan ushbu hudud bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirdi.
Birinchi yarimyillikda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 5,7 foizni tashkil etdi — xarajatlar daromadlardan 26,9 trln so‘mga ko‘proq. Bu pandemiya boshlangan 2020-yil, shuningdek, 2021−2022-yillardagi ko‘rsatkichlardan ko‘p. Hukumat bu davrda biror marta budjet taqchilligi chegarasini ushlab turolmagan.
Ko‘p funksiyali M-Clinic tibbiyot markazida Germaniya, Shveysariya va Rossiyadan kelgan mutaxassislar bilan bemorlar diagnostikasi va davolashdagi innovatsiyalar mavzusidagi konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Yevropa Ittifoqi, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQSh diplomatik vakolatxonalari vakillari “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasini tuzishga harakat qilgan Xidirnazar Allaqulov bilan uchrashib, “O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish jarayonini muhokama qildi”.
Markaziy Osiyoda suv resurslari taqchilligi va undan samarasiz foydalanish muammolari uzoq muddatga mo‘ljallangan yangi qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etmoqda, dedi O‘zbekiston prezidenti Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitida.
Nigeriyada butun mamlakat bo‘ylab 200 milliondan ortiq aholi elektrostansiyada yong‘in yuz berishi tufayli elektrsiz qoldi. Elektr tarqatuvchi kompaniya hodisani “tizimning butunlay ishdan chiqishi” deb atadi.
Markaziy bank banklarga avtokreditlar bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar bunday kreditlar ajratilishini taqiqlamasligi va taklif etilayotgan foiz stavkalari oshishiga ta’sir qilmasligini bildirdi. Avvalroq banklarga nisbatan avtokreditlar bo‘yicha talablar kuchaytirilgandi.
AQSh O‘zbekistonda tug‘ilgan ikki rossiyalik shaxs — milliarder Iskandar Maxmudov va tadbirkor Andrey Xoxlunni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ular haqida nimalar ma’lum?
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting