8-sentabrdan Samarqandda jamoat transportida yo‘l haqi naqd va bank kartasi orqali to‘lashda 2000 so‘m, transport kartasi bilan esa 1600 so‘mgacha oshadi. Bir transportdan boshqasiga o‘tishda moslashuvchan tariflar joriy etilmoqda. Toshkentda bunday tariflarni joriy etish bahordan buyon va’da qilib kelinadi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichida Afg‘onistonni 8:1 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Husayn Norchayev xet-trik qayd etdi (foto va video).
“Katibat ul imom al-Buxoriy” xalqaro terrorchilik tashkilotiga rahbarlik qilgan O‘zbekiston fuqarosi Suriyadagi janglarda halok bo‘ldi. U 2009−2010-yillarda Termiz shahrida “Jihodchilar jamoati”ni ham tashkil etgandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi mavjud to‘rtta jamg‘arma birlashtirilib, Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi.
Furqat tumanida 13 yoshli yigit mashina shinalariga ziyon yetkazgani uchun qo‘shnisi tomonidan kaltaklanib, bosh, peshana, bo‘yin kabi sohalaridan jarohat oldi. Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Tijorat banklari 7-sentabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 080−12 120 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 150−12 205 so‘m.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi sirop laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilmaganini tan oldi. Uning aytishicha, 12 yillik faoliyati davomida Dori vositalari ekspertizasi davlat markazida biror marta ham dorilar tekshirilmagan, Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar esa e’tiroz ham bildirmagan.
Senat raisi Tanzila Narbayevaning tashrifi doirasida Minsk shahrida O‘zbekiston va Belarus ayollarining birinchi biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida 92 mln dollardan ortiq miqdordagi 42 ta shartnoma va 17 ta memorandum imzolandi.
Katta miqdordagi firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan ikki nafar erkak Abu-Dabidan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.
O‘zbekiston va Isroil havo qatnovini amalga oshirishda aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovlarni bekor qildi. Bu bo‘yicha 1996-yilda kuchga kirgan havo transporti to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish kiritildi.
O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlar jalb qilingan holda “Aholi salomatligi — 2030” milliy strategiyasi ishlab chiqiladi. SSV hamda Salomatlik va strategik rivojlanish instituti 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib qilish dasturini tuzadi.
Toshkent shahrida harakatlanuvchi 16, 25, 117 va 150-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi. Qisqargan yo‘nalishlarda yangi avtobuslar tashkil etilgan.
Sakkiz oy davomida O‘zbekistonda 390,18 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 6305 ta holat aniqlandi. Eng ko‘p holatlar Andijon, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.
O‘zbekistonda tibbiy sug‘urtani 2026-yil oxirigacha to‘liq joriy etish rejalashtirilmoqda. 2024-yildan Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga o‘tkaziladi, 2027-yildan esa mustaqil jamg‘armaga aylanadi.
Turkiyaning Istanbul shahrida ikki jinoiy guruh o‘rtasida qurolli otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda voqea joyiga yaqin hududda ishlayotgan samarqandlik shaxs yaralanib, kasalxonada vafot etdi. Uning jasadini O‘zbekistonga yuborish uchun yordam ko‘rsatildi.
Prezident farmoni bilan Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti etib qayta tashkil qilindi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga qaytarildi. O‘tgan yilning dekabr oyida ma’muriy islohotlar doirasida u Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tarkibiga o‘tkazilgandi.
2025-yil oxirigacha Buxoro viloyatini aholisi to‘liq ish bilan ta’minlangan hududga aylantirish rejalashtirilmoqda. Viloyatda 1 milliondan ortiq mehnatga layoqatli aholi istiqomat qiladi. Rasmiy ravishda 76 ming kishi ishsiz hisoblanadi.
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi “moliyalashtirishdagi ulkan taqchillik” tufayli millionlab afg‘onlarga yordamni qisqartirishga majbur bo‘lmoqda. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatning 90 foizgacha aholisida oziq-ovqat taqchilligi kuzatilmoqda.
O‘zbekiston jamoat tashkilotlari va ishbilarmonlari Ukrainaga 2000 dona birinchi sinf to‘plamini jo‘natdi. Ular Xarkov, Xerson, Nikolayev va Zaporoje viloyatlaridagi yetimlar va ko‘chirilganlarning bolalariga topshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting