Oson to‘lov xizmati 5-sentabrdan xalqaro pul o‘tkazmalari va xorijiy xizmatlar uchun to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatdi. PayWay ham barcha xalqaro yo‘nalishlarda, shu jumladan, Rossiyadan va Rossiyaga pul o‘tkazmalarini to‘xtatmoqda va buni Markaziy bankning talabi bilan izohladi.
O‘zbekistonda avgust oyida 26,2 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va 19,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Bunday holatlar, o‘tgan oyda bo‘lgani kabi, Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida eng ko‘p qayd etilgan.
Rossiyaning Kemerovo viloyati Mariinsk shahrida Usmon Nosir haykali ochildi. Haykal muallifi Konstantin Zenich sanaladi. O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, shoirning qabrini ziyorat qildi.
Prezident qarori bilan “Qishloq qurilish bank” tijorat banki negizida Biznesni rivojlantirish banki hamda uning huzurida “Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligining kapital bozori sohasidagi vazifalari, funksiya va vakolatlarini o‘z zimmasiga olib, ushbu soha regulyatoriga aylanadi. ILMA, shuningdek, kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” tartiblarini belgilaydi.
O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 76 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Hindiston Quyoshni kuzatish va kosmik ob-havo xususiyatlarini o‘rganish uchun koinotga Aditya-L1 avtomat stansiyasini uchirdi. Avvalroq Hindiston kosmik uskunasi Oy sathiga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan edi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida bino tomining plitasi qulashi natijasida 6 nafar talab qiz jarohat olganini ma’lum qildi. Universitet ikki nafar qiz jarohat olgani haqida xabar bergan edi. Bino qurilishi va ta’mirlanishi holati mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga fuqarolar tomonidan ixtiyoriy pensiya badallari hisobiga aksiya sotib olish, xodimlarga o‘z korxonasi aksiyalarini xarid qilish ustuvor huquq berish, dividendlar bo‘yicha imtiyozlarni 2028-yil oxirigacha uzaytirish kabilarni nazarda tutgan qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Ekologiya vazirligi tomonidan 40 ming nusxada Qizil kitob nashr etilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston bo‘ylab maktab o‘quvchilariga “ekologik ong va madaniyatni shakllantirish” maqsadida tarqatilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Ibratli oila” ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi. Ushbu ko‘krak nishoni bilan oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan namunali oilalar taqdirlanadi.
“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat unitar korxonasi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJga o‘zgartiriladi va uning ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketi Markaziy bankka o‘tkaziladi. Shuningdek, “Milliy kliring markazi” tashkil etiladi.
Avgust oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 0,5 foizlik inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya esa 9 foizdan pastligicha qolmoqda. O‘tgan oyda tuxum, guruch, go‘sht, sut qimmatladi, un, yog‘ va shakar esa arzonladi. Benzin, metan va propan narxi oshishda davom etmoqda.
O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan 3-sentabr kuni Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi tashkil qilindi. O‘zbekistonning 16 shahridan 100 mingga yaqin yuguruvchilar ishtirok etdi.
Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali faollar zali tomidan plita qulab tushdi. Universitet xabar qilishicha, voqea sabab ikki talaba jarohatlangan.
Turkiyada gimnastika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan World Challenge Cup series musobaqasida Oksana Chusovitina oltin, Abdulaziz Mirvaliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Marhamat tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi bolalar tanasining turli qismlariga tarsaki tushirgani aniqlandi. U lavozimidan ozod etilib, bog‘cha rahbariyatiga intizomiy chora qo‘llandi.
O‘zbekiston budjet ko‘rsatkichlari yomonlashishining sabablaridan biri — elektr energiyasi tariflari islohoti keyinga qoldirilgani, deya qayd etdi Fitch agentligi. To‘liq miqyosdagi energetika islohoti qanchalik uzoqqa cho‘zilsa, yil oxirida 5,1 foiz bo‘lishi kutilayotgan budjet taqchilligi shunchalik sekin pasayadi.
O‘zbekiston hududida haftaning birinchi yarmida +26…+29 daraja, ikkinchi yarmida +29…+32 darajagacha ko‘tariladi. Havo asosan havo quruq va kam bulutli bo‘ladi. Kechasi va ertalab salqin bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting