Ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish va jamoat joyida yuzni to‘sib yurganlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin
5 sentabr 2023, 14:23 1

Ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish va jamoat joyida yuzni to‘sib yurganlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin

Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ko‘p xotinlikni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik, shuningdek, jamoat joylarida shaxsini tanish imkonini bermaydigan darajada yuzni to‘sganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi.

Ko‘p xotinlik va qonuniy nikohsiz tug‘ilish holatlari ortmoqda — Qonunchilik palatasi
5 sentabr 2023, 14:21

Ko‘p xotinlik va qonuniy nikohsiz tug‘ilish holatlari ortmoqda — Qonunchilik palatasi

Qonunchilik palatasi majlisida diniy rasm-rusumlarga ko‘ra tuzilgan nikohlar soni va buning ortidan ko‘p xotinlik ortayotgani bildirildi. Shuningdek, qonuniy nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni ham oshgan. 2020-yilda 16 564 ta shunday holat qayd etilgan bo‘lsa, 2022-yilda raqamlar 18 955 taga yetgan.

Kattaqo‘rg‘ondagi universitetda plita talabalar ustiga qulagani yuzasidan jinoyat ishi ochildi
5 sentabr 2023, 12:08

Kattaqo‘rg‘ondagi universitetda plita talabalar ustiga qulagani yuzasidan jinoyat ishi ochildi

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida temir beton plitasi qulashidan 6 nafar talaba qiz jarohatlangani bo‘yicha Jinoyat kodeksining 258-moddasi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.

Davlat suv havzalari tadbirkorlarga E-auksion orqali ijaraga beriladi
5 sentabr 2023, 12:00

Davlat suv havzalari tadbirkorlarga E-auksion orqali ijaraga beriladi

Hukumat qarori bilan tadbirkorlarga davlatga tegishli suv havzalarini E-auksion platformasi orqali ijaraga berish tartibi yo‘lga qo‘yildi. Ular suv bo‘yida plyaj zonalari, baliq ovi va suv sayohati kabi xizmatlarni tashkil etishi kerak bo‘ladi. Yer uchastkalari kamida 10 yil muddatga ijaraga beriladi.

OTMlarda kontrakt miqdori oshirilmaydigan bo‘ldi
5 sentabr 2023, 11:50

OTMlarda kontrakt miqdori oshirilmaydigan bo‘ldi

O‘zbekistondagi davlat OTMlarida 2023/2024 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi. Tabaqalashtirilgan kontrakt miqdori ham o‘tgan yil uchun belgilangan miqdorda o‘zgarishsiz qoladi.

O‘zbekistonda 7 oyda salkam 4,8 mingta YTH sodir etilgan, ularda 1115 kishi vafot etgan
5 sentabr 2023, 11:50

O‘zbekistonda 7 oyda salkam 4,8 mingta YTH sodir etilgan, ularda 1115 kishi vafot etgan

O‘zbekiston hududida 2023-yilning 7 oyida 4772 ta YTH qayd etilgan. Ularda 1115 kishi vafot etgan, 4564 nafari tan jarohatlari olgan.

O‘zbekiston yosh arxitektorlari uyushmasi tuzildi
5 sentabr 2023, 10:53

O‘zbekiston yosh arxitektorlari uyushmasi tuzildi

“Yuksalish” harakati qoshidagi “Shaharsozlik to‘lqini” tashabbusi asosida O‘zbekiston yosh arxitektorlar uyushmasi tashkil etildi.

O‘zbekistonda o‘tgan 7 oyda qariyb 22 ming xotin-qizga himoya orderi berildi
5 sentabr 2023, 10:32

O‘zbekistonda o‘tgan 7 oyda qariyb 22 ming xotin-qizga himoya orderi berildi

O‘zbekistonda yilning dastlabki 7 oyida qariyb 21 871 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizga himoya orderi berildi. Qayd etilgan holatlarning 84,7 foizi oilalarda sodir etilgan.

Oson va PayWay xalqaro pul o‘tkazmalarini to‘xtatdi
5 sentabr 2023, 10:17

Oson va PayWay xalqaro pul o‘tkazmalarini to‘xtatdi

Oson to‘lov xizmati 5-sentabrdan xalqaro pul o‘tkazmalari va xorijiy xizmatlar uchun to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatdi. PayWay ham barcha xalqaro yo‘nalishlarda, shu jumladan, Rossiyadan va Rossiyaga pul o‘tkazmalarini to‘xtatmoqda va buni Markaziy bankning talabi bilan izohladi.

Avgustda 46,2 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
5 sentabr 2023, 10:05

Avgustda 46,2 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

O‘zbekistonda avgust oyida 26,2 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va 19,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Bunday holatlar, o‘tgan oyda bo‘lgani kabi, Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida eng ko‘p qayd etilgan.

Rossiyaning Kemerovo viloyatida Usmon Nosirga haykal qo‘yildi
5 sentabr 2023, 09:43

Rossiyaning Kemerovo viloyatida Usmon Nosirga haykal qo‘yildi

Rossiyaning Kemerovo viloyati Mariinsk shahrida Usmon Nosir haykali ochildi. Haykal muallifi Konstantin Zenich sanaladi. O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, shoirning qabrini ziyorat qildi.

Biznesni rivojlantirish banki tashkil etildi
5 sentabr 2023, 09:34

Biznesni rivojlantirish banki tashkil etildi

Prezident qarori bilan “Qishloq qurilish bank” tijorat banki negizida Biznesni rivojlantirish banki hamda uning huzurida “Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.

Shavkat Mirziyoyev Sherali Jo‘rayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
5 sentabr 2023, 09:07

Shavkat Mirziyoyev Sherali Jo‘rayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

ILMA O‘zbekiston kapital bozori regulyatoriga aylanadi
4 sentabr 2023, 22:55

ILMA O‘zbekiston kapital bozori regulyatoriga aylanadi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligining kapital bozori sohasidagi vazifalari, funksiya va vakolatlarini o‘z zimmasiga olib, ushbu soha regulyatoriga aylanadi. ILMA, shuningdek, kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” tartiblarini belgilaydi.

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev vafot etdi
4 sentabr 2023, 22:52

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 76 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Hindiston quyoshni o‘rganish uchun kosmik stansiya uchirdi
4 sentabr 2023, 21:42

Hindiston quyoshni o‘rganish uchun kosmik stansiya uchirdi

Hindiston Quyoshni kuzatish va kosmik ob-havo xususiyatlarini o‘rganish uchun koinotga Aditya-L1 avtomat stansiyasini uchirdi. Avvalroq Hindiston kosmik uskunasi Oy sathiga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan edi.

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida plita qulashidan 6 nafar talaba qiz jarohatlangan — Bosh prokuratura
4 sentabr 2023, 20:13

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida plita qulashidan 6 nafar talaba qiz jarohatlangan — Bosh prokuratura

Bosh prokuratura matbuot xizmati SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida bino tomining plitasi qulashi natijasida 6 nafar talab qiz jarohat olganini ma’lum qildi. Universitet ikki nafar qiz jarohat olgani haqida xabar bergan edi. Bino qurilishi va ta’mirlanishi holati mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.

Dividend imtiyozlari 2029-yilgacha uzaytiriladi, ixtiyoriy pensiya badali pulidan aksiya sotib olish mumkin bo‘ladi
4 sentabr 2023, 20:02

Dividend imtiyozlari 2029-yilgacha uzaytiriladi, ixtiyoriy pensiya badali pulidan aksiya sotib olish mumkin bo‘ladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga fuqarolar tomonidan ixtiyoriy pensiya badallari hisobiga aksiya sotib olish, xodimlarga o‘z korxonasi aksiyalarini xarid qilish ustuvor huquq berish, dividendlar bo‘yicha imtiyozlarni 2028-yil oxirigacha uzaytirish kabilarni nazarda tutgan qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

O‘zbekistonda o‘quvchilarga Qizil kitob sovg‘a qilindi
4 sentabr 2023, 17:47

O‘zbekistonda o‘quvchilarga Qizil kitob sovg‘a qilindi

Ekologiya vazirligi tomonidan 40 ming nusxada Qizil kitob nashr etilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston bo‘ylab maktab o‘quvchilariga “ekologik ong va madaniyatni shakllantirish” maqsadida tarqatilmoqda.

“Ibratli oila” ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi
4 sentabr 2023, 17:20

“Ibratli oila” ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Ibratli oila” ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi. Ushbu ko‘krak nishoni bilan oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan namunali oilalar taqdirlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting