IFC O‘zbekistonga investitsiya qonunchiligini takomillashtirishga yordam beradi
4 sentabr 2023, 10:27

IFC O‘zbekistonga investitsiya qonunchiligini takomillashtirishga yordam beradi

Xalqaro moliya korporatsiyasi Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda O‘zbekiston hukumatiga yangi investitsiya qonunchiligini tayyorlashda yordam beradi. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘proq jalb qilish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsad qilingan.

Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishlari, shuningdek, ekspress yo‘nalishlar tashkil etildi
4 sentabr 2023, 10:09

Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishlari, shuningdek, ekspress yo‘nalishlar tashkil etildi

Dushanbadan Toshkentda yettita yangi avtobus yo‘nalishi va eng tig‘iz vaqtlarda ishlovchi uchta vaqtincha ekspress yo‘nalish tashkil etildi. Avgust oyi oxirida uchta yo‘nalish harakati qisqartirildi.

Toshkent viloyatida tezlikni nazorat qiluvchi 11 ta radar ish boshladi
4 sentabr 2023, 10:02

Toshkent viloyatida tezlikni nazorat qiluvchi 11 ta radar ish boshladi

Toshkent viloyatida 4-sentabrdan boshlab tezlikni nazorat qiluvchi 11 ta mobil radarlar ish boshladi. Ro‘yxat.

Qurilish vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
3 sentabr 2023, 17:52

Qurilish vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Toir Alimatov qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Asosiy dori vositalarining yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi
3 sentabr 2023, 17:33

Asosiy dori vositalarining yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda yangilangan asosiy dori vositalari ro‘yxati (ADVR) tasdiqlandi. Undan 65 guruhga mansub dorilar o‘rin egallagan. Ro‘yxatdan tibbiyot muassasalari ehtiyojini tahlil etish, bunday dorilar mavjudligini monitoring qilish, narxini shakllantirish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Energetika vazirligi “zapravka”lar uchun kunlik gaz limiti belgilanganiga munosabat bildirdi
3 sentabr 2023, 15:14

Energetika vazirligi “zapravka”lar uchun kunlik gaz limiti belgilanganiga munosabat bildirdi

Tarmoqlarda “zapravka”lar uchun kunlik gaz limiti kiritilayotgani haqida xabar tarqaldi. Energetika vazirligi shartnomalarda “soatlik, kunlik, oylik va yillik” hajm belgilanishi mumkinligi ko‘rsatilganini bildirdi. Iste’molchilar qo‘shimcha gaz so‘rab murojaat qilishi mumkin, deydi vazirlik.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida medalli bo‘ldi
3 sentabr 2023, 14:16

O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida medalli bo‘ldi

Vengriyada bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida Dilyorbek Valijonov va Dilshodbek Xo‘jayev bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston uchun ushbu fan bo‘yicha olimpiadadagi ilk medallar bo‘ldi.

Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha yana Gran-pri chempioni bo‘ldi
3 sentabr 2023, 13:43

Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha yana Gran-pri chempioni bo‘ldi

Parijda o‘tgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasida Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritdi. U iyun oyida ham Rimda o‘tgan ushbu musobaqada chempion bo‘lgandi.

Namangan aeroportida rekonstruksiyadan so‘ng uchib kelish terminali ochildi
2 sentabr 2023, 15:00

Namangan aeroportida rekonstruksiyadan so‘ng uchib kelish terminali ochildi

Namangan shahrida aeroportning rekonstruksiya qilingan uchib kelish terminali ochildi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish maydoni 720 kv. metrdan 1756 kv. metrga yetdi. O‘tkazuvchanlik esa 3 barobar oshdi. Jo‘nab ketish terminalini rekonstruksiya qilish sentabr oyida boshlanadi. Foto.

Foto: Prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
2 sentabr 2023, 12:37

Foto: Prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.

Andijondagi 2 ta o‘zbek-qirg‘iz chegara posti ochildi. Foto
2 sentabr 2023, 12:15

Andijondagi 2 ta o‘zbek-qirg‘iz chegara posti ochildi. Foto

2009-yildan buyon yopiq bo‘lgan Andijon viloyatidagi “Mingtepa” va “Xonobod” o‘zbek-qirg‘iz chegara bojxona postlari ochildi. Ularning birinchisi kunduzgi vaqtlarda, ikkinchisi esa uzluksiz faoliyat olib boradi. Avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolariga chegaradan ID karta orqali o‘tishga ruxsat berilgandi.

Urbanist bolalar kutubxonasi yonidagi chorrahani rekonstruksiya qilish bo‘yicha taklif berdi
2 sentabr 2023, 11:02

Urbanist bolalar kutubxonasi yonidagi chorrahani rekonstruksiya qilish bo‘yicha taklif berdi

Urbanist Iskandar Soliyev Respublika bolalar kutubxonasi yonidagi chorrahani rekonstruksiya qilish konseptini taklif etdi. “Avval piyodalarga, keyin velosiped va samokatlar, so‘ngra avtomobillarga ustuvorlik beriladi. Aslida ham shunday bo‘lishi kerak”, — dedi u. Hozir chorrahada mashinalar gavjum.

Zominda aeroport ochildi
2 sentabr 2023, 09:27

Zominda aeroport ochildi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida aeroport ochildi. Terminal 30 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. 1-sentabr kuni u LET L-410 va Pilatus PC-24 samolyotlarini qabul qildi.

Surxondaryoda maktab direktorini kaltaklagan shaxs qamoqqa olindi
2 sentabr 2023, 08:55

Surxondaryoda maktab direktorini kaltaklagan shaxs qamoqqa olindi

Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi maktab direktorini kaltaklashda gumon qilingan shaxs ushlanib, qamoqqa olindi. Jabrlanuvchiga himoya orderi berildi, u tumandagi shifoxonadan viloyat kasalxonasiga o‘tkazildi.

Qozog‘iston prezidenti AES qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qildi
1 sentabr 2023, 16:39

Qozog‘iston prezidenti AES qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qildi

Prezident Qasim-Jomart Toqayev “mamlakat kelajagi bilan bog‘liq o‘ta muhim masala” bo‘lgani uchun Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazishni taklif qildi.

Odilbek Isakov iqtisodiyot va moliya vaziriga konsultant-maslahatchi bo‘ldi
1 sentabr 2023, 15:57

Odilbek Isakov iqtisodiyot va moliya vaziriga konsultant-maslahatchi bo‘ldi

Sobiq moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isakov O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirining konsultant-maslahatchisi lavozimiga jalb qilindi.

Jetour Uzbekistan bayramga bayramona chegirma e’lon qildi
1 sentabr 2023, 15:00

Jetour Uzbekistan bayramga bayramona chegirma e’lon qildi

Auto Motors Asia MCHJ tarkibiga kiruvchi Jetour Uzbekistan kompaniyasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan avtomobillarga chegirma e’lon qildi.

Toshkent aeroportining mahalliy terminaliga avtomobillar kirishiga ruxsat berildi
1 sentabr 2023, 14:25

Toshkent aeroportining mahalliy terminaliga avtomobillar kirishiga ruxsat berildi

Toshkent aeroportining mahalliy terminali oldidagi hudud rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochildi. Ilk bor barcha avtomobillarga qisqa muddat — 10 daqiqagacha — terminal hududiga kirishga ruxsat berildi. Kutib oluvchilarga sharoit yaratilishi yoki yo‘qligi va rekonstruksiyaga muhtoj avtoturargoh taqdiri ochiqlanmadi.

“Adolatli qonunlar bo‘yicha vijdonan yashash”. Prezident tabrigida nimalarga to‘xtaldi?
1 sentabr 2023, 11:26

“Adolatli qonunlar bo‘yicha vijdonan yashash”. Prezident tabrigida nimalarga to‘xtaldi?

Prezident O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi bilan tabriklab, ekologiya, kuchli fuqarolik jamiyati va OAVning ahamiyati, ayollarga teng imkoniyatlar yaratish, bag‘rikenglik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish kabi masalalarga to‘xtaldi. “Davlatning vazifasi insonlarni baxtli qilishdir”, — deya eslab o‘tdi u.

Surxondaryoda maktab direktori kaltaklandi. Hokim holatni nazoratga oldi
1 sentabr 2023, 10:19

Surxondaryoda maktab direktori kaltaklandi. Hokim holatni nazoratga oldi

Surxondaryo hokimi bilan mojarodan so‘ng omma e’tiboriga tushgan Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori Umida Tursunova o‘qituvchilardan birining turmush o‘rtog‘i tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Viloyat hokimi jabrlanuvchining oldiga borib, vaziyatni nazoratga olganini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting