O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023-yil 1-yanvar holatiga 29,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Qarz 2022-yilda 2,9 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa-da, YAIM 11,1 mlrd dollarga o‘sgani tufayli davlat qarzining YAIMga nisbati pasaygan.
Qashqadaryo viloyatida 19 yoshli ayol egizak farzand tuqqanidan so‘ng 8 kun o‘tib, ahvoli yomonlashib, reanimatsion davo tadbirlariga qaramasdan vafot etdi.
O‘zbekistonlik erkin kurashchi Nodirbek Jumanazarov yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi. Medal uchun kechgan so‘nggi bahsda u hindistonlik raqibini 10:0 hisobida mag‘lub etdi.
17-avgust kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi. Veolia Energy Tashkent ma’lum qilishicha, ta’minot taxminan soat 23:00 da qayta tiklanadi.
2023-yilgi mavsumning UEFA Superkubogi uchun o‘tkazilgan o‘yinda “Manchester Siti” penaltilar seriyasida “Sevilya”ni mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa “shaharliklar” o‘z tarixida ilk bor UEFA Superkubogida g‘olib bo‘ldi. Foto.
Loyiha bo‘yicha umumiy maydoni 693 gektarni tashkil etgan “Toshkent-Sharqiy” aeroporti 130 gektarga qisqartiriladi. Buning evaziga uni saqlab turish xarajatlari kamayishi reja qilinmoqda. 25 ta samolyotni sig‘diruvchi aeroportda hozirda 4 km uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurib bitkazilgan.
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Ravshan Sultonxodjayev tayinlandi.
AQSh Eronni Rossiyaga Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishda foydalanayotgan hujum dronlarini yetkazib berishni to‘xtatishga undamoqda, deb yozdi FT. Buning evaziga Vashington Tehronga qarshi yangi sanksiyalar kiritmaslikka va allaqachon kiritilgan cheklovlarga “qat’iy amal qilmaslikka” va’da bermoqda.
Paxta yetishtiruvchilarga QQSni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi, buning uchun hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushiriladi.
Xitoy iyun oyida yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik darajasi rekord darajaga yetganidan so‘ng bu haqdagi ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatdi. Hukumat o‘z qarorini statistik ko‘rsatkichlarni hisoblash usulini takomillashtirish zarurati bilan izohladi.
“O‘zbekneftgaz” konlarda quduq qazish jarayonidagi geologik xatarlarni kamaytirish, shuningdek, konlar, geologik va texnik ma’lumotlarni raqamlashtirish hisobiga 64,4 mln dollar iqtisodiy foyda ko‘rgani haqida ma’lumot berdi.
Oliy ta’lim vazirligi poytaxtda 48,9 ming talabaning turar joyga ehtiyoji mavjudligi, ular ijara shartlari asosida xususiy xonadonlarda yashayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, yotoqxonadan joy berilmagan, poytaxtda uyi, yaqin qarindoshi bo‘lmagan va ijara uyi ham aniq bo‘lmagan 25 ming talaba bor.
Toshkentda 2022-yil iyul oyiga nisbatan uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi. Shuningdek, poytaxtda kvartiralarni ijaraga berish narxining pasayishi sezilarli darajada sekinlashdi. Avgust-sentabrda talabalarning poytaxtga qaytishi bilan talab oshishi va ushbu segmentga qiziqish ortishi aytilgan.
Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Jamshid Xodjayev Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. U 2015 va 2020-yillarda ushbu viloyatdan senator etib saylangan.
Toshkent shahri va viloyatida 3 ta holat bo‘yicha mamlakatga noqonuniy ravishda olib kirilgan qariyb 5,7 kg sintetik giyohvandlik vositalari savdosi aniqlanib, musodara qilindi.
IM-2 qozonxonasida olib boriladigan ta’mirlash ishlari munosabati bilan 21−26-avgust kunlari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qator ko‘chalarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi. Ro‘yxat.
Iyun oyidagi keskin pasayishdan keyin iyulda avtomobil bozorida sotuvlar 17 foizga oshdi. Eng katta o‘sish (28,9 foiz) elektromobillar bozorida qayd etildi. Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi mashinalar sotuvi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59,3 foizga ko‘paydi.
Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Isroil Jabborov Payariq tumani hokimi etib tayinlandi. Sobiq hokim hududda investitsiya ko‘rsatkichi qoniqarsizligi sababli prezident topshirig‘iga ko‘ra ishdan olingandi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonda madaniy meros obyektlari bor ko‘chalarga og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalarining kirishi taqiqlandi.
Adliya vazirligi fuqarolarning imzosi yetarli bo‘lmagani uchun “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” demokratik partiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etdi. O‘zbekistonda partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 20 ming imzo talab qilinsa, bu partiyaning faqat 2517 ta imzosi qonunchilikka muvofiq deb topildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting