Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduxakimov boshchiligidagi delegatsiya va «Atletiko Madrid» futbol klubi rahbariyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda klub vakillari O‘zbekistonda futbol akademiyasini tashkil qilishni taklif qildi.
1-fevraldan boshlab qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvi to‘xtatiladi. Shu kundan e’tiboran imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar faollashtiriladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning ta’kidlashicha, endilikda ishsizlik nafaqasi barcha toifadagi ishsizlarga 12 oylik davr ichida 26 kalendar hafta davomida to‘lanishi belgilanmoqda.
Qozog‘istonda tug‘ilgan ayol Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti protokoli rahbari vazifasiga tayinlandi. U Barak Obama davridan beri Oq uy protokolida 15 yil davomida ishlab kelgan.
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 25 yoshli haydovchi Nexia avtomobilida 20 yoshli velosipedchini turtib yubordi. Og‘ir tan jarohati olgan vilosipedchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumdi.
Buxorolik dasturchi Saidravshan Shakirov Shavkat Mirziyoyevdan davlat loyihalarini ishonib topshirishini so‘radi. Prezident unga uchta ustuvor yo‘nalish — qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va xalq ta’limini taklif etdi. IT-tadbirkor o‘z jamoasi bilan loyihalarni birma-bir amalga oshirishi mumkinligini aytdi.
Navoiy viloyatida «shunchaki hazil uchun» 2-guruh nogironligi bo‘lgan kishining bo‘yniga arqon bog‘lanib, masxaralagani yuzasidan surishtiruv boshlandi.
Hafta davomida respublika hududlariga Erondan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi va havo harorati ko‘tariladi. Barcha hududlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» ning xususiylashtirilishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tenderlarda korrupsion omillar kelib chiqishini oldini olish maqsadida tegishli idoralarga taqdimnoma kiritdi.
SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi Yer orbitasiga 143 ta yo‘ldoshni olib chiqdi va bitta raketa olib chiqqan sun’iy yo‘ldoshlar soni bo‘yicha 2017 yilda qo‘yilgan rekordni yangiladi.
Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga qimmatladi va jami 10 519 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz ko‘tarildi, rubl esa arzonladi.
UzAuto Motors kompaniyasi o‘zining yangi krossoverini taqdim etdi. 25 yanvardan boshlab Yangi Tracker boshlang‘ich va LT komplektatsiyalarida sotuvga chiqariladi.
Surxondaryo viloyatida «Damas» avtomashinasi harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etdi. «Damas» haydovchisi olingan tan jarohatlari tufayli vafot etdi.
Jizzaxda yanvar oyi boshida bir qismi qulab tushgan, qurilishi tugallanmagan turar-joy binosi buzilmoqda. Avvalroq, qurilish vaziri bino zarar ko‘rgani va buzilishi kerakligini ma’lum qilgan edi.
Qashqadaryo viloyatida Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun tashkilot va muassasalarga har biri 450 ming so‘mdan 200 ta byust tarqatilgani xabar qilindi. Viloyat XTV o‘qituvchilardan byustlar uchun pul yig‘ilganini rad etdi.
Zangiota tumanidagi davlatga qarashli bolalar bog‘chalarining birida direktor 2014 yildan beri 37 nafar haqiqatda ishlamagan shaxsga oylik hisoblagani aniqlandi. U tegishli hujjatlarga soxta ma’lumotlarni kiritib, asli yo‘q ishchilarning oyliklarini plastik kartaga tushirish orqali o‘zlashtirgan.
O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov UFC 257 musobaqasida Endryu Sanches ustidan so‘nggi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. U shuningdek, UFC`ning 50 ming dollarlik bonusini ham qo‘lga kiritdi.
«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda tovarlarning narxlari chet-el valyutalari va shartli birliklariga bog‘lanishi mumkin. Bundan tashqari, faqat 1 mln dollardan ortiq loyihalarning tender hujjatlari kelishilishi ham belgilanmoqda.
Amerikalik mashhur teleboshlovchi Larri King 87 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Yangi-Angren IESda sex rahbari lavozimida ishlab kelgan 40 yoshli Sirojiddin Shodiyev uyida o‘zini osgan holda topilgan. Xabarga ko‘ra, marhum IESda sodir bo‘lgan portlash ishi bo‘yicha tergovga jalb qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting