Qattiq rejimdagi koloniyada 9 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 19 yilga maxsus rejimli koloniyaga hukm qilindi. Uning aytishicha, u umrbod qamoq jazosini o‘tayotganini juda yaxshi tushunadi va 19 raqami esa ruslarni qo‘rqitish uchun mo‘ljallangan.
Islom dini mavzusiga ixtisoslashgan Azon.uz sayti o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda loyiha asoschisi Mubashshir Ahmad ma’lum qildi. Nashrning ijtimoiy tarmoqlardagi veb-sayti va sahifalari ochilmay qoldi. Azon TV YouTube sahifalaridan diniy videolar olib tashlandi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan FVV davlat yong‘in nazorati organlariga obyektlarda bir yilda ko‘pi bilan bir martadan tekshiruv o‘tkazish vakolati berildi. Shuningdek, 50 nafardan ko‘p odam to‘planadigan obyektlarda har chorakda kamida bir marotaba monitoring va profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi.
Davr Bank kredit portfeli 25% ga, depozit portfeli esa 21% ga o‘sdi. Bank prognoz qilishicha, yil oxiriga qadar foyda taxminan 40 mln dollarni tashkil etadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlar o‘limi sabablarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, homiladorlik og‘ir asoratlar bilan kechgan, homila ichi infeksiyasi va homilaning bachadonda ko‘ndalang joylashuvi kuzatilgan.
Bahorda 2019-yilda Qibrayda 13 yoshli qiz qo‘shnisi tomonidan zo‘rlangani haqida xabar berilgan edi. Ish sudga oshirildi. Qizning AQShda yashovchi oilasi ishni sudga oshirish uchun ko‘p kuch sarfladi, qator to‘siqlar va hatto tahdidlarga duch keldi.
Urgutdagi to‘yda qatnashgan 42 nafar fuqaro mayonezli salat iste’mol qilib, zaharlandi. Salatlar to‘ydan bir kun avval tayyorlangani va muzlatgichda saqlanmagani aniqlandi.
“Do‘stlik-2” metro bekatida erkak metro yo‘liga tushib qolgan bosh kiyimni olish uchun poyezd yo‘liga tushdi. Unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirildi.
Meksikancha burrito, lavash va pishloqdan qilingan chipslar, beyti kebab, lavash hamda malinadan rulet va boshqalar — Zira.uz lavash xamiridan tayyorlangan turli noodatiy taomlarni tayyorlab ko‘rishni taklif qiladi. Retseptlar.
Shahzoda Negmatova O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutining rektori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Senat raisi Tanzila Narbayeva oiladagi zo‘ravonlar jinoiy javobgarlikka tortilishi, qonuniy jazosini olishi shartligini ta’kidladi. “Mahallalardagi faollaringiz hech qachon: „arizangni qaytib ol“, „oilada bo‘ladi-ku“ deyishmasin. O‘sha zo‘ravon jazosini olishi shart”, — dedi u Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariga.
7 yilga qamalgan Bloger Abduqodir Mo‘minov, dam olish kunlari asta-sekin pasayadigan harorat, O‘zbekistonda haligacha ishlatilayotgan 400 ga yaqin nosoz lift, ZoodPay`ga qarshi ish ochgan Raqobat qo‘mitasi, Surxondaryo hokimi va maktab direktori janjaliga munosabat va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Buhexpert kompaniyasi vakillari buxgalteriya autsorsingi biznesga qanday yordam berishi haqida so‘zlab berishdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi bloger Abduqodir Mo‘minovga 3 yil muddatga jurnalistik (blogerlik) faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirilish belgilandi.
UzAuto Motor yetti oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnoma tuzishni qayta boshladi, shuningdek, Style Plus pristavkali yangi komplektatsiyalarni taqdim etdi. Avtomobillarni topshirish vaqtini qisqartirish uchun kompaniya “ishlab chiqarish jadvali bo‘yicha sotish tizimi”ni joriy qilmoqda.
DXX va Bojxona qo‘mitasi Xitoydan pochta orqali kuchli ta’sir ko‘rsatadigan “pregabalin” preparatini olib kirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali sotib kelgan guruhni fosh qildi. 75,7 kg preparat musodara qilindi.
Chirchiqdagi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri traktorlar ishlab chiqarishni boshladi, mahalliylashtirish darajasi 25 foizni tashkil etmoqda. Zavod yiliga 15 mingta traktor, tirkama va boshqa texnikalarni ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Freedom Payments kompaniyasida bo‘lgan tekshiruv fuqarolarning plastik kartasidan 12 mlrd so‘m o‘g‘irlangani bo‘yicha tergovga bog‘liqligini ma’lum qildi. Pul to‘lov tizimi orqali xorijga chiqib ketgan, shu sabab organlar tergov tadbirlarini o‘tkazmoqda, deyiladi izohda.
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi ZoodPay platformasiga qarshi tashkilotning 99 foiz aksiyasi BAAdagi Zooduz kompaniyasiga sotilgani sababli ish qo‘zg‘atdi. Qo‘mita kompaniyaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan javobgarlikni qo‘llash choralarini ko‘radi.
Ulug‘bek Lapasov O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakil sifatida ishlab kelayotgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting