Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov iqtisodiyot va moliya vaziri etib tasdiqlandi.
Farg‘onada haydovchisi va fuqaro janjali vaqtida bezoriga nisbatan chora ko‘rmagan IIB xodimlari ishdan olindi. Patrul-post xizmati bataloni komandiriga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanildi.
Nyu-Dehli shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana 13 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Donald Tramp AQSh Kongressi binosiga hujum qilish bilan bog‘liq ish bo‘yicha ayblanmoqda. Ayblovga ko‘ra, AQShning sobiq prezidenti “hokimiyatda qolishga qat’iy qaror qilgan” va 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini aldov yo‘li bilan bekor qilishga uringan.
Namangan shahri soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkorning yopib qo‘yilgan hisobraqamini ochib berish evaziga 2000 dollar pora talab qilgani, pulni olishda yurist (sobiq DSI xodimi) yordamlashgani aytilmoqda. Hozirda 2 shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Shavkat Mirziyoyev 2023-yil yakuniga qadar kambag‘allik darajasini 14 foizdan 12 foizga tushirib, 200 mingga yaqin oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkinligini ta’kidladi. Davlat rahbari aholi bandligini ta’minlash va imtiyozli resurslarning yetib borishini osonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni e’lon qildi.
O‘zbekistonda so‘nggi 5,5 yil ichida 38 nafar erkak ko‘p xotinli bo‘lishda ayblanib sudlandi, ularning 4 nafari 2023-yilning birinchi yarmiga to‘g‘ri keldi.
Tijorat banklari 3-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 580−11 660 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 700−11 715 so‘m.
Prezident muammoli kreditlar ko‘pligi sababli Markaziy bankning 2 viloyatdagi boshqarma boshliqlarini hamda bir qator bank filiallari rahbarlarini ishdan bo‘shatish tavsiyasini berdi. Shuningdek, u oilaviy kreditlar hisobidan texnika va mahsulotlar xarid qilish tizimini ham tanqid qildi.
Markaziy bank rahbari davlat banklarini xususiylashtirish nega kechiktirilayotgani haqida gapirib, “bu nafaqat bizning xohishimizga, balki xorijiy investorlarning ishonchiga ham bog‘liq”, deb ta’kidladi. O‘tgan yilgi geosiyosiy inqiroz investorlarning postsovet mamlakatlari bozoriga kirishini qiyinlashtirgan.
Farg‘onada telefoniga javob bermagani uchun Yandex haydovchisi mashinasining oynalarini tosh bilan sindirgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va gumonlanuvchi ushlandi. Ushbu voqeaga guvoh bo‘lib, biror chora ko‘rmagan IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Samarqandda suv omborida cho‘kib ketgan 4 nafar yigit, mamlakatdagi uy-joy narxlari, yana qimmatlagan Ai-92 benzini narxi, Buxoroda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pora, Toshkentdagi maktabda chiqqan yong‘in, odamlarning o‘rtacha maoshi tahlili va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Prezidentning Toshkent viloyatida o‘tkazgan yig‘ilishida Namangan shahri va 15 ta tuman hokimining 16 nafar birinchi o‘rinbosari ham lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Bunga ushbu hududlarda qashshoqlik darajasi yuqoriligi sabab qilib ko‘rsatildi.
Prezident 26 ta soliq inspeksiyasi rahbarlari, ikkita viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ini ishdan bo‘shatish, shuningdek, Soliq qo‘mitasi rais o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qilish haqida topshiriq berdi. Soliq idoralari qo‘shimcha manba izlash o‘rniga “eski zamon kasaliga berilib ketishdi”, dedi u.
O‘zbekistonda har bir tadbirkorga muammolarni hal qilishga yordam beradigan soliq xodimi biriktiriladi, deya ma’lum qildi prezident. 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlar yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisobotlarni taqdim etmaydi, 2024-yildan esa kichik biznes subyektlari elektron hisobot tizimiga o‘tadi.
Prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l tumanlari hokimlari hamda ushbu tumanlarning 4 ta sektor rahbarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi. Shuningdek, viloyat hokimining sanoat va investitsiyalarga hamda qurilishga mas’ul o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qilindi.
Angrenda olti kunlik ish haftasiga qarshi bo‘lgan tekstil fabrikasi xodimlari yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Mahalliy hokimiyat organlarining aralashuvidan keyin vaziyat xodimlar foydasiga hal qilindi.
O‘zbekiston prezidenti “Qishloq qurilish bank”, “Asakabank”, “Aloqabank”, “Agrobank” va boshqalarni xususiylashtirish hamda aksiyalari IPO`sini kechroq muddatga qoldirdi. To‘liq xususiylashtirish rejalashtirilgan “O‘zsanoatqurilishbank”dagi davlat ulushi 2024-yil oxirigacha 50 foizga kamaytiriladi.
Qozog‘istonda boshpanasiz hayvonlarni tutish xizmatlari ularni ushlash jarayonini tasvirga olishi kerak bo‘ladi. Bu hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik holatlarining oldini olishga yordam berishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon harbiylari qo‘shma UZAZ-2023 kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting