Uychi tumanidagi “Gulshan” oilaviy bog‘chasida 15 nafar bola tug‘ilgan kun uchun olib kelingan tortdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining xabar berishicha, hozirda bolalarning hammasi sog‘lom va ular yana bog‘chaga qaytarilgan.
Toshkentda 12 ta yangi yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. Bunga xalqning o‘nlab trillion so‘m mablag‘lari sarflanadi. Ko‘prik va tunnellar ulkan maydonlarni egallab, shaharni parchalab tashlaydi va kattaroq transport muammolarini keltirib chiqaradi. Buni yangi qurilgan yo‘l o‘tkazgichlar misolida ko‘rsatamiz.
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumaniga Fayzullo G‘ulomov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar Agrosanoat inspeksiyasining viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Sariosiyo tumanidagi maktab direktori ishdan bo‘shatilganini e’lon qilgan Surxondaryo hokimi bilan tortishdi. OAV uning 10 kunga qamoqqa olingani, chiqqanidan keyin yana ushlangani haqida xabar berdi. Maktab ta’limi vaziri direktor hibsdan ozod etilgani va o‘z lavozimida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.
Xabib Sirojitdinov yaqinda prezident tomonidan ishdan bo‘shatilgan Avaz O‘rinboyev o‘rniga Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ukrainadagi urush avj olishi fonida Rossiya o‘z armiyasi uchun Qozog‘istondan ko‘ngillilarni yollashni boshladi, deb yozmoqda Reuters. Internetdagi reklama mamlakat aholisiga “aniq yo‘naltirilgan” va shartnoma imzolangandan keyin 5000 dollardan ortiq to‘lov taklif qilinmoqda.
Toshkentdagi Freedom Payments (Freedom Pay) xorijiy kompaniyasi ofisiga niqob taqqan shaxslar kelgani aytilmoqda. Bir necha xodim hibsga olingan. Sabablari hozircha noma’lum.
Turkmanistonga boradigan Shavkat Mirziyoyev, Toshkentda jamoat transportida yo‘lkira oshishi, avtobus bilan to‘qnashib ketgan Malibu, Chotqol qo‘riqxonasidan yangi kadrlar, yana lavozimi o‘zgargan vazirlar, 5,5 yil ichida ko‘pxotinlilik uchun sudlangan 38 kishi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Xitoy hukumati “voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz va sog‘lom internet muhitini yaratish” maqsadida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning mobil qurilmalarda internetdan foydalanish vaqtini cheklashni rejalashtirmoqda.
Uzbekistan Airports Toshkent aeroporti uchun yana uchta taksi operatorini jalb qilmoqchi — xalqaro terminalning umumiy zali va CIP-zal hamda mahalliy terminal uchun. Hozirda xalqaro terminalning uchib kelish zaliga birgina aeroport taksi operatori xizmat ko‘rsatmoqda.
Yaqin kunlarda poytaxt jamoat transportidan foydalanish uchun yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda. Transport kartasidan to‘lov 1600 so‘m, naqd pul va bank kartasidan to‘lov esa 2000 so‘mgacha oshadi. Shuningdek, yo‘lovchilarga kunlik, oylik va yillik moslashuvchan tarif rejalari taklif etiladi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Zangiota va Bekobod tumanlari hokimlarini o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etdi. Bir kun avval prezident o‘sha hududlarda sanoat ishlab chiqarishi pasayganini tanqid qilgan edi.
Adliya katta maslahatchisi Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Andijon viloyati prokurori bo‘lgan.
Aholiga kredit berish hajmi ularning daromadlaridan tezroq o‘sib bormoqda, bu esa iqtisodiyotdagi qarz yuki ortayotganidan dalolat beradi, dedi Markaziy bank raisi. Uning aytishicha, chakana kreditlashda “qizib ketish”ning oldini olish uchun tartibga soluvchi chora-tadbirlarni ko‘rish boshlangan.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasida Malibu yengil avtomobili qayrilib olmoqchi bo‘lgan Yutong avtobusi bilan to‘qnashib ketdi.
Iyul oyida O‘zbekistonda harorat ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlarga nisbatan +40 daraja va undan yuqori kunlar ko‘p bo‘ldi: Toshkentda 8 kun (me’yor 2 kun), Termizda 24 kun (me’yor 16 kun), Nukusda 8 kun (me’yor 4 kun). Eng issiq iyul oyi reytingida esa 2019 va 2021-yillarning iyul oylaridan so‘ng uchinchi bo‘ldi.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi loyihasida mamlakat jamoat transportini “elektrobus va elektromobillar” bilan yangilash taklif etilgan. Shuningdek, jamoat transportini ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazish nazarda tutilgan. Hujjatda elektrda harakatlanuvchi transportlarning boshqa turlari keltirilmagan.
Toshkent viloyati Ekoboshqarmasi Maydontol hududida Sibir tog‘ echkisi, yovvoyi cho‘chqa va bo‘rilarning fotoqopqonga muhrlangan tasvirlarini e’lon qildi. Video.
Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida shikoyati ko‘rilishi uchun da’vogar sifatida borgan 66 yoshli erkak kutish xonasida yurak xurujidan vafot etdi. Oliy sud majlis o‘z vaqtida boshlanganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti 4-avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ladi. U yerda oliy darajada uchrashuvlar o‘tkazish hamda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting