Tamaki nazorati sohasida ijobiy o‘zgarishlar bor, ammo uning iste’moli “jamoat salomatligi uchun asosiy tahdidlardan biri” bo‘lib qolmoqda, deyiladi JSST hisobotida. Har yili dunyoda 1,3 millionga yaqin odam passiv chekish (tamaki tutuni) qurboni bo‘lyapti.
Farg‘ona shahrida erkak telefoniga javob bermagan Yandex haydovchisi mashinasining oynalarini tosh bilan sindirdi. 22 yoshli haydovchi buyurtmachining manziliga kelganida telefoni o‘chib qolgan va u bilan bog‘lanolmagan. Mashinaga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha ekspertiza tayinlandi.
Tijorat banklari 2-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 575−11 630 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 670−11 690 so‘m.
Moskvaga dronlar hujumidan so‘ng “Turkmaniston” aviakompaniyasi Rossiya poytaxtiga parvozlarni to‘xtatdi. Qaror “parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida xavfni baholash” asosida qabul qilingan.
“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benziniga chegirmalar yakunlandi. Uning bir litri endi 7500 so‘m emas, 8600 so‘mni tashkil etmoqda.
Senatning 4-avgustdagi yalpi majlisida “Advokatura to‘g‘risida”, “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi hamda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tizimini yaxshilashga oid qonunlarga o‘zgartirish kiritish ko‘rib chiqiladi.
1-avgustdan kuchga kiradigan o‘zgarishlar, test sinovlaridan chiqqan abituriyentlar, pora bilan ushlangan san’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i, bloger Abduqodir Mo‘minovning sud ishi tafsilotlari, iyul oyida 9 foizdan pastga tushgan yillik inflyatsiya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksidagi “og‘ir vaziyat” tufayli deyarli barcha hududlarda kunning ma’lum vaqtlarida elektr energiyasini uzishga to‘g‘ri kelmoqda, deyab xabar qildi Energetika vazirligi. Cheklovlar ta’mirlash ishlari, yirik avariyalarning oldini olish va boshqa omillar bilan izohlandi.
Rossiya rublining qadrsizlanishi Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmiga, shuningdek, o‘zbekistonlik eksportyorlar daromadiga salbiy ta’sir qiladi, deya ma’lum qildi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov.
O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov 77 yoshida vafot etdi. “Olamni asrang”, “Ra'no”, “Soy ko‘rdim”, “Ajab sirlar” singari yuzlab qo‘shiqlar ijrochisi bo‘lgan san’atkor 1987-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni, 2020-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Rasul Kusherbayev O‘zLiDeP partiyasidan “o‘z o‘rnini ko‘rmayotgani uchun” ketishga qaror qilganini aytdi. U buni uzoq vaqtdan beri rejalashtirganini bildirdi. Internetda taxmin qilinganidek, uning boshqa partiyaga a’zo bo‘lish rejasi hozircha yo‘q.
O‘zbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Toshkentda janubiy koreyalik hamkasbi Li Jong Sup bilan uchrashdi. The Korea Herald nashri uchrashuvdan mudofaa va qurol-yarog‘ sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsad qilingani haqida yozdi.
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilindi. May oyida ushbu qonun loyihasi “yana ham takomillashtirish kerakligi” sabab faqatgina konseptual tartibda qabul qilingandi.
AQSh “Tolibon” harakatini “inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashishiga olib keluvchi siyosatini, ayniqsa, ayollarga nisbatan qayta ko‘rib chiqishga” chaqirdi. “Tolibon”, o‘z navbatida, Afg‘oniston Markaziy bankining muzlatilgan aktivlarini qaytarishni so‘radi.
To‘ra Bobolov Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Qashqadaryoda xususiy korxona viloyat bolalar shifoxonasi maydonidagi 17 tup manzarali daraxtni noqonuniy kesib tashlagani aniqlandi. Holat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 5000 dollar talab qilgan oliygoh bo‘lim boshlig‘i aniqlandi. U mablag‘dan 4800 dollarini olayotganda ushlandi.
Prezident qarori loyihasi bilan 2023-yilda konsolidatsiyalashgan budjet defitsitini YAIMga nisbatan 3 foizdan 5 foizgacha yoki 53,4 trln so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda. Agar hukumat yana xarajatlar chegarasidan o‘tib ketsa, bu davlat xarajatlarining 1,8 mlrd dollarga oshishiga olib keladi.
Samarqand shahridagi mehmonxonalarning birida 30 yoshli ayolning jasadi bo‘yin sohasidan bo‘g‘ilgan holatda topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Aybek Kamalov Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumani hokimi etib tayinlandi. U shu paytga qadar biznes-ombudsman devonining Qoraqalpog‘iston sho‘'basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting