Ozodbek Nazarbekov yana madaniyat vaziri bo‘ldi, u endi turizmga javobgar emas
27 iyul 2023, 12:12

Ozodbek Nazarbekov yana madaniyat vaziri bo‘ldi, u endi turizmga javobgar emas

O‘tgan yil oxiridan buyon madaniyat va turizm vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri etib tasdiqlandi. Endi u turizm sohasiga javobgar emas.

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
27 iyul 2023, 12:07

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Regulyatorning qayd etishicha, inflyatsiya va inflyatsion kutilmalarning pasayishiga qaramasdan, narxlarga talab omillari bilan bog‘liq bosimlar saqlanib qolmoqda.

Koronavirus bo‘yicha vaziyat barqaror — Sanepidqo‘mita
27 iyul 2023, 11:44

Koronavirus bo‘yicha vaziyat barqaror — Sanepidqo‘mita

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hozirda COVID-19 va o‘tkir respirator infeksiyalarning miks-infeksiya kasalligi kuzatilib turibdi.

Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi
27 iyul 2023, 11:08

Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi

Dilmurod Ergashev Navoiy shahriga hokim etib tayinlandi. U bunga qadar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”da boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Kambag‘allik darajasi Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmda eng yuqori bo‘lib turibdi
27 iyul 2023, 10:31

Kambag‘allik darajasi Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmda eng yuqori bo‘lib turibdi

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmda eng yuqori bo‘lib turibdi. Mamlakatda 1,3 mln kambag‘al oilalar mavjud bo‘lib, kambag‘allik darajasi 14,1 foizni tashkil etdi. Yil yakunigacha ko‘rsatkich 12 foizga tushib, 1 mln aholi kambag‘allikdan chiqarilishi rejalashtirilgan.

Toshkent aeroportiga faqat bitta kompaniya taksilari kira olishi qonunni buzmoqda — Raqobat qo‘mitasi
27 iyul 2023, 10:11

Toshkent aeroportiga faqat bitta kompaniya taksilari kira olishi qonunni buzmoqda — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airports yagona taksi xizmati qonun talablarini buzayotganini ma’lum qildi. Kompaniyadan barcha taksilarning terminalga kirishi uchun sharoit yaratish va to‘xtash joylari narxlarini qayta ko‘rib chiqish talab qilindi. Uzbekistan Airports qo‘mitani sudga bergandi, ammo yakunda yutqazdi.

Ashxobodda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi
27 iyul 2023, 09:07

Ashxobodda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi

Avgust oyida Ashxobod shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining sammiti o‘tkaziladi. Bu haqda uch mamlakat tashqi ishlar vazirlarining onlayn yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Toshkent shahri va viloyatida zilzila sezildi
27 iyul 2023, 05:33

Toshkent shahri va viloyatida zilzila sezildi

Payshanba tongida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi poytaxt va Toshkent viloyati tumanlarida sezildi hamda 2−3 ballni tashkil etdi.

YUNESKO global miqyosda maktablarda smartfonlarni taqiqlashga chaqirmoqda
26 iyul 2023, 23:48

YUNESKO global miqyosda maktablarda smartfonlarni taqiqlashga chaqirmoqda

Mobil telefonlardan ortiqcha foydalanish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini pasaytiradi va bolalarning hissiy barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi, deyiladi YUNESKO hisobotida. Dunyoning har to‘rtinchi davlatida maktablarda smartfonlar allaqachon taqiqlangan.

Nukusga yangi hokim tayinlandi
26 iyul 2023, 22:02

Nukusga yangi hokim tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abatbay Daniyarov Nukusning yangi hokimi bo‘ldi. U Utemurat Panayev o‘rniga mazkur lavozimni egalladi.

26-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
26 iyul 2023, 22:00

26-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Abduqodir Mo‘minov sudi: jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari, Farg‘onada kesib tashlangan 1213 tup daraxt, Yangi Toshkent qurilishi bo‘yicha direksiya, elektromobil importi oshgani, testda qatnashadigan 948 mingdan ortiq abituriyent, 7 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

O‘zbekiston Markaziy banki raisiga o‘rinbosar tayinlandi
26 iyul 2023, 20:37

O‘zbekiston Markaziy banki raisiga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Sodir Meliboyev Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Toshkentning yettita tumanida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik cheklov joriy etildi
26 iyul 2023, 19:12

Toshkentning yettita tumanida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik cheklov joriy etildi

Energetika tizimidagi yuk ortishi munosabati bilan Toshkentning yettita tumanida elektr energiyasini yetkazib berishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Tarqatish punktlari soviganidan so‘ng elektr ta’minotini tiklash rejalashtirilgan.

XVJ global iqtisodiy o‘sish prognozini biroz yaxshiladi
26 iyul 2023, 18:55

XVJ global iqtisodiy o‘sish prognozini biroz yaxshiladi

Jahon iqtisodiyoti pandemiyadan va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng tiklanishda davom etmoqda, biroq tarixiy standartlar bo‘yicha zaif o‘sishni ko‘rsatmoqda, deya qayd etdi Xalqaro valyuta jamg‘armasi. Global inflyatsiya esa yuqoriligicha qolmoqda.

Xorazmda suv ifloslanishi oqibatida 2600 dan ortiq baliq nobud bo‘ldi
26 iyul 2023, 18:22

Xorazmda suv ifloslanishi oqibatida 2600 dan ortiq baliq nobud bo‘ldi

Xonqa tumanida korxonadan ifloslantiruvchi moddalari bo‘lgan oqova suvlar chiqishi oqibatida 2600 dan ortiq baliq nobud bo‘ldi. Hayvonot dunyosiga 223,3 mln so‘m zarar yetkazilgan. Jinoyat ishining tergovi Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

O‘zbekistonga elektromobillar importi yarim yil ichida qariyb 5 barobar oshdi
26 iyul 2023, 17:43

O‘zbekistonga elektromobillar importi yarim yil ichida qariyb 5 barobar oshdi

Yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga elektromobillar importi qariyb 5 baravarga — 5403 tagacha oshdi. Ularning umumiy qiymati 167 mln dollarni tashkil etdi. Har to‘qqizinchi elektromobil Xitoydan olib kelinmoqda, Gonkongdan yetkazib berish ham oshgan.

Yangiyo‘lda Zara va Columbia brendlari ostida kiyim-kechak ishlab chiqarilishi mumkin
26 iyul 2023, 17:40

Yangiyo‘lda Zara va Columbia brendlari ostida kiyim-kechak ishlab chiqarilishi mumkin

Turkiyaning Medex Textile kompaniyasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Zara va Columbia brendlari ostida kiyim-kechak ishlab chiqarish loyihasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

2023-yilda ro‘yxatdan o‘tgan 1 milliondan ziyod abituriyentning 948 mingdan ortig‘i testda qatnashadi
26 iyul 2023, 17:06

2023-yilda ro‘yxatdan o‘tgan 1 milliondan ziyod abituriyentning 948 mingdan ortig‘i testda qatnashadi

Bu yil oliygohlarga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan 1 mln 18 ming 7 nafar abituriyentning 948 486 nafari test sinovida qatnashadi. Ularning yarmidan ko‘pi kunduzgi ta’limni tanlagan. Qolaversa, eng ko‘p — 33 721 nafar abituriyent har yilgidek O‘zbekiston milliy universitetiga o‘qishga kirish niyatida.

Samarqandda fuqarolarni AQSh va Isroilga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlandi
26 iyul 2023, 16:38

Samarqandda fuqarolarni AQSh va Isroilga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Paxtachi tumanida fuqaroni 18 500 dollar evaziga Isroilga, Payariqda esa 16 000 dollarga AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.

Farg‘onada 1213 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi
26 iyul 2023, 16:35

Farg‘onada 1213 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi

Bosh prokuratura tomonidan Farg‘ona viloyatida Katta Andijon kanali qirg‘og‘ida o‘sib turgan 1213 tup daraxt yanvar-fevral oylarida kesib tashlangani, buning oqibatida tabiatga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting