19-avgustdan Toshkent-Blagoveshchensk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Parvozlar har hafta shanba kunlari amalga oshiriladi.
Iordaniyada o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha U-20 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jami 20 ta — 4 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
AQSh Moliya vazirligi Qirg‘izistonning to‘rtta kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular Rossiya mudofaa sanoati uchun Rossiyaga elektronika va sanksiya ostidagi boshqa mahsulotlarni yetkazib bergan. Ukraina TIV Qirg‘iziston elchisini chaqirtirdi.
Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan otishmada og‘ir yaralanib, shifoxonada vafot etgan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit janozasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar meri Erik Adams ham qatnashdi va nutq so‘zladi.
Yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga yoki 2,51 mlrd kub metrga qisqardi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish esa o‘sdi, lekin iyun oyida pasayish qayd etildi. Neft ishlab chiqarish pasayishda davom etmoqda, benzin ishlab chiqarish keskin oshgan.
Xitoyning CAMC Engineering kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi loyihalarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Ular orasida Kitobda sayyohlik zonasi tashkil etish, osma dor yo‘li qurish va boshqalar bor.
Statistika agentligi O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini aniqlash uchun foydalaniladigan minimal iste’mol xarajatlarining kech e’lon qilinishini izohladi va bu ko‘rsatkichni hisoblash usuli borasidagi tanqidlarga javob qaytardi.
Samarqand viloyatida ko‘chma radar orqali aniqlangan tezlikni oshirish bo‘yicha belgilangan jarima Oliy sud tomonidan bekor qilindi. Chunki YPX xodimi radardagi tezlik ko‘rsatkichi bilan haydovchini tanishtirmagan va uning talabi bilan moslamaning sertifikati ko‘rsatmagan.
Shavkat Mirziyoyev qariyb 6 yildan beri qurilishi ketayotgan “Toshkent-Sharqiy” biznes aviatsiyasi aeroportiga tashrif buyurdi. Hozir uning uchish-qo‘nish yo‘lagi va VIP-terminal binosi qurib bo‘lingan. Prezident hududda yana bir terminal qurishni va aerovokzal loyihasini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat biroz ko‘tarilib, janubda va cho‘l hududlarda +41…+43 darajagacha yetadi. Keyingi hafta esa issiq havo kirib kelishi kuchayib, harorat yana 1−2 darajaga ko‘tariladi.
Prezident qarori bilan Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladi yoki ijaraga beriladi.
Qozog‘istonning QazaqGaz kompaniyasi oktabr oyidan O‘zbekistonga Rossiya gazi tranzitini boshlashni rejalashtirmoqda. Kompaniya barcha texnik tadbirlar tasdiqlangan jadvalga muvofiq to‘liq hajmda amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
2023−2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 mln 18 ming nafarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan qariyb 200 mingtaga kam. Talabgorlarning eng ko‘pi Milliy universitetni tanlagan — 36 782 nafar.
Prezident avgust oyida O‘zbekistonda “yashil vodorod” ishlab chiqarish majmuasini qurishni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Inshoot Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi tomonidan Chirchiq shahridagi ammiak zavodi negizida quriladi.
Tijorat banklari 21-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 535−11 600 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 650−11 670 so‘m.
Interpol qidiruviga berilgan, taqiqlangan ekstremistik materiallarni tarqatishda ayblangan erkak Koreyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Hisob palatasi Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 14,2 mlrd so‘mlik asossiz ravishda mablag‘lar sarflanishi holatlarini aniqladi.
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska to‘rt yarim yillik faoliyatidan so‘ng mamlakatdagi missiyasini yakunlamoqda.
Qirg‘iziston qo‘sh maqsadli tovarlar eksporti ustidan nazorat kuchaytirilganini bildirdi. Avvalroq The Washington Post AQSh Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordami uchun mamlakatga qarshi sanksiyalar tayyorlayotganini yozgandi. Qirg‘iziston MXDQ sanksiyalarni xususiy kompaniyalar buzishi mumkinligini tan oldi.
Kutilayotgan +44 daraja issiq harorat, bloger Asad Algo o‘limi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi, AQShda otishmada vafot etgan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit, Toshkentning ayrim ko‘chalarida kechasi yo‘l chiroqlari o‘chirilishi, yo‘l obyektlarida 400 ga yaqin qoidabuzarlik va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting