Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 125 mln dollar miqdorida qarz ajratishni ma’qulladi. Mablag‘ mamlakatning elektr uzatish tarmog‘ini takomillashtirish, xususan, 7 ta viloyatda 359 kilometr uzunlikdagi 12 ta elektr uzatish liniyasini rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi.
Shavkat Mirziyoyevning prezident saylovidagi g‘alabasi e’lon qilingach, u qo‘shni hamda hamkor davlatlar rahbarlaridan tabriklarni qabul qila boshladi. Birinchilardan bo‘lib Turkmaniston milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov tabrikladi. Qutlovlar kelishda davom etmoqda.
Oliy sud raisi o‘rinbosari prezidentlik saylovi vaqtida sudlarga hech qanday murojaatlar kelib tushmaganini ma’lum qildi. U bunga aholining huquqiy ongi oshgani va OAV vakillari bilan tegishli muloqot o‘rnatilganini sabab sifatida ko‘rsatdi.
O‘zbekistonga bu hafta Erondan issiq havo kirib kelishi hisobiga issiq kuchayadi. Kunduzi harorat +43…+45 darajagacha ko‘tariladi. Joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. 14-iyulda esa +33…+38 darajagacha pasayadi.
Shavkat Mirziyoyev uchinchi prezidentlik saylovida 87,05 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi, deb xabar qildi MSK. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 79,88 foizi jarayonda ishtirok etgan.
O‘zbekiston Italiyada o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatini 16-pog‘onada yakunladi. Jamoa 4 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Toshkent shahrida 147-yo‘nalishda harakatlanayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobusning motor qismida yong‘in sodir bo‘ldi, hech kim jabrlanmadi.
Andi Aranitasi 1-sentabrdan boshlab YTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori va rahbari bo‘ladi. YTTB mamlakat bilan hamkorlikni tiklagan 2017-yildan beri bank vakolatxonasini Alkis Drakinos boshqarib kelayotgandi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida kanalizatsiya chuqurining o‘pirilishi oqibatida bir kishi tuproq ostida qolib ketdi. Fuqaro shahar FVB xodimlari tomonidan qutqarildi. Uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.
Tijorat banklari 10-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 500−11 570 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 610−11 630 so‘m.
Prezident saylovini YeXHT DIIHB missiyasining 280 dan ortiq mutaxassislari butun O‘zbekiston bo‘ylab kuzatib bormoqda. Ular qat’iy metodologiyani qo‘llagan holda 80 ta savoldan iborat shaklni to‘ldiryapti, elektron ruchkalar esa ma’lumotlarni onlayn rejimda uzatib turibdi, dedi missiya rahbari Ursula Gatsek.
Soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘yicha ro‘yxatga olingan saylovchilarning 69,85 foizi ovoz berdi, deb xabar qildi MSK.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirliklari Toshkent viloyatidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi hududida yuz berishi mumkin bo‘lgan yirik yong‘inning oldini oldi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistonda muddatidan oldin bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovida soat 15:00 holatiga saylovchilarning 60,74 foizi ovoz berganini ma’lum qildi (11 mln 705 ming kishi).
Saylov jarayonining 11:00 gacha bo‘lgan qismida 6 mln 463 ming 874 kishi (saylovchilarning 33,54 foizi) ovoz berdi. “Ushbu raqamlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi o‘tgan, deb hisoblashga asos bo‘la oladi”, — dedi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov.
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidentlik saylovi boshlandi.
Qamchiq dovonida jaladan qochib, toshqin suvlari uchun mo‘ljallangan quvurga kirib olgan 2 nafar ayolni sel oqizib ketdi. 23 yoshli ayollarning ikkisi ham vafot etgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari ketmoqda.
Anhor.uz sayti poytaxt yaqinida yonayotgan dalalarning samolyotdan olingan suratlarini e’lon qildi. Bosh prokuraturaning bildirishicha, vaziyat Ekologiya vazirligi bilan birgalikda o‘rganilmoqda.
Forum doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Shenzhen Kaifa Technology (Chengdu) Co., LTd kompaniyasi o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma imzolandi.
21 yoshli yigit Yangiyer shahri hududidan oqib o‘tuvchi “Janubiy Mirzacho‘l” kanalida cho‘kayotgan ona va bolani qutqarib qoldi. Unga viloyat hokimi va FVB rahbari boshchiligida sovg‘a topshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting