Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida erkak masjidda namoz oldidan tahorat olayotgan tanishini pichoqladi. Ma’lum bo‘lishicha, masjidga ketayotganda ular o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olinib, jinoiy ish ochilgan.
Grigoriy Lepsning 23-oktabr kuni Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti bekor qilindi, deya xabar berdi Afisha.uz tashkilotchilarga tayanib. O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi konsert “ba’zi texnik sabablarga ko‘ra qoldirilganini” ma’lum qildi.
Havosi ifloslangan Toshkent, 3 yilga qamalgan Urganch shahri sobiq hokimi, tibbiyot yo‘nalishidan “superkontrakt”ni butunlay yo‘qotish taklifi, 13 yoshli qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanayotgan IIO xodimi, rekonstruksiya qilingan Shimoliy vokzal, Twitter`ga qarshi Threads va boshqalar — “Gazeta.uz”ning dayjestida.
Qirg‘izistonda jamoatchilik noroziligidan so‘ng urilgan ukrain tanklari uchun pul va’da qilgan rossiyalik qo‘shiqchi Grigoriy Lepsning konserti bekor qilindi. Leps oktabr oyida O‘zbekistonda konsert berishni rejalashtirgan.
O‘zbekiston hukumati benzin uchun tovon puli miqdorini 55 foizga oshirdi. Har oylik to‘lovlar ayrim toifadagi shaxslarga beriladi.
Germaniyada Markaziy Osiyo davlatlarining yetti nafar fuqarosi terrorchilik guruhi tuzishda gumonlanib qo‘lga olindi. Niderlandiyada ham teraktlar tayyorlashda gumon qilinayotgan Tojikiston va Qirg‘izistonning yana ikki fuqarosi ushlangan.
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibida bo‘lgan GESlarda “yashil energiya” sertifikatlari tizimi tashkil qilinib, ular endi birja savdosi orqali sotuvga qo‘yiladi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatda 1,1 mln gektar irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida yaroqsiz holga kelib qolgani, so‘nggi 5 yil ichida ularning 600 ming gektari foydalanishga qaytarilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi ta’mirlash ishlari uchun yopildi. Ishlar bir necha oy davom etadi.
Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazi direktori Polgar Szolt O‘zbekiston kartoshka urug‘ini import qilishni to‘xtatishi kerakligi, Vengriya va O‘zbekiston mutaxassislari import o‘rnini bosish maqsadida mahalliy kartoshka urug‘chiligini yo‘lga qo‘ymoqchiligini ma’lum qildi.
Facebook va Instagram`ga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi Twitter bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatlashishi kutilayotgan Threads platformasini ishga tushirdi.
“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida “O‘zmilliybank” Buyuk Britaniyaning Standard Chartered banki bilan 100 mln dollarlik shartnoma imzoladi.
O‘zbekiston prezidenti “muntazam ravishda yuzaga keladigan tirbandliklarni bartaraf etish uchun” Bunyodkor shoh ko‘chasi va 2-Qatartol ko‘chasi chorrahasida yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishini tasdiqladi.
Aziz Abduhakimov “Yashil makon” loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgani, sug‘orish tizimlari bo‘lmagan hududlarga 7,3 million tup ko‘chat ekilishiga yo‘l qo‘yilgani kabi kamchiliklar haqida ma’lum qilgandi. Shu bo‘yicha prokuratura o‘rganish ishlarini boshladi.
O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov qaynotasi unga 1,5 mln dollarga uy olib bergani haqidagi xabarni yolg‘on deb atadi. “[Bu haqdagi xabarni] qaynotamga yuborib qo‘ydim”, — deya hazil qildi u Twitter`da.
Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi huzurida qo‘riqlash va patrul xizmati tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. U qo‘riqlash xizmatlari uchun olinadigan mablag‘lar hisobidan o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida ishlaydi.
Sukut saqlama (Nemolchi.uz) loyihasiga may oyida qo‘shnisining tanishi tomonidan zo‘rlangan 13 yoshli qizchaning onasi murojaat qildi. Bu ishni Toshkent shahri Yashnobod tumanida faoliyat olib boruvchi profilaktika inspektori qilgani aytilmoqda.
3-iyul kuni erta tongda havo ifloslanishi bo‘yicha Toshkent yana dunyoda yetakchilardan biri bo‘ldi. 6-iyulga o‘tar kechasi esa shaharni tutun va kuyindi hidi qamrab oldi, havo sifati yana “zararli” darajaga chiqdi. Toshkent hokimligi va O‘zbekiston hukumati namoyishkorona sukut saqlamoqda.
Toshkent−Xiva−Toshkent yo‘nalishida 7−10-iyul kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Tijorat banklari 6-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 475−11 530 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 560−11 600 so‘m.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting