O‘zbekiston iqtisodiy kompleksidagi 297 nafar rahbar mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarda sustkashlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olindi. “Mahallaga tushib, odamlarimiz va tadbirkorlar muammosini hal qilmagan rahbar ishlamaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident keyingi yilda 600 ming kishi ijtimoiy karta bilan ta’minlanishini ma’lum qildi. Ushbu karta bilan elektr, gaz va o‘qish xarajatlariga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi.
Qonunchilik palatasi chiqindi xizmatlaridan qarz mavjud bo‘lganda elektr energiyasi uchun to‘lovni cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kirishdi. Deputat ikki yilda barcha kommunal xizmatlarni va qarzdorlikni birlashtiradigan yagona billing tizimi yaratilishini ma’lum qildi.
Ichki audit xizmati tashkil etilgan vazirlik va idoralar hamda hokimliklar mas’ul xodimlari faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi. Jarayon ichki audit xizmati rahbari tomonidan har chorakda amalga oshiriladi.
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va prezident administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga ko‘ra” lavozimidan ozod etildi. Japarovning vazifalarini vaqtincha bajarish Adilbek Kasimaliyevga yuklatildi.
Hukumat O‘zbekistonda qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish uchun talab va shartlarni tasdiqladi. Tashkilotchilar uchun litsenziya muddati 5 yil etib belgilandi, ularning ustav kapitali kamida 56,25 mlrd so‘m bo‘lishi shart. Shuningdek, bir qator taqiq va cheklovlar ham belgilangan.
O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmi yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda. Harorat kechasi -2, kunduzi +7 darajagacha ko‘tariladi. Juma kuni ba’zi joylarda qor va yomg‘ir yog‘adi. O‘zgidromet sharhi.
2025-yilning sentabridan boshlab sinov tariqasida avtobus, avia va temiryo‘l biletlari sotib olinadigan onlayn platforma ishga tushadi. Milliy turizm yagona platformasi orqali muzeylarga bilet olish, avtomobil ijarasi xizmatidan foydalanish va mehmonxonalarni band qilish kabi imkoniyatlar yaratiladi.
Rossiyaning turli shaharlarida ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ularning 10 nafari vaqtincha Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga, qolgan 5 nafari esa Bolalar uyiga joylashtirildi.
Dalaguzar — Nazarbek temiryo‘li kesishmasida poyezd Damas`ni urib yubordi. Atrofdagi haydovchilar mashinani relsdan chiqarishga harakat qilgan, ammo harakat muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
O‘zbekistonda hafta boshi quruq, ammo sovuq (aholi kuchli sovuqlik stresslariga to‘qnash kelishi mumkin), o‘rtalari biroz bulutli va yog‘inli (asosan qor) bo‘lishi, dam olish kunlari esa quruq va haroratning biroz ko‘tarilishi kutiladi. Xususan, O‘zbekiston janubida kunduzi +15 darajagacha iliq bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev uchinchi raundda Rikardo Espinosani texnik nokaut bilan mag‘lub etib, WBA yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Jangdan keyin u mutlaq chempion Naoi Inouega qarshi ringga chiqishni aytdi (video).
Qashqadaryo viloyatidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lidagi Taxtaqoracha dovoni 10:30 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.
Toshkentdagi Bonum Factum galereyasida Van Gogning 200 dan ortiq suratlari reproduksiyasidan iborat ko‘rgazma ochildi. Suratlar sotuvga ham qo‘yilgan bo‘lib, tushgan mablag‘ning bir qismi saratondan davolanayotgan bolalar uchun “Ezgu Amal” fondiga yo‘naltiriladi. 15-dekabr ko‘rgazma va sotuvning oxirgi kuni.
O‘zbekiston Bahraynda bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Xususan, Ruslan Nurudinov o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioni bo‘ldi.
Gruziyadagi saylovchilar kollegiyasi Mixail Kavelashvilini yangi prezident etib sayladi. 53 yoshli deputat va sobiq futbolchi yagona nomzod edi. Bu lavozimga uni “Gruzin orzusi” hukmron partiyasi ilgari surdi. Amaldagi prezident Zurabishvili avvalroq o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishdan bosh tortgandi.
O‘zbekiston 15−17-dekabrda joriy qish mavsumida ilk bor tungi haroratlar -10 dan pasayib ketuvchi sovuqlik to‘lqini ta’siriga tushadi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov bunda energetika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlarida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida “Gazeta.uz” uchun material tayyorladi.
Energetika vazirligi birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi to‘rt barobar oshirilganini ma’lum qildi. 6-dekabrgacha 2000 tonna Ai-80 benzini chiqarib kelingan bo‘lsa, 12-dekabr kuni bu miqdor 8000 tonnadan oshdi. Shunga qaramay, benzin narxi deyarli o‘zgarmayapti.
Endilikda Click`da pul o‘tkazmalari Kia K5 avtomobili va boshqa qimmatbaho sovrinlarni yutib olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi. O‘tkazmalar qancha ko‘p bo‘lsa, g‘alaba qozonish imkoniyati shuncha yuqori. O‘yin 21-dekabr kuni o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda 2024-yilda 52 ming 706 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan. Ularning 1800 nafari 8 ball, 22 nafari esa maksimal — 9 ballni qo‘lga kiritgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting